Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


D Chegaralarni delimitatsiya qilish (Delimitatsiya granits)


Download 4.26 Mb.
bet68/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

D
Chegaralarni delimitatsiya qilish (Delimitatsiya granits) – chegara chizig’ining o’tish joyini xaritaga tushirish orqali shartnomada belgilash. Davlat chegarasi chizig’i tushirilgan xarita chegaralarni delimitatsiya qilish to’g’risidagi shartnomaning tarkibiy qismi hisoblanadi. «O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida»gi qonunga binoan, chegaralarni delimitatsiya qilish to’g’risidagi shartnomalar ratifikatsiya qilinishi lozim. Chegaralarni delimitatsiya qilish davlat chegaralarini joylarda xalqaro-huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Qarang: Chegaralarni demarkatsiya qilish.


Chegaralarni demarkatsiya qilish (Demarkatsiya granits) – chegaralarni delimitatsiya qilish to’g’risidagi shartnoma hamda unga ilova qilingan xarita va izohlarga asosan davlat chegaralari chizig’ini joylarda belgilash. Davlat chegaralari chizig’i chegara belgilari bilan aniqlanadi. Chegaralarni demarkatsiya qilish maxsus tuzilgan qo’shma komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Qo’shma komissiya faoliyati natijasida avval delimitatsiya qilish to’g’risidagi shartnomada belgilangan chegara chizig’iga ayrim o’zgartirishlar kiritilishi mumkin. Qarang: Chegaralarni delimitatsiya qilish.


Chegaralarni demilitarizatsiya qilish (Demilitarizatsiya granits) – xalqaro shartnomaga asosan davlat chegarasiga yaqin hududlardan qurolli kuchlarni olib chiqib ketish, harbiy istehkomlar va boshqa inshootlarni tugatishni nazarda tutuvchi atama. Chegaralarni demilitarizatsiya qilish to’liq va qisman bo’lishi mumkin. Markaziy Osiyoda chegaralarning demilitarizatsiyasi XXR bilan umumiy chegaraga ega bo’lgan mintaqa davlatlari o’rtasida «shanxay beshligi» doirasida 1997 yilda imzolangan «Chegara rayonlarda qurolli kuchlarni o’zaro qisqartirish to’g’risidagi» shartnomaga muvofiq amalga oshirilgan.


Hududlarni demilitarizatsiya qilish (Demilitarizatsiya territorii)xalqaro shartnomaga muvofiq, muayyan hududda harbiy istehkom va inshootlarni tugatish, harbiy baza va qurolli kuchlarni joylashtirishni taqiqlash. Mazkur xalqaro-huquqiy choradan, xususan, hududiy nizolarni «muzlatib qo’yish» maqsadida foydalaniladi. Antarktika, Oy va shu kabilar to’liq demilitarizatsiya qilingan. Yadrosiz hududlarni yaratish hududlarni demilitarizatsiya qilishning shakllaridan biri hisoblanadi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling