Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet73/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

I
Iran-kontras (yoki Irangeyt) – Eronga xayrihoh bo’lgan Livandagi terroristik tashkilotlar tomonidan garovga olingan Amerika fuqarolarini ozod qilish umidida Eronga tank va havo hujumiga qarshi raketalarni sotishda R.Reygan Milliy xavfsizlik kengashining aralashishi oqibatida yuzaga kelgan siyosiy janjal. Olingan pulning bir qismi (48 mln. AQSh doll.) Nikaraguadagi Sandinistik hukumatga qarshi kurash olib borayotgan va AQSh tomonidan qo’llab-quvvatlanib kelinayotgan qo’zg’olonchi guruh Kontrasga beriladi.


Irregulyar kuchlar (Irregulyarno’e silo’) – Qarang: Bilvosita agressiya.


K
Kollektiv mudofaa (Kollektivnaya oborona) – shartnoma asosida davlatlararo uyushmalar doirasida a’zo-davlatlarni tashqi harbiy tahdidlardan himoya qilish maqsadida amalga oshiriluvchi kollektiv harbiy chora-tadbirlar tizimi. Kollektiv mudofaaning asosiy metodi va funktsiyasi sifatida kuchlar muvozanatini keltirish mumkin. Kollektiv mudofaaning an’anaviy institutsional-huquqiy ko’rinishi alyanslar hisoblanadi. An’anaviy kollektiv mudofaa tizimini yaratilishining o’ziga xos jihati – bu «dushman timsoli»ning mavjudligidir. U aniq maqsadni, ya’ni muayyan davlat yoki davlatlar guruhi tomonidan tahdid va qurolli hujumni yuzaga kelishini bartaraf etishni ko’zlab tuziladi. Kollektiv mudofaa tizimini formal va shartnomaviy turlarga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga NATO va ANZYuSni, ikkinchisiga, shartnoma asosida tuzilgan davlatlar ittifoqini kiritish mumkin. Qarang: Kollektiv xavfsizlik.


Muloqot guruhi «6Q3» (Kontaktnaya gruppa «6Q3») – Afg’onistondagi vaziyatni hal etishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy tashabbusi. Muloqot guruhi doirasida 1999 yilning iyul oyida Afg’oniston masalasiga bag’ishlangan konferentsiya chaqirildi. Konferentsiya ishi natijalariga ko’ra, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasining asosini tashkil etuvchi «Afg’onistonda konfliktni tartibga solishning asosiy printsiplari to’g’risidagi» deklaratsiya qabul qilindi. Muloqot guruhini Afg’onistondagi vaziyatni yumshatishning amaliy mexanizmi sifatida ko’rish mumkin. 2008 yilning aprel oyida bo’lib o’tgan NATOG’SEAP sammitida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «6Q2» Muloqot guruhini uning tarkibiga NATOni jalb etish orqali «6Q3»ga aylantirish tashabbusini ilgari surdi. Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlari nuqtai-nazaridan «6Q3» muloqot guruhining afzalligi quyidagilarda namoyon bo’ladi: birinchidan, muloqot guruhi – bu aynan Markaziy Osiyo loyihasi bo’lib, bosh mintaqaviy qadriyat – Afg’onistonda tinchlikni o’rnatishga qaratilgan; ikkinchidan, u Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni o’rnatish jarayoniga bevosita chegaradosh hisoblangan mamlakatlarni jalb etish imkoniyatini beradi; uchinchidan, muloqot guruhi ushbu yo’nalishda AQSh, XXR va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlar sa’y-harakatlarini muvofiqlashtiruvchi muqobil mexanizmidir.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling