Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Reygan doktrinasi (Doktrina Reygana)


Download 4.26 Mb.
bet71/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Reygan doktrinasi (Doktrina Reygana) – AQSh prezidenti Ronald Reygan tomonidan ilgari surilgan tashqi siyosiy doktrina. Bu kabi doktrinalardan farqli o’laroq, Reygan doktrinasi bosqichma-bosqich siyosiy tashabbuslar sifatida rasman e’lon qilinmagan. Mazkur doktrinaning asosiy qoidalari R.Reygan tarafdorlari bo’lgan respublikachilar hamda «Me’ros» jamg’armasi kabi «aqliy markazlar» ko’magida yuzaga kelgan. Reygan doktrinasining maqsadi AQShning asosiy dushmanlari bilan yaqinlashish siyosatini yuritayotgan mamlakatlarda ichki siyosiy vaziyatini beqarorlashtirish orqali jahonda SSSR ta’sirini kengayishini tiyib turishdan iborat bo’lgan. Reygan doktrinasi doirasida aniq maqsad sifatida Afg’oniston va Nikaragua tanlab olingan. Qarang: Irangeyt.


Trumen doktrinasi (Doktrina Trumena) – AQSh prezidenti Garri Trumen tomonidan 1947 yil 12 martda ilgari surilgan va Amerikaning «sovuq urush» deklaratsiyasi nomini olgan tashqi siyosiy doktrina. Trumen tinchlik davrida eng katta ikki tomonlama hukumat yordami dasturini amalga oshirgan (u Kongressdan Gretsiya va Turkiya uchun yordam tariqasida 400 mln. AQSh dollari so’ragan). Bundan tashqari, Evropaga harbiy kontingent yuborilishini ta’minlash uchun ham mablag’ ajratilishiga erishgan. Mazkur doktrina AQShning an’anaviy izolyatsionistik siyosatiga jiddiy zarba berib, butun dunyoda uning iqtisodiy va harbiy sohadagi ko’mak dasturlarini amalga oshirishda o’ziga xos pretsedentni yaratdi. Trumen doktrinasiga muvofiq, AQSh har tomonlama kommunizmning yoyilishiga qarshi turishga harakat qildi. Trumen o’z ma’ruzasida asosan Gretsiya va Turkiyaga to’xtalib o’tgan bo’lishiga qaramasdan, doktrina muayyan geografik chegaralar bilan cheklanmaydi. Xalqaro maydonda kommunizmni tiyib turishga qaratilgan mazkur strategiyaning iqtisodiy o’lchami Marshall rejasi orqali ta’minlandi. Trumen doktrinasining siyosiy va iqtisodiy jihatlari «bir yong’oqning ikki tomoni» sifatida ta’riflanadi.


Eyzenxauer doktrinasi (Doktrina Eyzenxauera) – 1956 yilda Suvayish voqeasining bevosita oqibati sifatida yuzaga kelgan AQShning tashqi siyosiy tashabbusi. Bunda Buyuk Britaniya va Frantsiya AQShning talabiga binoan, o’z qo’shinlarini Misrdan chaqirib olishga majbur bo’ladi. 1957 yilga kelib, neftga boy Yaqin Sharqda ta’sir vakuumining paydo bo’lishi xavfidan kelib chiqib, Kongressning qo’shma rezolyutsiyasi Eyzenxauer doktrinasini e’lon qiladi. U prezidentga kommunistik agressiya tahdidi ostida qolgan deb tan olingan har qanday davlatga yordam ko’rsatish vakolatini berdi. Rezolyutsiya shartlariga ko’ra, AQShning qurolli kuchlari vaG’yoki iqtisodiy yordami har qanday mintaqaga yuborilishi mumkin bo’ldi. Shunga binoan, 1958 yil iyul oyida Iordaniya va Livanning g’arbparast tuzumlariga yordam ko’rsatish maqsadida ingliz-amerika qo’shinlari jo’natildi. Eyzenxauer doktrinasi Yaqin Sharqni AQShning hayotiy muhim manfaatlari makoni deb e’lon qildi. Eyzenxauer doktrinasi sovetlar ta’sirini yoyilmasligini tiyib turish maqsadida Gretsiya va Turkiyaga bu tarzda yordam ko’rsatishni nazarda tutgan Trumen doktrinasining mantiqiy davomi bo’lib, AQSh tashqi siyosatida keskin o’zgarishlarga olib kelmadi. Qarang: Trumen doktrinasi



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling