Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet69/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Desekyuritizatsiya – siyosiy hamjamiyatning biror-bir hodisa, voqea yoki vaziyatni xavfsizlik ob’ekti mavjudligiga tahdid sifatida ko’rishdan hamda ularga nisbatan qat’iy va favqulodda choralarni qo’llashdan voz kechishini anglatuvchi jarayon. Qarang: Sekyuritizatsiya.


Bush doktrinasi (Doktrina Busha) – 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan so’ng kichik J.Bush tomonidan ilgari surilgan va amaliyotga tatbiq etilgan tashqi siyosiy doktrina. Bush doktrinasining asosiy g’oyalari 2002 yil 1 iyun kuni Uest-Poyntda (Nyu-Yorkdagi Harbiy akademiyada) so’zlangan nutqda ifoda etilgan. Nutq Oq uy matbuot xizmati tomonidan quyidagi izoh bilan taqdim etildi: «AQSh tashqi siyosatining yangi doktrinasi shakllanmoqda (erkimizni, hayotimizni himoya qilish zaruriyati yuzaga kelgan holatda bartaraf etuvchi (uprejdayuhie) harakatlarni sodir etish) ... Uest-Poyntdagi nutq Prezident va uning ma’muriyati qarashlari va fikrlash tarzi haqida tasavvur beradi ...». Bush doktrinasida an’anaviy tiyib turish strategiyasini (strategiya sderjivaniya) terrorizm va ommaviy qirg’in qurollarini tarqalishi tahdidlariga qarshi kurashda samarasiz deb inkor etadi hamda «to’qnashuvni dushman hududiga ko’chirish, uning rejalarini barbod qilish hamda jiddiy tahdidlar paydo bo’lishidan ancha avval ularga qarshi turish»ni e’lon qilinadi. Keyinchalik mazkur qoidalar J.Bush ma’muriyatining Milliy xavfsizlik strategiyalarida (2002 va 2006 yy.) o’z aksini topdi. Ushbu holat ma’lum bir ma’noda xalqaro hamjamiyatning boshqa a’zolariga preventiv yoki bartaraf etish kontseptsiyasini siyosiy-huquqiy jihatdan mustahkamlashga yo’l ochib berdi. Qarang: Oldini oluvchi (bartaraf etuvchi) zarbalar.


Vilson doktrinasi (Doktrina Vilsona) – Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari ichki ishlariga aralashish siyosatini ifoda etuvchi tashqi siyosiy doktrina. 1913 yilda AQSh prezidenti Vudro Vilson: «Biz o’z shaxsiy manfaat va ambitsiyalarini qondirish maqsadida o’z hokimiyatini o’rnatuvchi shaxslarga qarshimiz ... Biz lotin-amerikaliklarga to’g’ri insonni tanlashlariga ko’mak berishimiz lozim» degan g’oyani ilgari suradi. Uning mazmunidan kelib chiqib, 1914 yil 21 aprel kuni V.Vilson Meksikaga harbiy interventsiyani amalga oshirish haqida buyruq beradi. Vilson doktrinasini T.Ruzvelt va J.Monro siyosatlarining o’ziga xos mantiqiy davomi sifatida ko’rish mumkin. Qarang: Monro Doktrinasi



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling