Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet59/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Aktor (ing. Actor) xalqaro munosabatlar ishtirokchilarini anglatuvchi umumlashma atama. Aktor, odatda, xalqaro munosabatlarda hal qiluvchi va muayyan ahamiyat kasb etuvchi faoliyat yurita oladigan ishtirokchilarga nisbatan qo’llaniladi. Biroq bu cheklov emas. Ayni paytda ushbu iborani xalqaro munosabatlarning har qanday ishtirokchisiga nisbatan ham qo’llash mumkin. Umumlashma atama sifatida uni davlatlar, xalqaro tashkilotlar va organlar, xalqaro moliyaviy institutlar, transmilliy kompaniyalar va shu kabilarga nisbatan qo’llash mumkin. Aktor, o’z navbatida, xalqaro tizim ishtirokchilarini, ularning ierarxiyasiga urg’u bermagan va ajratmagan holda, keng talqin etadi.


Alyans (fr. Alliance)xalqaro munosabatlarda ikki va undan ortiq davlatning shartnoma asosidagi birlashmasi. Alyans, birinchi navbatda, davlatlarning mudofaa ittifoqi bo’lib, ishtirokchi davlatlarga qurolli hujumga uchragan a’zo-davlatga harbiy yordam ko’rsatish majburiyatini yuklaydi. Alyans o’zaro munosabatlarda kuchlar muvozanatini ta’minlash vaG’yoki unga urinishni namoyon etadi.


ANZYuS – 1951 yil 1 sentyabr kuni San-Frantsisko shahrida imzolangan Xavfsizlik haqidagi shartnoma yoki Tinch okeani xavfsizlik pakti asosida faoliyat yurituvchi kollektiv mudofaa tizimi. Tinch okeanida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash Shartnomaning asosiy maqsadi sifatida belgilab qo’yilgan. Tashkilot nomi shartnoma ishtirokchilarining – Avstraliya, Yangi Zelandiya va AQSh – ingliz tilidagi nomlarining bosh harflaridan olingan. ANZYuSning asosiy organi Kengash hisoblanadi. 1985 yilda Yangi Zelandiya hukumati Tinch okeanining yadrosiz hudud maqomiga qo’shilishini ma’lum qildi va yadro quroliga ega AQSh kema va samolyotlarini o’zining port va aerodromlariga kirishini ta’qiqlab qo’ydi. Natijada, shartnomaga a’zo bu ikki davlat o’rtasida nizo paydo bo’ldi va 1986 yilda AQSh Yangi Zelandiyaga nisbatan shartnomada belgilab qo’yilgan o’z majburiyatlari ijrosini to’xtatib qo’ydi. Ayni paytda ushbu mamlakat shartnomaning de-yure ishtirokchisi bo’lib qolmoqda, biroq, de-fakto ANZYuS ikki tomonlama: AQSh - Avstraliya formatida faoliyat yuritmoqda. Avstraliya va Yangi Zelandiya qurolli kuchlari birgalikda 1965-1973 yillarda Vetnamdagi qurolli to’qnashuvda ishtirok etdilar. 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan so’ng Avstraliya qurolli kuchlari Shartnomaning kollektiv o’zini-o’zi mudofaa qilish bandiga binoan Afg’onistondagi harbiy harakatlarda ishtirok etmoqda.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling