Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Afg’oniston bo’yicha O’zbekistonning taklif va tashabbuslari


Download 4.26 Mb.
bet52/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Afg’oniston bo’yicha O’zbekistonning taklif va tashabbuslari:
a) etakchi mamlakatlar bir bo’lib, Afg’onistonda magistral yo’llar barpo etish g’oyasi;
b) shu jumladan Termiz - Karachi (Pokiston) avtomobil yo’lini barpo etish;
v) Afg’oniston hududidan o’tadigan neft-gaz quvurlari va boshqa kommunikatsiyalar bo’yicha keng miqyosli loyihalar ustida ish olib borish.
O’zbekiston tomonidan ilgari surilgan yana bir amaliy taklif, bu -BMT Bosh Assambleyasining Afg’oniston bo’yicha maxsus sessiyasini o’tkazish, mazkur mamlakatda tinchlik o’rnatish bo’yicha yakunlovchi bitimlarning xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilishi bilan bog’liqdir.
Shunga qaramay, Afg’oniston hududida tinch va osuda hayot asta-sekin o’z izmiga tushmoqda. 2001 yil dekabridan boshlab Hamid Karzay boshchiligidagi hukumat o’z faoliyatini boshlab yubordi.
Tinchlikni saqlash maqsadida BMTning Xavfsizlik Kengashi tomonidan ma’qullangan Xalqaro kuchlar o’z faoliyatini boshlagan. Ushbu kuchlarning soni qariyb 5 ming kishini tashkil qiladi.
Hozirgi kunda Afg’onistondagi eng muhim muammolar quyidagilardan iborat:

  1. Qishloq xo’jaligini tiklash, hamda saqlanib qolgan sanoat, kommunikatsiya, aloqa, maorif, sog’liqni saqlash va boshqa tizimlarini ishga tushirish.

  2. Qurolsizlantirish muammosi. Aholining deyarli aksariyat qismi

qurollangan.

  1. Jafo chekkan afg’on zaminini minalardan tozalash. Ayrim manbalarga qaraganda, afg’on hududida 5 dan 12 milliongacha minalar o’rnatilgan.

  2. Davlatning boshqaruv tizimlarini barcha viloyatlarda amaliy faoliyatini tadbiq etish.



Nazorat savollari:
1. Afg’onistonni narkotik "moddalari markazi" ga aylanganini sharhlab bering.
2. Jahon hamjamiyatining Afg’onistonda tinchlik o’rnatish bo’yicha tashabbus va ko’maklarini tushuntirib beradi.
3. O’zbekistonni Afg’oniston muammolarini hal qilishdagi harakat va tashabbuslarini tahlil qilib bering.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling