Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Bilvosita agressiya (Agressiya kosvennaya)


Download 4.26 Mb.
bet58/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Bilvosita agressiya (Agressiya kosvennaya) – rasman biror-bir davlatning muntazam qurolli kuchlari tarkibiga kirmaydigan kuchlar tomonidan boshqa davlat suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi amalga oshiriladigan agressiya akti. BMT Bosh Assambleyasining 1974 yilda qabul qilingan Agressiya ta’rifining 3-moddasiga (g bandiga) muvofiq mazkur (irregulyar) kuchlarga «qurolli to’dalar, guruhlar va muntazam kuchlar yoki yollanma shaxslar» kiradi. Bugungi kunda ular qatoriga agressiya aktiga tenglashtiriladigan darajada jiddiy ahamiyat kasb etuvchi harakatlarni sodir etgan terroristik tashkilotlarni ham kiritish mumkin. Bilvosita agressiyaning xususiyati shundaki, ingliz tilida proxies iborasi bilan izohlanuvchi «uchinchi kuchlar» o’zga bir davlatga qarshi agressiya aktini muayyan davlat hududidan yuborilgani va ushbu davlat nomidan harakat qilgani holda amalga oshiradilar. Irregulyar kuchlardan foydalanish davlatlarga dushman bilan to’g’ridan-to’g’ri harbiy to’qnashuvga kirishmaslik yoki u bilan keng qamrovli harbiy harakatlarni olib bormaslik imkoniyatini beradi. Qarang: Agressiya.


Bevosita agressiya (Agressiya pryamaya) – biror-bir davlat muntazam qurolli kuchlari tomonidan boshqa davlat suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi amalga oshiriladigan agressiya akti. BMT Bosh Assambleyasining 1974 yilda qabul qilingan Agressiya ta’rifining 3-moddasida (a-e bandlari) bevosita agressiya sifatida baholanishi mumkin bo’lgan agressiya aktlari qayd qilib o’tilgan. Qarang: Agressiya.


Agressor – agressiya aktini sodir etgan davlat. Agressiya ta’rifidan kelib chiqadiki, davlat mazkur xalqaro jinoyatning yagona sub’ekti sifatida e’tirof etiladi. Ushbu o’rinda ikki holatga e’tiborni qaratish lozim: birinchidan, qurolli kuchlar institut sifatida suveren davlatga tegishli; ikkinchidan, agressiya jinoyatining ob’ekti hisoblanmish suverenitet, hududiy daxlsizlik va siyosiy mustaqillik o’z navbatida davlatlarning mavjudligini belgilab beruvchi fundamental omillar hisoblanadi. Qarang: Agressiya.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling