Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet60/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Anklav (fr. Enclave)boshqa davlat hududi bilan qurshab olingan davlat hududining bir qismini anglatuvchi xalqaro-huquqiy atama. Anklav qaysi davlatga tegishli va uning yurisdiktsiyasi ostida bo’lsa, o’sha davlatning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Agar mazkur hududga dengiz yoki quruqlik koridori orqali o’tish mumkin bo’lsa, u holda bunday hudud yarim anklav deb ataladi. Anklav davlatlarning o’zaro munosabatlarida, ayniqsa chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyoda sakkizta anklav mavjud. Ularning barchasi Farg’ona vodiysida joylashgan: Barak (Qirg’iziston anklavi) – O’zbekiston hududida, So’x, Shoximardon, Tosh-tepa va Cho’ng’ara (O’zbekiston) hamda Vorux va Qalacha (Tojikiston) - Qirg’iziston hududida, Sarvak (Tojikiston) – Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan. Markaziy Osiyoda hududi jihatdan eng katta anklav So’x hisoblanib, uning hududi 325 kv. km. va aholisi taxminan 60 mingdan ortiq kishini tashkil etadi. Odatda, anklavning xalqaro-huquqiy maqomi, uning xavfsizligini ta’minlashda qurolli kuchlarning joylashtirilishi hamda anklavni mamlakatning asosiy qismi bilan bog’lovchi transport koridorining huquqiy holati alohida hukumatlararo bitimlar asosida belgilanadi.


B
Kuchlar muvozanati (Balans sil) – bu xalqaro munosbatlarda davlat (yoki davlatlar guruhi) harbiy-siyosiy (iqtisodiy) kuchining shunday taqsimlangan holati bo’lib, bunda hech bir davlat (yoki davlatlar guruhi)ning boshqalarga real harbiy tahdid solishining imkoni bo’lmaydi. Odatda, kuchlar muvozanati davlatlarning harbiy salohiyatini kuchaytirish, hududni egallash, zamonaviy qurollarni qo’lga kiritish, o’zaro yordam haqidagi shartnomalarni tuzish yoki ittifoqlarni yaratish orqali ta’minlab kelingan. Bugungi kunda turli universal va mintaqaviy mexanizmlar xalqaro munosabatlarda muvozanatni ta’minlashning muhim vositasi sifatida namoyon bo’lmoqda.


Bolqonlashuv (Balkanizatsiya) – mintaqa yoki ko’p millatli davlatni kichik mustaqil va yarim mustaqil, o’zaro dushmanona kayfiyatda bo’lgan siyosiy birliklar yoki kuch markazlariga bo’linishini anglatuvchi atama. Tarixda «bolqonlashuv» mustamlaka siyosatning «bo’lib tashla va hukmronlik qil» shaklini ifodalab kelgan. Dastlab, «bolqonlashuv» atamasi XIX asr oxirida Rossiya imperiyasining Bolqon yarim oroli davlatlari – Albaniya, Bolgariya, Gretsiya, Ruminiya va Yugoslaviyaga hamda Birinchi Jahon urushi so’ngida, Usmonlilar imperiyasining tugatilishi oqibatida, Bolqonni etnik va siyosiy jihatdan bo’linishiga nisbatan olib borgan siyosatni ifodalashda qo’llanilgan. Bugungi kunda ushbu atama bilan ko’p millatli davlatlarning parchalanib ketishi, etnik tozalashlar va fuqarolar urushlari nazarda tutiladi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling