Tadqiqot metodlari: Tadqiqot mavzusi bilan bog’liq adabiyotlarni o`rganish;
o`quv jarayonini kuzatish, o`qituvchi va o`quvchi bilan suhbat; o`quv yurtidagi
ilg’or o`qituvchilar tajribasini umumlashtirish; so`rovnoma o`tkazish; pedagogik
tajribani tashkil qilish, o`tkazish va tajriba natijalarini statistik qayta ishlash.
Tadqiqotning metodologik asoslari. Birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimovning maktab-maorif to`g’risidagi ko`rsatmalari, O`zbekiston
Respublikasining «Ta`lim to`g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlashning milliy
dasturi», «2004-2009 yillarda maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummiliy
dasturi to`g’risida»gi Farmoni, «O`zbekiston Respublikasining umumiy o`rta
ta`lim Kontseptsiyasi», faylasuf, pedagog va fizik usuliyatshunos olimlarning
ta`lim to`g’risidagi qarashlari tadqiqotning metodologik asoslari sanaladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqot ishida AL va KHTda fizika ta`limi
uchun ijodiy muxitni yaratish pedagogika va uslubiyotda ilk bor alohida tadqiqot
predmeti sifatida ajratildi, o`qitish materiallarida fizika ta`limining ijodiy xarakteri
muhim qonuniyatlardan biri sifatida asoslandi, ta`limni ijodiy tashkil etish,
boshqarish, nazorat qilish nazariy va amaliy jihatdan bayon qilindi. SHu bilan
birga, fizika ta`limi bosqichlarini ajratish mezonlari keng tahlil qilinib, fizika
ta`limi bosqichlariga tavsif berildi. Bular yana bir yangilikka – fizika ta`limini
ijodiy tashkil etish amaliyotiga zamin yaratdi. AL va KHK ta`limida fizikadan
o`quv materialini to`liq ijodiy o`zlashtirish texnologiyasi va ilmiy xarakterda
tashkil qilishga ilk bor harakat qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |