Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Harbiy baza (Voennaya baza) –


Download 4.26 Mb.
bet63/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Harbiy baza (Voennaya baza) – harbiy-strategik jihatdan qulay joylashgan hamda davlat qurolli kuchlari kuch va vositalarining doimiy va muvaqqat joylashtirilishini ta’minlovchi maxsus jihozlangan rayon. Harbiy baza davlat hududida yoki uning tashqarisida barpo etilishi mumkin. O’zga davlat hududida joylashtirilgan harbiy baza maqomi alohida davlatlararo bitim asosida belgilanadi. Bunday harbiy baza, odatda, eksterritoriallik huquqidan foydalanadi, ya’ni uning harbiy xizmatchilariga alohida, mahalliy jinoiy va fuqarolik sudlariga tortilmaslik huquqi beriladi. Ayni paytda Markaziy Osiyo davlatlari hududida xorijiy davlatlarning uchta harbiy bazasi mavjud: Qirg’iziston va Tojikistonda joylashgan ikkita harbiy baza Rossiya Federatsiyasiga, Qirg’izistondagi Manas harbiy bazasi AQShga tegishli. Qirg’iz Respublikasi bir vaqtning o’zida ham Rossiya ham AQSh harbiy bazalari joylashgan jahondagi yagona davlat hisoblanadi.


Harbiy-siyosiy blok (Voenno-politicheskiy blok) – biror-bir davlatga yoki davlatlar guruhiga qurroli qarshi turish maqsadida tuzilgan davlatlarning harbiy-siyosiy uyushmasi. Mazkur atama bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki mafkuraviy tizim mavjud bo’lgan «sovuq urush» davrida keng qo’llanib kelingan. Harbiy-siyosiy bloklar AQShG’SSSR va ularning ittifoqchilari timsolidagi harbiy tahdidni bartaraf etish maqsadida tuzilgan. Ushbu mazmunda, harbiy-siyosiy blokka «sovuq urush» davri mahsuli hamda mazkur davr xususiyatini o’zida namoyon etuvchi hodisa sifatida qarash mumkin. Ikki qutbli tizimning barham topishi natijasida «dushman timsoli» yo’q bo’ldi, ayrim harbiy-siyosiy bloklar (xususan, Varshava shartnomasi tashkiloti) tugatildi yoki boshqa mintaqaviy tuzilmalar tarkibiga kirdi (masalan, G’EH EIga), uchinchilari esa (masalan, NATO) transformatsiya jarayonini boshdan kechirmoqda. Hozirgi davrda an’anaviy harbiy-siyosiy bloklarga nisbatan asosan zamonaviy xalqaro munosabatlar voqeligiga javob beruvchi «harbiy-siyosiy ittifoq» atamasi keng qo’llanilmoqda. Qarang: Harbiy-siyosiy ittifoq.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling