Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Davlat chegarasi (Gosudarstvennaya granitsa)


Download 4.26 Mb.
bet66/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Davlat chegarasi (Gosudarstvennaya granitsa) – suveren davlatning muhim belgisi bo’lib, uning yurisdiktsiyasi chegaralarini belgilab beradi. Davlat chegarasi, inson “ixtirosi” va insoniyat tsivilizatsiyasi rivojlanishining o’ziga xos mahsuli bo’lib, zamonaviy xalqaro huquq va davlat tizimining shakllanishi bilan bevosita bog’liq hodisadir. Zero, mazkur institutning joriy etilishi milliy davlatlarning tashkil topishi, davlatchilik va hududiylik g’oyalarining hayotga tatbiq etilishi bilan bog’liq muayyan maqsadlardan kelib chiqadi. Demarkatsiya qilingan chegaralar va suverenlar o’rtasida demarkatsiya qilish bo’yicha qo’shma komissiyalarning paydo bo’lishi, birinchi navbatda, bugungi kunda bizga “davlat” atamasi bilan ma’lum bo’lgan yuqori darajada markazlashgan, hududiy belgilangan tuzulmani yaratishdek «buyuk loyiha»ni amalga oshirishga qaratilgan. Davlat chegarasi murakkab xalqaro-huquqiy hodisa hisoblanadi. Bir tomondan, davlat chegarasi davlatlararo konfliktlarning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin, ikkinchi tomondan, u muammolarning yuzaga kelishishini oldini oluvchi, davlatlararo munosabatlarning barqarorligini ta’minlovchi samarali vosita hisoblanadi. Chunki, chegaralar muayyan hudud doirasida davlat hokimiyatini o’rnatish orqali siyosiy hamjamiyatlar totuvligini ta’minlashga xizmat qiluvchi xalqaro normalar va institutlar tizimini yaratadi.


O’zbekiston Respublikasi davlat chegarasi (Gosudarstvennaya granitsa Respubliki Uzbekistan) – «O’zbekiston Respublikasi davlat chegarasi to’g’risida»gi qonun davlat chegarasini - O’zbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, er ostida, havo bo’shligida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo’ylab o’tuvchi vertikal sathdan iborat deb belgilaydi. Davlat chegarasini belgilash va o’zgartirish O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Markaziy Osiyoning geografik markazi sifatida mintaqaning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega. O’zbekiston Respublikasi davlat chegaralarining uzunligi taxminan 7000 km ni tashkil etib, shulardan: Qozog’iston bilan – 2376 km, Turkmaniston – 1878 km, Tojikiston – 1283 km, Qirg’iziston - 1295 km hamda Afg’oniston – 156 km. O’zbekiston Respublikasi davlat chegaralariga oid ma’lumotlar yakuniy emas, chunki mintaqada davlat chegaralari maqomini xalqaro-huquqiy rasmiylashtirish bilan bog’liq jarayon hali tugallangani yo’q. Shuning uchun chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonida ushbu ma’lumotlarga ayrim o’zgartirishlarning kiritilishi ehtimoldan holi emas. Bugungi kunga kelib, O’zbekiston Respublikasi davlat chegaralarining shartnomaviy-huquqiy rasmiylashtirilishi uchta davlat – Afg’oniston, Qozog’iston va Turkmaniston bilan tugallangan. Afg’oniston bilan oldindan imzolangan tegishli xalqaro shartnomalar huquqiy vorisiylik asosida O’zbekiston uchun o’zining yuridik kuchini saqlab qoldi. Qozog’iston va Turkmaniston bilan davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo’yicha tegishli shartnomalar imzolangan. Tojikiston va Qirg’iziston bilan chegaralarni delimitatsiya qilish jarayoni yakunlovchi bosqichiga kirdi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling