Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


E Evropa kontserti (yoki kontsert tizimi) (Evropeyskiy kontsert (ili kontsertnaya sistema)


Download 4.26 Mb.
bet72/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

E
Evropa kontserti (yoki kontsert tizimi) (Evropeyskiy kontsert (ili kontsertnaya sistema) – Evropada Napoleondan keyingi davrda yuzaga kelgan diplomatik krizisni bartaraf etish maqsadida Evropadagi etakchi davlatlar tomonidan tashkil etilgan ad hoc konferentsiyalar tizimi. «Evropa kontserti» rasmiy institutsional tuzilmalarga ega bo’lmagan, biroq shunday bo’lsada, u aniq ma’muriy maqsadni, ya’ni Evropada o’zaro maslahatlar orqali kuchlar muvozanatnii ta’minlashni ko’zda tutgan. «Evropa kontserti» – bu xalqaro aloqalarda noharbiy, ya’ni diplomatik, siyosiy va huquqiy vositalardan foydalanishni ta’minlash maqsadida davlatlarni birlashtirishga urinish edi. «Evropa kontserti» xalqaro xavfsizlikni ta’minlash mexanizmining rivojlanishiga, xususan, harbiy xatti-harakatlar olib borish qoidalarini hamda xalqaro arbitraj institutini yaratishga salmoqli hissa qo’shdi. «Kontsert tizimi» xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda davlatlar manfaatlarining mushtarakligi qanchalik muhim ekanligini namoyish etdi. Mazkur tizim xavfsizlik rejimini o’rnatishdagi dastlabki urinishlardan biri sifatida qaraladi. Qirq yil mobaynida status-kvoni ta’minlab bergan hamda urushlarning yuzaga kelishini bartaraf etgan mazkur tizim faoliyatining asosiy printsiplari: hokimiyatning oqilona taqsimlanishi; tahdidlarni bartaraf etishda umumiy faoliyatni tashkillashtirish; qudratli davlatlar zimmasiga maxsus imtiyozlar va mas’uliyatning yuklatilishi va boshq. hisoblanadi.


Evropa ittifoqi (Evropeyskiy soyuz) – nisbatan mustaqil bo’lgan uch hamjamiyat – Evropa ko’mir va po’lat uyushmasi (1951 y.), Atom energiyasi bo’yicha Evropa hamjamiyati (1957 y.) hamda Evropa iqtisodiy hamjamiyatlarining (1957 y.) birlashishi asosida vujudga kelgan Evropa davlatlarining mintaqaviy uyushmasi. 1992 yilda Maastrixtda (Niderlandlarda) imzolangan Evropa ittifoqi to’g’risidagi shartnoma 1993 yilda kuchga kirdi. Bugungi kunda Evropa ittifoqiga mazkur mintaqaning 27 davlati a’zo. Evropa ittifoqi tashqi siyosatida Markaziy Osiyo alohida o’rin tutadi. 2007 yilning yozida Evropa ittifoqining Markaziy Osiyodagi asosiy maqsadlari, vazifalari, ustivor yo’nalishlari va instrumentlarini belgilab beruvchi «Evropa ittifoqi va Markaziy Osiyo: yangi sherikchilik strategiyasi» deb nomlangan hujjat tasdiqlandi. Evropa ittifoqining Markaziy Osiyodagi faoliyati mintaqaviy hayotning barcha jabhalarini qamrab oluvchi turli dastur va loyihalar doirasida amalga oshirilmoqda. 1992-2007 yy. oralig’ida Evropa ittifoqi loyihalari TASIS dasturi doirasida amalga oshirib kelindi. Markaziy Osiyo davlatlari Evropa ittifoqining quyidagi mintaqaviy loyihalarida ishtirok etmoqda: BOMKA (chegaralarni boshqarish), KADAP (narkotiklar ustidan nazorat), TRASEKA (transport), INOGEYT (energetika), TEMPUS (ta’lim), INTAS (fan) va boshq.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling