Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Yumshoq kuch (Myagkaya sila. Soft power)


Download 4.26 Mb.
bet78/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Yumshoq kuch (Myagkaya sila. Soft power) – XX asr 80-yy. oxirlarida amerikalik tadqiqotchi kichik J.Nay tomonidan muomalaga kiritilgan atama. «Yumshoq kuch» davlatlarning jalb qilish va ishontirish layoqatini anglatadi. Agar «qattiq kuch» davlatning harbiy va iqtisodiy qudratidan kelib chiqsa va o’z maqsadini majburlash va to’lov (haq) orqali amalga oshirsa, «yumshoq kuch»ning bosh quroli – bu davlat madaniyati, siyosiy qadriyatlari va davlat (ichki va tashqi) siyosatining jozibadorligidir. Ushbu ma’noda «yumshoq kuch» uchinchi («qattiq kuch» elementlariga nisbatan) istiqbolli kuch o’lchami va siyosat instrumenti hisoblanadi. Ichki siyosat va xalqaro munosabatlarning boshqa sub’ektlari fe’l-atvoriga ta’sir ko’rsatish orqali maqsadga erishish qobiliyati bu uch o’lchamga xos umumiy jihatdir. Shunday qilib, «yumshoq kuch» – bu jozibador g’oya va ijobiy namuna orqali moyillik hisini yoyishdir. Shundan ekan, «yumshoq kuch»ning ob’ekti bo’lib, insonlar «ongi va qalbi» xizmat qiladi. Shu bois ham u «jozibador kuch» sifatida ta’riflanadi. Ommaviy axborot vositalari, nohukumat tashkilotlar, insonparvarlik yordamlari, ta’lim dasturlari, «yaxshi qo’shnichilik siyosati» va h.k.lar «yumshoq kuch»ning o’ziga xos instrumenti va ko’rinishlari hisoblanadi.


N
Tinchlikning buzilishi (Narushenie mira) – BMT Nizomining VII bobiga muvofiq, Xavfsizlik Kengashi tomonidan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi vaziyat. Tinchlikning buzilishi tushunchasining tarkibiy qismiga agressiya akti hamda Agressiya ta’rifining 3-moddasida (1974 y.) keltirilgan barcha holatlar kiradi. Xavfsizlik Kengashi mazkur hujjatda ko’rsatib o’tilmagan boshqa holatlarni ham tinchlikning buzilishi sifatida baholash vakolatiga ega. Davlatlararo amaliyotda tinchlikning buzilishi deb baholangan to’rt holat to’g’risida so’z yuritiladi: 1) 1950 yilda Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreyaga bostirib kirishi; 2) 1982 yilda Argentinaning Folklend oroliga hujumi; 3) 80-yy.dagi Eron-Iroq urushi; 4) 1990 yilda Iroqning Quvaytga hujumi. Qarang: Tinchlikka tahdid.


Neytralitet – davlatning xalqaro-huquqiy maqomi bo’lib, unga muvofiq, ushbu maqomga ega bo’lgan davlat urush holati yuzaga kelgan holda biror-bir urushayotgan davlat tomonida ishtirok etmaslik hamda urushayotgan tomonlarga bevosita harbiy yordam ko’rsatmaslik majburiyatini oladi. Tinchlik davrida neytral davlat harbiy ittifoqlarga a’zo bo’lmasligi kerak. Neytralitet doimiy, shartnomaviy, urush davridagi neytralitet (yoki urushdagi neytralitet) hamda deklarativ bo’lishi mumkin. 1815 yil Vena kongressi deklaratsiyasiga binoan Shveytsariya doimiy neytralitet maqomiga ega. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Turkmaniston o’z neytralitetini e’lon qilgan. Uning ushbu huquqiy holati BMT Bosh Assambleyasining «Turkmanistonning doimiy neytraliteti» to’g’risidagi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan (1995 yil 12 dekabr).



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling