Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet65/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Tahlika (Vo’zov) – bevosita muayyan tahdid xarakteriga ega bo’lmasada, biroq, shubhasiz ravishda oldini oluvchi va bartaraf etuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirilishini talab etuvchi holatG’hodisaG’vaziyat yoki ularning majmui. Tahlikani bartaraf etish uchun uzoq muddatli iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy, gumanitar va boshqa shu kabi chora-tadbirlar tizimi zarur bo’ladi.
G
Genotsid (grek. Genos - qavm, qabila; lot. Caedo - o’ldiraman) – g’arazli maqsadda milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruhlarni qirib yuborish shaklida namoyon bo’luvchi xalqaro jinoyat. Genotsid jinoyatini oldini olish va unga nisbatan jazo to’g’risidagi konventsiya (1948 y.) bu boradagi asosiy xalqaro-huquqiy hujjat hisoblanadi. Quyidagi xatti-harakatlar mazkur jinoyatni tashkil etadi: 1) milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruh a’zolarini o’ldirish; 2) ularga jiddiy ruhiy yoki tan jarohati etkazish; 3) ularni to’liq yoki qisman jismoniy yo’qotishga qaratilgan hayotiy shart-sharoitlarni yaratish; 4) bu kabi guruhlarda farzand tug’ilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; 5) bir guruh bolalarini zo’ravonlik bilan tortib olish va boshqa guruh vakillariga berish. Xalqaro huquq genotsidni sodir etgan davlatga nisbatan siyosiy javobgarlikni hamda genotsid va u bilan bog’liq xatti-harakatlarni tashkillashtirish va amalga oshirishda ishtirok etgan jismoniy shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Genotsid xalqaro jinoyat sifatida Xalqaro jinoyat sudi Statutida belgilab qo’yilgan.


Gollizm – tashqi siyosiy kontseptsiya, frantsuz davlat, harbiy va siyosiy arbobi Sharl de Gollning (1890-1970 yy.) siyosiy merosi. Gollizm Frantsiyaning Evropa va jahon siyosatida tutgan mustaqil o’rniga alohida urg’u beradi. Evropada integratsiyaviy jarayonlarni jadallashtirish sharoitida Gollizm davlatlardan ustun turuvchi vakolatli institutlar hamda Evropa davlatlari ichki ishlariga AQShning faol aralashuviga qarshi turib, Evropa davlatlarining konfederativ munosabatlarini rivojlantirishni yoqlab chiqadi. Gollizm Frantsiyaning yadroviy maqomini qo’llab-quvvatlaydi. 1966 yilda Frantsiya NATOning harbiy tuzulmasidan chiqishi, mazkur tashkilotga tegishli uning hududida joylashgan barcha harbiy bazalar va Parijdagi qarorgohini (shtab-kvartirasini) yopish haqidagi qarorni qabul qiladi. 2009 yilda NATOning 60 yillik yubiley sammitida amaldagi Frantsiya prezidenti N.Sarkozi mamlakatni NATOning birlashgan harbiy qo’mondonlik tarkibiga qaytardi. 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan so’ng Frantsiya qurolli kuchlari NATO qo’mondonligi ostida Afg’onistondagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etishi uchun yuborildi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling