Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi (Mejdunarodno’y fond spaseniya Arala)


Download 4.26 Mb.
bet76/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi (Mejdunarodno’y fond spaseniya Arala) – «Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi maqomi va uning tashkil etish haqida»gi bitimga (9 aprelya 1999g.) asosan ta’sis etilgan Markaziy Osiyo davlatlari uyushmasi. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy tashkilotlar tizimida Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining o’ziga xosligi shundaki, u bevosita mintaqaning barcha besh davlati ishtirokida tuzilgan yagona tashkilotdir. Jamg’arma klassik tarzda tushuniladigan mintaqaviy xavfsizlik instituti emas. Biroq, mintaqaviy xavfsizlikni harbiy-siyosiy o’lchami doirasidan tashqarida yotuvchi murakkab va tizimli tabiatidan kelib chiqib, Jamg’armani Markaziy Osiyo xavfsizligining muhim instituti sifatida baholash mumkin. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining faoliyati nafaqat Orol dengizi muammosini, ya’ni mintaqaviy ekologik xavfsizlik masalasini, balki mintaqada davlatlararo hamkorlikning dolzarb xalqaro-huquqiy muammosi hisoblangan Markaziy Osiyoda suvdan foydalanish muammolarini hal etishda kollektiv mexanizm sifatida namoyon bo’ladi. OQXJ tashkiliy tuzulmasning tarkibiy elementlari sifatida quyidagilarni kiritish mumkin: Ijroiya qo’mitasi (uning filiallari Markaziy Osiyoning barcha davlatlarida mavjud); Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xo’jaligi komissiyasi (MKVK); «Amudaryo» va «Sirdaryo» xavzasi suv xo’jaligi tashkilotlari (BVO); Turkmanistondagi Cho’llarni o’rganish instituti qoshidagi ilmiy-axborot markaz.


Ishonch choralari (Mero’ doveriya) – o’zaro ishonchsizlikni hamda harbiy sohada o’zaro anglashilmovchilik oqibatida munosabatlarning yomonlashishini bartaraf etishga qaratilgan maxsus choralar. Ishonchni choralari kollektiv xavfsizlik umumiy tizimining nisbatan yangi elementi sanaladi. Amaldagi ishonch choralar tizimi, avvalo, EXHK hujjatlari qoidalariga asoslanadi. EXHKning Yakunlovchi aktida (1975 y.) a’zo-davlatlar: quruqlikdagi qo’shinlarning barcha yirik o’quv mashqlari; harbiy o’quv mashqlari; kata sondagi qo’shinning harakatlanishi; harbiy o’quv mashqlarida kuzatuvchilar almashish va h.k. borasida bir-birlarini oldindan xabardor qilishga kelishib oldilar. EXHK Stokgolm konferentsiyasining yakunlovchi hujjati (1986 yil 19 sentyabr) ishonch choralari tushunchasini kengaytirdi va uning mazmuni yanada chuqurlashtirdi. Ishonchni mustahkamlash funktsiyalari qurol-yarog’larni cheklash va qisqartirishga oid shartnomalarga muvofiq tuziladigan organlarga yuklatila boshlandi. Ishonch choralari harbiy-texnik choralardan kompleks mazmun etuvchi choralarga aylanib bormoqda. Partnerlar o’rtasidagi munosabatlarning mavjud holati nafaqat xabar qiluvchi, balki tiyib turuvchi va kelajakda cheklovchi choralarni ishlab chiqish va qo’llash imkoniyatini yaratmoqda (EXHKning Vena hujjatlari (1990 va 1992 yy.)). Markaziy Osiyoda harbiy xavfni kamaytirish va ishonch choralarini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy choralar tizimi «Shanxay beshligi»ning asosiy hujjatlarida o’z ifodasini topdi («Chegara rayonlarida harbiy sohada ishonchni mustahkamlash haqida» (1996 y.) va «Chegara rayonlarida qurolli kuchlarni o’zaro qisqartirish haqida»gi (1997 y.) shartnomalar).



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling