Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi
O‘zbekiston tarixi davrlashtirish masalasi yuzasidan 7 ta davrga bo‘linadi
Download 1.61 Mb.
|
107-Ўзб. янги тарихи-2022 YANGISI-2
O‘zbekiston tarixi davrlashtirish masalasi yuzasidan 7 ta davrga bo‘linadi:
Ibtidoiy to‘da davri. Urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri. Ilk о‘rta asrlar davri. O‘rta asrlar davri. Mustamlakachilik va milliy uyg‘onish davri. Sovetlar davri. Milliy istiqlol, demokratik va fuqorolik jamiyati qurish davri. “Turon tarixi” jurnalida A. Asqarov yuqoridagi 7 davrni ko‘rsatib o‘tadi. 3.O‘zbekiston tarixini o‘rganishda asosan moddiy va yozma manbalardan foydalanamiz. Ularni davrlashtirish nuqtai nazaridan quyidagi manbalarga ajratish mumkin. Eng qadimgi davrni arxeologik ashyolar yordamida; “Avesto”, Bexistun yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari asosida; Ilk o‘rta asrlarni yunon-rim, so‘g‘d, xorazm va fors tili yozma manbalari asosida; Mustamlakachilik davrini esa forsiy, turkiy, rus va xorijiy mamlakatlar ilmiy asarlari yordamida; d) Mustaqillik davri esa Vatanamiz va xorijda chop etilgan O‘zbekiston tarixiga oid asarlar yordamida yoritiladi. Demak, qadimgi ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan mehnat qurollari, kundalik turmushda ishlatgan jihozlari, tanga pullar, harbiy qurol-yarog‘lar, uy-joy xarobalari, qal’alar, shaharlar, qabrlar moddiy-tarixiy manbalar deb ataladi. Arxeologik ilmiy tadqiqotlar orqali olib borilgan izlanishlar natijasida topilgan moddiy topilmalar asosiy manbalar hisoblanadi. Yozuv paydo bo‘Iishi bilan savodxon kishilar o‘zi yashab turgan va borib ko‘rgan mamlakatlarini, ularning turmush tarzi, madaniyati haqidagi fikrlarini daraxtlaming po‘stlog‘iga, toshga, teriga, qog‘ozga yozib qoldirganlar. Voqea- hodisalar, xalqlaming hayoti haqida, yerni meros qoldirish, in’om qilish, sotish, sotib olish yozma hujjatlar orqali va podsho, hokim, amir, beklaming yozma shakldagi qonun va farmonlari orqali amalga oshirilgan va saqlab qolingan. Bunday manbalar yozma manbalar deb ataladi. Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VII-VIII asrlardagi hayotini o‘rganishda “Avesto” kitobi qimmatli manba hisoblanadi, Vatanimiz tarixiga oid ma’lumotlar yunon va rim manbalarida: Gerodotning “Tarix”, Ksenofontning “Yunoniston tarixi” asarlarida uchraydi. Xitoy yozma manbalaridan “Tarixiy yilnomalar”, “Katta Xan tarixi” va boshqa irlarida Turkiston tarixi haqida ma’lumotlar bor. Mamlakatimiz tarixini o‘rganishda turkiy, fors, anab manbalarining ahamiyati tta bo‘lib, S.E Malovning “Eniseyskaya pismennost tyurkov. Teksti perevodom”, Sa’dullayevning “Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda”, N.Raxmonning turk hoqonligi” kitobida qimmatli ma’lumotlar mavjud. O‘zbek xalqining etnik tarixini o‘rganishda Abulg‘oziyning “Shajarai turk”, I.Jabborovning “O‘zbek xalqi etnografiyasi” asarlaridan foydalanish mumkin. O‘zbek xalqining o‘rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy- adaniy hayotini o‘rganishda Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu ayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Yusuf Xos ojibning “Qutadg‘u-bilig”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘ati turk”, ashshaxiyning “Buxoro tarixi”, Amir Temuming “Temur tuzuklari”, Mirzo lug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” kabi nodir asarlari muhim tarixiy manba bo‘lib izmat qiladi. Turli sulolalar tarixini yoritishga bag‘ishlangan Shahobiddin an-Nasaviyning Siyrat as Sulton Jaloliddin Manguberdi”. Nizomiddin Shomiyning “Zafamoma”, fizomulmulkning “Siyosatnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi”, 4uhammad Solihning “Shayboniynoma” asarlari qimmatli manba hisoblanadi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharq shunoslik institutidagi '‘qlyozmalar xazinalaridan muhimi hisoblanadi. Bu yerda 40 mingdan ortiq |o‘lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosmalar kitoblar, 10 mingdan ortiq harq tillarida yozilgan hujjatlar mavjud. Ana shu qo‘lyozma hujjatlar milliy ariximizni yanada to‘laroq ochishga ko‘maklashishi, tariximiz sahifalaridagi “oq” va “qora” dog‘larni barham topishiga yordamlashadi. Hozirgi kunda tariximizni o‘rganishda mustaqillik davrida tarixchi, etnograf )limlarimiz tomonidan yaratilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muhim ihamiyatga egadir. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “Har bir fuqoroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko‘z qorachigidek asrab- avaylashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o‘rgatadi. O‘zimizning boy o‘tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekaninianglashga undaydi”. Vatanimiz tarixi yoshlarga xalqimizning o‘tmishi, tarixi haqida bilim berib qolmasdan balki ulami vatanparvar, insonparvar, ma’naviy jihatdan komil inson boiib yetishishlarida dastur-amal hisoblanadi. Vatanimizni keyingi avlodlarga yanada obod, qudratli, har tomonlama rivojlangan holatda yetkazish davrimizning dolzarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu mas’uliyatli va sharafli vazifani ado etish yoshlarga, ularning ma’naviy barkamolligiga bog‘liqdir. Bu xususda Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov “Biron bir jamiyat, ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirish va mustahkamlamay turib, o‘z istiqbolini tasavvur qilib bo‘lmaydi”-deydi. “...Tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay boshini baland ko‘tarib yurushi uchun insonga albatta tarixiy xotira kerak... Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson”. Insonda tarixiy xotira o‘z Vatani tarixini, o‘z xalqi, avlodlari hayotini o‘rganish orqali shakllanadi. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bo’lsa, bunday insonlami yo‘ldan urush, xar-xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonlarni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”-deb uqtiradi I. A. Karimov. Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixini o‘qitish barcha o‘quv maskanlarida davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling