Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet67/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Davlat (Gosudarstvo) – ob’ektiv ravishda alohida siyosiy-huquqiy xususiyat, ya’ni hududiy ustivorlik va xalqaro munosabatlarda mustaqillikni belgilab beruvchi suverenitet sohibi ekanligi bilan ajralib turadi. Suverenligidan kelib chiqib, davlat ipso facto xalqaro huquqning sub’ekti hisoblanadi. Davlat xalqaro xavfsizlik tizimida etakchi o’rinni egallaydi. Zero, xavfsizlikning tashkiliy-huquqiy asosini, kuch va vositalarini yaratish, xavfsizlik siyosatining ustivor yo’nalishlarini ishlab chiqish uning vakolati doirasidadir. Xalqaro munosabatlar ishtirokchilari doirasining kengayib borishi holatini inobatga olgani holda shuni ta’kidlab o’tish joizki, xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning suveren sub’ektlari, yalpi xavfsizlikni ta’minlanishiga ta’sir ko’rsatishning real mexanizmlariga ega bo’lgan davlatlar de-fakto ham milliy va mintaqaviy ham xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda o’zlarining etakchilik maqomini saqlab qolmoqdalar. Xavfsizlikning mohiyati tegishli siyosiy-huquqiy hujjatlarda me’yoriy jihatdan mustahkamlab qo’yilgan manfaatlarni himoya qilishda namoyon bo’ladi. Voqelik shundayki, milliy manfaat suveren davlatgagina xos jihatdir. U xavfsizlik sohasidagi munosabatlarni harakatlantiruvchi kuch sifatida xalqaro munosabatlarning o’zga ishtirokchilari manfaatlariga nisbatan real ustunlikka ega.


Gumanitar interventsiya (Gumanitarnaya interventsiya) – inson huquqlarini keng miqyosda buzilishini bartaraf etish maqsadida suveren davlatning ichki ishlariga kuch ishlatish orqali aralashish. Aralashuvning boshqa shakllaridan farqli ravishda, gumanitar interventsiya kontseptsiyasi gumanitar maqsadlarda qurolli aralashuvni nazarda tutadi. G.Grotsiy va E.De Vattel (XVII asr) xalqaro huquq bunday interventsiyani nafaqat man etadi, balki ayrim holatlarda qo’llab-quvvatlaydi deb yozishgan. Tabiiy huquqda gumanitar interventsiya aholiga uning etakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan vahshiyliklarni oldini olish maqsadida qurolli aralashuvning mumkinligini tasdiqlovchi ma’naviy asosga ega bo’lgan. Mazkur yo’nalishda muayyan ijobiy siljishlar «sovuq urush»dan keyingi davrda sodir bo’ldi. BMT Bosh Kotibi Peres de Kuelyar (1991 y.): «Jabrlangan va ezilganlarni himoya qilishda davlat chegaralari yoki huquqiy hujjatlar to’siq bo’lmasligi kerak» degan fikrlarni ilgari suradi. BMTning yana bir Bosh Kotibi Butros G’oliy (1992 y.) «Mazkur masala borasida davlat suvereniteti yangi mazmunga ega bo’lib bormoqda. Suverenitet nafaqat huquqlardan iborat, balki ham tashqi ham ichki ishlar uchun mas’uliyatni his qilishni anglatadi. Davlat suverenitetini buzish ilgari ham hozir ham g’ayriqonuniy faoliyat hisoblanadi. Biroq, suverenitet so’zini suiiste’mol qilish inson huquqlari va tinch hayotini tahlikaga solishga olib keladi. Fuqarolik urushlari faqatgina muayyan davlatning ichki ishi bo’lmay qoldi va ushbu urushlarda amalga oshirilayotgan vahshiyliklar dunyo xalqlarini tashvishga soladi» degan fikrni bildirdi. Odatda, gumanitar interventsiya doirasida qurolli kuchlarni qo’llash uchun interventsiya amalga oshirilayotgan davlat hukumatining roziligini olish shart emas. BMT tajribasida, agar muayyan davlat fuqarolarining hayoti boshqa bir davlat hududida xavf ostida bo’lsa va mahalliy hukumat ularni yo himoya qila olmasligi yoki himoya qilishni istamasligi aniqlansa, ularni ozod qilish uchun kuchni qo’llashning mumkinligi o’z tasdig’ini topdi. Biroq, xalqaro munosabatlarda siyosiy rejimlarni o’zgartirish maqsadida gumanitar shiorlar niqobi ostida amalga oshirilgan interventsiyalarni ham kuzatish mumkin. Ushbu sohada shakllangan davlatlararo amaliyotni inobatga olgani holda ta’kidlab o’tish lozimki, bugungi kunda gumanitar interventsiyaning qonuniyligini belgilovchi huquqiy mezon BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasining mavjudligi hisoblanadi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling