Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet51/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Nazorat savollari:
1.Tolibonlar harakatining paydo bo’lish jarayonini izohlab beradi.
2.Toliblar siyosatini tahlil qilib bering.


3-asosiy savol:
Afg’oniston bugun. "Oq ajal" makoni. Ichki va tashqi siyosat.


3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi
Talabalarga Afg’onistonning bugungi holatini, Karzay boshchiligidagi Muvaqqat hukumati oldida turgan asosiy vazifalarni tushuntirib berish.
3-asosiy savolning bayoni:
Terrorizm kulfati insoniyatni qanchalik tashvishga solgan bo’lsa, "oq ajal" - geroin tahdidi ham bugun odamlarni undan kam tashvishlantirayotgani yo’q.
AQSh, G’arb mamlakatlari, Sharq xalqlari ham hozir bu ofat tufayli jiddiy talofat ko’rmoqda, yoshlarning hayotini buzib tashlayotgan giyohvand moddalarning 96 foizini Afg’oniston etishtirib bermoqda.
Giyohvand moddalarning birgina Rossiyaga kirib borishi 1996 yilga qadar 13,5 barobarga oshgan bo’lsa, keyingi ikki yil ichida bu o’sish 20 barobarni tashkil etgan.
1998 yili Afg’onistonda 1400 tonna opium etishtirilgan, bu - Lotin Amerikasidagi barcha mamlakatlar etishtiradigan giyohvand moddalarga nisbatan 13 barobar ko’pdir. Toliblar davrida giyohvand o’simlik ekiladigan hudud 19 ming 470 gektardan 41 ming 720 gektarga, opium olish 600 tonnadan 1400 tonnaga o’sdi.2007 yili giyohvand o’simlik ekiladigan hudud 19 ming ga. ga etdi. Va taxminan 8 ming tonna giyohvand modda olindi.
"Afg’onistonda tinchlik o’rnatilmasa, O’zbekistonda, mana shu Toshkentda biz xotirjam yashay olmaymiz," - degan edi Prezident Islom Karimov 1995 yilning 27 oktyabrida.
Bugun Afg’oniston dunyo jamoatchiligining diqqat markazida turibdi. Terrorizmga berilgan zarba zulm-zo’ravonlik va dinni suiiste’mol qilish, narkobiznes "siyosat"iga barham berib qolmay, ezgulik va adolatga yo’l ochadi.
AQSh hukumati faqat insonparvarlik yordami sifatida afg’on xalqiga 320 million, Pokistondagi qochoqlarga yarim milliard dollar ajratgan.
O’zbekistonning tashabbusi bilan BMT vositachiligi orqali tashkil topgan "6Q2" guruhining Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuvida davlatimiz rahbari Afg’onistonga keng ko’lamli insonparvarlik hamda moliyaviy-iqtisodiy yordam ko’rsatish bo’yicha xalqaro dastur ishlab chiqish taklifini ilgari surgan edi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling