Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


L Millatlar Ligasi (Liga Natsiy)


Download 4.26 Mb.
bet74/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

L
Millatlar Ligasi (Liga Natsiy) – 1919 yilda Versal shartnomasi asosida tuzilgan birinchi universal xalqaro tashkilot. Millatlar Ligasining maqsadlariga quyidagilar kirgan: qurolsizlanish, harbiy xatti-harakatlarni oldini olish, kollektiv xavfsizlikni ta’minlash, davlatlar o’rtasidagi nizolarni diplomatik muzokaralar vositasida hal etish va boshq. Kengash, Sekretariat va Assambleya Millatlar Ligasining asosiy organlari hisoblangan. Kengash uning ijroiya organi sifatida faoliyat yuritgan. Uning tarkibi to’rttadan doimiy (Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya) va nodoimiy a’zolardan iborat bo’lgan. Shuningdek, Millatlar Ligasiga – Xalqaro odil sudlov doimiy palatasi (BMT Xalqaro sudining o’tmishdoshi), qator agentlik va komissiyalar, xususan, Ayollarning huquqiy maqomini o’rganish bo’yicha qo’mita, Qurolsizlanish bo’yicha komissiya, Sog’liqni saqlash bo’yicha tashkiloti (Sog’liqni saqlash xalqaro tashkiloti o’tmishdoshi), Xalqaro mehnat tashkiloti, Doimiy markaziy opiy kengashi, Qochoqlar bo’yicha komissiya va boshq. kirgan. Millatlar Ligasi 1946 yilda o’z faoliyatini to’xtatdi. Shu davr mobaynida uning a’zolari soni 63 taga etdi.


M
Xalqaro huquq va kuch ishlatish (Mejdunarodnoe pravo i primenenie silo’) – XX asr davomida jahon hamjamiyati xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishni ta’qiqlash borasida katta yo’lni bosib o’tdi. Asr boshida urush davlat hokimiyatini amalga oshirishning qonuniy uslubi hisoblangan. Biroq, Birinchi Jahon urushining oqibatlari bu kabi qarashni gumon ostiga oldi. G’olib davlatlar kelajakda bu kabi holatlarning qaytarilishini oldini olish maqsadida Millatlar Ligasini tuzdi. Ammo tashkilot Statutining qoidalari urushni to’g’ridan-to’g’ri ta’qiqlamadi. Nizoni tinch yo’l bilan hal qilishga qaratilgan muzokaralar barbod bo’lganidan so’ng uch oy o’tganidan so’ng boshlangan urush qonuniy deb e’lon qilindi. Davlatlararo munosabatlarda kuch ishlatishni cheklashga qaratilgan navbatdagi qadam tarixga Parij pakti yoki Brian-Kellog pakti nomi bilan kirgan Milliy siyosatning vositasi sifatida urushdan voz kechish haqidagi shartnomaning imzolanishi bo’ldi. BMT Nizomi Millatlar Ligasi Statuti va Brian-Kellog paktida belgilangan ta’qiqlardan kengroq bo’lgan, kuch ishlatishga nisbatan qat’iy talablarni ifoda etuvchi yangi qoidalarni mustahkamladi. BMT Nizomining 2-moddasi (4-band) uning barcha a’zolari o’zaro munosabatlarda har qanday davlatlar hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuchni qo’llash yoki kuch bilan tahdid qilish, yoki BMT maqsadlariga zid bo’lgan har qanday boshqa vositalardan o’zlarini tiyilishlarini nazarda tutadi. Mazkur printsip xalqaro huquq printsiplari tizimida markaziy o’rinni egallaydi. BMT Nizomida «urush» iborasi o’rniga «kuch» iborasining ishlatilishi kuchni qo’llashni taqiqlovchi doirani yanada kengaytiradi. Nizomining 2-modda (4-bandi) keyinchalik BMT Bosh Assambleyaning deklaratsiya va rezolyutsiyalarida rivojlantirildi va yanada aniqlashtirildi. Qarang: Brian-Kellog Pakti



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling