Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet50/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Nazorat savollari:
1. 1973 yilgacha bo’lgan holatni hamda qurolli to’ntarish jarayonini ko’rsatib bering.
2. 1978 yilgi Savr inqilobi jarayonini va o’tkazilgan islohotlarni sharhlab bering.
3. Afg’onistonga sobiq SSSR qo’shinlarini kiritilishini va uning oqibatida paydo bo’lgan holatni tahlil qilib bering.


2-asosiy savol:
Afg’onistonda tolibonlar harakati


2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi
Afg’onistonda boshlangan Tolibonlar harakatini va mamlakatda ro’yobga kelgan sharoitni talabalarga tushuntirib berish
2-asosiy savolning bayoni:
Etnik guruhlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar Do’stum (o’zbek), Ahmad Shoh Ma’sud (tojik) va Hikmatiyor (pushtun) - 5 ming qurbonlarni keltirgan o’zaro urushga olib keldi. Tojiklarning vakili bo’lgan Rabboniy prezidentlik lavozimidan iste’foga chiqmadi va Tashkiliy majlisni ham chaqirmadi. Bunga javoban Xikmatiyor hukumat tarkibidan chiqib ketdi. Xikmatiyorni Pokiston hukumati qo’llab-quvvatlar edi.
Afg’onistonning siyosiy sahnasida yangi kuch - Tolibonlar ("Islom ta’limotini o’rganayotganlar") paydo bo’ldi (noyabr 1994 yil).
1993 yili Islomobodning maxsus xizmati ikki ming tolibdan iborat harakatni shakllantiradi va unga etakchi sifatida Mullo Umarni tanlaydi. Toliblar dastlab Spin Buldak chegara shahrini bosib olishadi.
1996 yilning mayida Rabboniy hukumati Eron vositasida Afg’oniston islom partiyasi rahbari G.Hikmatiyor bilan muzokaralar olib borib, nihoyat toliblarga qarshi ittifoq tuzadi. Oradan ko’p o’tmay, 27 sentyabr kuni toliblar Qobulni to’liq ishg’ol etishadi. Afg’onistonning sobiq prezidenti Najibullo dorga osib qatl etildi.
Vahhobiylar ta’limoti asosida ish ko’rayotgan toliblarning terrorchilar bilan (ularning harbiy maslahatchisi, xalqaro terrorchi Usama ben Lodin) birikib ketishi, ular tomonidan sodir etilgan, aql bovar qilmaydigan xunrezliklar esa afg’on inqirozini yanada kuchaytirdi.
Toliblar 1997 yilning oktyabrida Afg’onistonni Islom amirligi deb e’lon qilishdi. Maktablar yoqib yuborildi, kinoteatrlar va oliy o’quv yurtlari yopib tashlandi. Ayollarning o’qishi, ishlashi, yolg’iz ko’chaga chiqishi, erkaklarning soqolga tig’ tekkizishi, video-teleuskunalardan foydalanish, qo’shiq, raqs va tasviriy san’atdan bahramand bo’lish, sport bilan shug’ullanish, hatto suratga tushish ham bid’at sifatida ta’qiqlab qo’yildi.
Toliblar pushtun millatchiligining tarafdorlari sifatida o’zga millat va elatlar haq-huquqini doimiy ravishda poymol etib kelgan. Ular Afg’onistonda yashovchi hind va sikx qabilalaridan pushtun tilida gaplashishni hamda islom diniga itoat etishni talab qilishgan; navro’z bayramini ham ta’qiqlashgan va bebaho Budda obidalarini portlatib yuborgan. Toliblar 1998 yil avgust oyida Mozori Sharifda shia mazhabiga mansub bo’lgani uchun qariyb 5 ming hazorani so’yib tashlashgan.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, "tinch hayot va bunyodkorlik haqida tasavvurga ega bo’lmagan" o’q otish, odam o’ldirishdan boshqani bilmagan, tushunchasi ham o’ziga yarasha bu qavmning davlatni boshqarishi, insoniyatni o’rta asrga hos tartiblar asosida yashashga undashi, eng yomoni, o’z hatti - harakatini hech tap tortmay "chin islomcha amal" sifatida izohlab kelishi har qanday kishini seskantiradi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling