Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Versal shartnomasi (Versalkiy dogovor) –


Download 4.26 Mb.
bet62/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Versal shartnomasi (Versalkiy dogovor) – Birinchi jahon urushini rasman tugallagan Parij tinchlik konferentsiyasining (1919-1920 yy.) tarkibiy qismi sifatida Evropaning qudratli davlatlari tomonidan imzolangan bitim. Versal shartnomasining asosiy qoidalari Evropada hududiy o’zgarishlarga, birinchi navbatda, Germaniya erlariga oid edi. Ushbu o’zgarishlar natijasida: Elzas va Lotaringiya Frantsiyaga, Eypen va Malmedi okruglari Belgiyaga, Saar viloyati Millatlar Ligasi nazorati ostiga o’tdi; Reyn daryosi bo’yi qurolsizlantirildi, Polshaga Boltiq dengiziga chiqish uchun yo’lak ochib berildi, Gdansk shahri Millatlar Ligasi maxsus vakili nazorati ostidagi «erkin shahar» bo’lib qolishi kerak edi; Germaniyaning Avstriya bilan ittifoqi man etiladi. Natijada Germaniya o’z hududining 13,5 %, aholisining 10 % dan mahrum bo’ladi. Uning barcha koloniyalari Millatlar Ligasi mandati ostiga o’tadi. Germaniya armiyasining soni 100 ming kishigacha cheklanadi, shuningdek, harbiy safarbarlik, flot va havo kuchlari ham hajmda ham harbiy salohiyatda keskin cheklovlarga uchradi. 440-moddadan iborat bo’lgan shartnomaning 2.31-moddasi (Harbiy ayb bandi) eng munozarali hisoblanib, urush oqibatida yuzaga kelgan barcha yo’qotish va zararlar Germaniya zimmasiga yuklatiladi. Tadqiqotchilar ushbu hujjat «tinchlik shartnomasi»ning eng yorqin misollaridan biri sifatida ta’kidlab, kelgusi urushlar uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratib berishini aytadilar.


Vestfal sulhi (Vestfalskiy mir) – O’ttiz yillik urushni (1618-1648 yy.) yakunlovchi shartnomalar majmui. Mutaxassislarning tasdiqlashicha, zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimi Vestfal sulhidan boshlanadi. Vestfal sulhining o’ziga xos natijalari sifatida quyidagilar qayd qilish mumkin: Gabsburglar sulolasining davlatlardan ustun turuvchi imperiyani barpo etishiga qarshi antigegemonistik kurashning kuchayishi; Ispaniya hukmronligining inqirozi ibtidosi; Germaniyani bo’lib tashlash orqali yagona Germaniya davlatini barpo etilishini yana ikki yuz yilga kechiktirib yuborilishi; Evropaning qudratli davlati sifatida Frantsiyaning yuksalishi. Vestfal sulhi zamonaviy davlatlararo munosabatlarning qator huquqiy va siyosiy printsiplarini mustahkamladi. Vestfal sulhi printsipial yoki hududiy suverenitetga asoslangan jamiyatlar holatini tan oldi, davlatlar mustaqilligi va ularni boshqalar tomonidan hurmat qilinishi shart bo’lgan huquqlarga egaligini belgilab qo’ydi. Mazkur sulh oliy arbitr sifatida Xristian dunyosida hukmron bo’lgan O’rta asrlarga xos dinning universal hokimiyati g’oyasini xalqaro munosabatlarning dunyoviy tushunchasi bilan almashtirdi. Ta’kidlash joizki, Vestfal sulhi tomonidan o’rnatilagn davlat tizimi, birinchi navbatda, xristian dini va evropaga tegishli bo’lgan. Harbiy aralashuvni (interventsiyani) amalga oshirmaslikka oid qoidalar kodifikatsiyasi Islom olami va dunyoning boshqa qismiga tegishli emas edi. Shunday bo’lsada, Vestfal sulhi har biri muayyan hudud ustidan mutlaq nazorat huquqiga da’vogar bo’lgan suveren davlatlarning zamonaviy tizimini yaratib berdi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling