Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Yadrosiz xudud (Bezyadernaya zona) –


Download 4.26 Mb.
bet61/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Yadrosiz xudud (Bezyadernaya zona) – xalqaro shartnoma asosida yadro qurolini ishlab chiqarish, joylashtirish hamda sinashni ta’qiqlovchi rejim o’rnatilgan hudud. Yadrosiz hudud xalqaro (yalpi) va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. Ayni paytda jahonda oltita yadrosiz hudud mavjud – Antarktika (Antarktika to’g’risidagi shartnoma, 1959 y.), Afrika (BMT Bosh Assambleyasi Rezolyutsiyasi, 1961 y.), Lotin Amerikasi (Lotin Amerikasida yadro qurolini ta’qiqlash to’g’risidagi shartnoma yoki Tlatelolko shartnomasi, 1967 y.), Janubiy Tinch okeani yadrosiz hududi (Raratonga shartnomasi, 1985 y.), Janubiy Sharqiy Osiyo yadrosiz hududi (Bangkok shartnomasi, 1995 y.) va Markaziy Osiyo yadrosiz hududi (Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni yaratish to’g’risidagi shartnoma, 2007 y.). Yadro qurolining mavjud bo’lmasligi hamda postsovet makonida «yadro quroli ustidan yagona nazorat»ning saqlab qolinishi zaruriyati (MDHni barpo etish to’g’risidagi shartnomaning 7-moddasi) Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. MDH Davlat boshliqlari kengashi yig’ilishida (6 iyul 1992 y.) Yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnomaga binoan, Rossiya SSSRning me’rosxo’ri sifatida e’tirof etildi. Yadro quroli joylashtirilgan sobiq ittifoqdosh respublikalar o’z hududidagi mavjud yadro qurollari zaxiralarini Rossiya Federatsiyasiga taqdim etish majburiyatini oldilar. 1995 yilning bahoriga kelib ushbu jarayon tugatildi. Markaziy Osiyo xavfsizligi nuqtai-nazaridan yadro quroli va uni tayyorlash qismlarining yo’qligi: 1) Markaziy Osiyoda harbiy-strategik muvozanatning o’rnatilishi va saqlanishini; 2) Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni barpo etish borasidagi mintaqa davlatlari tashabbuslarini amalga oshirilishida qulay shart-sharoitlarning yaratilishini; 3) terroristik tashkilotlarning yadro texnologiyalariga erishish bilan bog’liq holatlarni bartaraf etilishini kafolatlar edi.


V
Buyuk davlatlar (Velikie derjavo’) – o’zlarining harbiy-siyosiy va iqtisodiy salohiyati bilan xalqaro munosabatlar tizimida muhim o’rin tutuvchi davlatlar. Birinchi marotaba 1815 yil Vena kongressida Evropaning besh davlati – Avstriya, Britaniya, Prussiya, Rossiya va Frantsiya – mintaqada tartibni saqlashda etakchi o’rinni egallash maqsadida o’zlariga Buyuk davlat maqomini beradilar. XIX asr mobaynida ular kuchlar muvozanati asosida Evropada barqarorlikni ta’minlashga erishadilar. XX asrda Buyuk davlat maqomi, avval, Millatlar Ligasi, so’ngra BMT tizimida institutsionallashtirildi. Ayni paytda BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi – Buyukbritaniya, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya (1991 yil 25 dekabrigacha – SSSR), AQSh va Frantsiya ushbu maqomga ega. Buyuk davlatlar xalqaro hamjamiyatning boshqa a’zolariga nisbatan qator siyosiy-huquqiy imtiyozlarga ega. Jumladan, veto huquqi, «yaderoviy klub»ga rasmiy a’zolik, xalqaro munosabatlarda kuchni qo’llash borasida (BMT Nizomi qoidalariga muvofiq) mutlaq huquq, Xavfsizlik Kengashi qarorlarining davlatlardan ustunligi va boshq. Zamonaviy davlatlararo tizimda Buyuk davlatlar institutining saqlanib qolishi hozirgi xalqaro munosabatlarning tabiati va voqeligi bilan izohlanadi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling