Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Harbiy-siyosiy ittifoq (voenno-politicheskiy soyuz)


Download 4.26 Mb.
bet64/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Harbiy-siyosiy ittifoq (voenno-politicheskiy soyuz) – BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq, o’zini-o’zi kollektiv mudofaa qilish huquqini amalga oshirish maqsadida tuziladigan davlatlarning shartnomaviy birlashmasi. Harbiy-siyosiy ittifoqning bosh maqsadi unga a’zo davlatlarni tashqi harbiy tahdidlardan himoya qilish hisoblanadi. Harbiy-siyosiy ittifoqlar tashkiliy-huquqiy jihatdan ikki shaklga ega: formal va neformal, ya’ni xalqaro tashkilotlar doirasida hamda shartnoma asosida faoliyat yurituvchi. Odatda, harbiy-siyosiy ittifoqlar mintaqa darajasida faoliyat olib boradilar. Ularga: NATO, KXShT, ANZYuS va boshqalarni kiritish mumkin. Biroq, mazmunan BMT Nizomining VIII bobiga binoan mintaqaviy tashkilotlar sifatida ko’rilmagan harbiy-siyosiy ittifoqlar bugungi kunda mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlashning muhim mexanizmlariga aylanib bormoqda. Bugungi kunda NATO va KXShT – an’anaviy harbiy-siyosiy ittifoqlar – EI, MDH, ADT, AI va shu kabilar qatorida BMT va mintaqaviy tashkilotlarning doimiy uchrashuvlarining ishtirokchisi sanaladi. Qarang: Harbiy-siyosiy blok.


Qurolli hujum (Voorujennoe napadenie) – davlatning BMT Nizomi qoidalariga zid ravishda muntazam va irregulyar kuchlardan foydalangani holda boshqa davlatga nisbatan qurolli kuchlarni qo’llashi. Qurolli hujumga uchragan davlat BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq o’zini-o’zi mudofaa qilish huquqiga, ya’ni agressiya aktiga nisbatan qurolli (javob) choralarini qo’llash huquqiga ega bo’ladi. Qurolli (javob) choralari ikki tashkiliy-huquqiy shaklda amalga oshiriladi: yakka yoki kollektiv tartibda. Qurolli hujumni tashkil etuvchi faoliyat doirasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1974 yilda qabul qilingan Agressiya ta’rifining 3-moddasida qayd qilingan bo’lib, o’z ichiga bevosita va bilvosita agressiya hamda agressiyada ishtirokchilikni qamrab oladi.


Qurolli kuchlar (Voorujenno’e silo’) – davlatning muntazam va nomuntazam harbiy qismlari. Muntazam qurolli kuchlar davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va konstitutsiyaviy tuzumini tashqi harbiy tahdidlardan himoya qilish maqsadida davlat tomonidan tuziladi va ta’minlab turiladi. Uning tarkibiga qo’shin uyushmalari, qo’shilmalari, qismlar va boshq. kiradi. Nomuntazam qurolli kuchlar sifatida, odatda, ko’ngillilar, partizanlar va qo’zg’olon ko’targan aholi tushuniladi. Milliy qurolli kuchlar bilan bir qatorda, xalqaro tashkilotlar boshqaruv organlari ostida faoliyat yurituvchi tashkilotga a’zo-davlatlar Qurolli kuchlarini birlashtiruvchi xalqaro Qurolli kuchlar ham mavjud (masalan, BMT Qurolli kuchlari). Birlashgan qurolli kuchlar, shuningdek, BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq o’zini-o’zi kollektiv mudofaa qilish maqsadida mintaqaviy tashkilotlar doirasida ham tuzilishi mumkin.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling