Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Klinton doktrinasi (Doktrina Klintona)


Download 4.26 Mb.
bet70/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Klinton doktrinasi (Doktrina Klintona) – Klinton doktrinasining asosiy g’oyalari 1994 yilda «Majburiyatlar va kengayish strategiyasi» nomli hujjatda o’z aksini topgan. Mazkur hujjat yangi ming yillikda AQSh tashqi siyosati quyidagi uch printsipga, ya’ni global harbiy ustunlikni saqlab qolish, samarali iqtisodiy foydani ko’zlash hamda xorijda erkin bozor demokratiyasiga ko’maklashishga asoslanishi ta’kidlab o’tiladi. Manfaatlar, birinchi navbatda, milliy xavfsizlikning iqtisodiy asoslarini mustahkamlash hamda demokratiya va erkin bozor g’oyalarini yoyishga oid. Klinton doktrinasida SSSRning parchalanib ketishi va markazlashgan iqtisodiyotning barham topishi AQSh global etakchiligini mustahkamlash va erkin savdoni rivojlantirish uchun o’ziga xos ulkan imkoniyat sifatida ko’riladi. Klinton doktrinasining mohiyati – Amerika kompaniyalari va investitsiyalari uchun «ochiq eshiklar» siyosatini olib borish va ta’rif to’siqlarini kamaytirish va istiqbolda ularni bartaraf qiluvchi «erkin iqtisodiyot» orqali AQShning global gegemonligini saqlab qolishda namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, milliy xavfsizlikni ta’minlashda demokratiyani yoyish instrumenti AQSh tashqi siyosatida yangilik emasligini ta’kidlab o’tish lozim. Qarang: Yumshoq kuch.


Monro doktrinasi (Doktrina Monro) – AQSh prezidenti J.Monro tomonidan 1823 yilda ilgari surilgan «Amerika amerikaliklar uchun» tezisi ushbu tashqi siyosiy doktrinaning mohiyatini ochib beradi. Monro doktrinasi, mohiyatan, Evropa davlatlariga qaratilgan murojaat bo’lib, Lotin Amerikasining yangi davlatlari ishlariga aralashmaslikka chaqiruvchi ogohlantirish edi. Bunday aralashish AQShga nisbatan nodo’stona munosabat sifatida baholangan. Biroq keyinchalik Monro doktrinasi o’zgacha ma’no kasb etib borib, AQShning G’arbiy yarim sharda joylashgan davlatlar ichki ishlariga aralashish huquqini anglata boshladi. Monro doktrinasi hozirgi kungacha AQSh tashqi va xavfsizlik siyosatini belgilab beruvchi muhim printsiplardan biri bo’lib qolmoqda.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling