Guliston davlat universiteti xalqaro huquqi asoslari


§. O'zbekiston Respublikasida diplomatik xizmatning huquqiy asoslari


Download 333.3 Kb.
bet18/25
Sana04.04.2023
Hajmi333.3 Kb.
#1326464
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn


§. O'zbekiston Respublikasida diplomatik xizmatning huquqiy asoslari

Diplomatik xizmatga oid eng muhim masalalar, birinchi navbatda, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bilan tartibga solinadi. Konstitutsiya: birinchidan, O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplarini mustahkamlagan (17-modda); ikkinchidan, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari milliy qonun- chilikdan ustunligini e’tirof etgan (Muqaddima): uchinchidan, O'zbekistonning tashqi aloqalar olib boruvchi organlari tizimini o'matgan.
Bundan tashqari, O'zbekistonda tashqi siyosat va diplomatik huquqqa oid qator maxsus qonunlar qabul qilingan. Bunday qonunlar jumlasiga quyidagilar kiradi: «Diplomatik darajalar va martabalarni o'rnatish to‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasining qonuni (1992) va «O'zbekiston Respublikasining chet davlatlarda diplomatik vakolatxona boshliqlarini tayinlash va chaqirib olish to‘g‘risida»gi O'zbekiston Respub­likasining qonuni (1992).
Ushbu qonunlar ichida «O'zbekiston Respublikasining chet davlat- lardagi diplomatik vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash hamda cha­qirib olish tartibi to‘g‘risida»gi va «O'zbekiston Respublikasining diplo­matik xodimlari uchun diplomatiya daraja va martabalari belgilash to‘g‘risida»gi qonunlar O'zbekistonda diplomatik xizmatni tashkil etish- ning huquqiy asoslarini tashkil etadi.
Agar birinchi qonun O'zbekiston Respublikasining diplomatiya va­kolatxonalari boshliqlarini tayinlash hamda chaqirib olish tartibini «Diplo­matik munosabatlar to‘g‘risida»gi 1961-yildagi Vena konvensiyasiga hamda boshqa umume’tirof etilgan xalqaro-huquqiy normalar va qoi- dalaiga muvofiq belgilab bersa, ikkinchi qonun esa, O'zbekiston Respub­likasining diplomatik xodimlari uchun diplomatik darajalari va marta- balarini belgilab bergan.
O'zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik vakolatxo- nasining boshlig'i O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis Senatiga tayinlash uchun kiritiladi. Bu lavozim nomzodligiga doir taklifni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tegishli idoralar bilan kelishgan holda kiritadi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti ma’qullagan diplomatik vakolatxonasi boshlig'ining nomzodini O'zbekiston Respublikasi Tash­qi ishlar vaziri vakolatxona joylashgan mamlakat Tashqi ishlar vazirligi- ga (yozma) taqdim etib, uning roziligini (agreman) so'raydi.
O'zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining boshlig'ini tayinlash vakolatxona joylashgan mamlakatning rasmiy roziligi olinga- nidan keyin amalga oshiriladi. Vakolatxona joylashgan mamlakatdan javob olingunga qadar diplomatiya vakolatxonasining boshlig'i lavo- zimiga nomzod xususidagi ma’lumotlar yopiq hisoblanadi.
Favqulodda va muxtor elchi yoki favqulodda va muxtor vakil ta- yinlangan mamlakatga jo'nab ketgunga qadar O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi unga boradigan davlatining rahbariga topshirishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan hamda O'zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vaziri imzosi bilan tasdiqlagan ishonch yorlig'ini tayyorlaydi.
O'zbekiston Respublikasining ishonchli vakiliga O'zbekiston Respub­likasi Tashqi ishlar vazirining qabul qiluvchi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi nomiga yozilgan maktubi beriladi.
O'zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonasining boshlig'i quyidagi hollarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bi­lan chaqirib olinadi:

  1. diplomatiya vakolatxonasining boshlig'i almashtirilganda;

  2. diplomatiya vakolatxonasining boshlig‘i nomaqbul shaxs (perso­na non grata) deb e’lon qilinganda;

  3. davlatlar o’rtasidagi diplomatik munosabatlar uzilganda;

  4. davlatlar o’rtasida urush holati e’lon qilinganda;

  5. davlat xalqaro huquq subyekti sifatida yo’qolganda.

O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatiya va-
kolatxonalarining boshqa a’zolari O’zbekiston Respublikasi tashqi ish­lar vazirining buyrug’i bilan tayinlanadilar va chaqirib olinadilar16.
O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari boshliqlarining 3 darajasi belgilangan:

  1. chet davlat boshlig’i huzurida akkreditatsiya qilinadigan favqulodda va muxtor elchi;

  2. chet davlat boshlig’i huzurida akkreditatsiya qilinadigan favqulodda va muxtor vakil;

  3. chet davlat tashqi ishlar vaziri huzurida akkreditatsiya qilinadi­gan ishonchli vakil.

O’zbekiston Respublikasi vakolatxonalarining boshliqlari mansub bo’lishi loyiq ko’rilgan daraja diplomatiya munosabatlari o’matayotgan davlat o’rtasidagi ahdlashuvda belgilab qo’yiladi.
O’zbekiston Respublikasida quyidagi diplomatiya martabalari — O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi vakolatxonalarining diplo­matiya xodimlariga beriladigan alohida xizmat unvonlari belgilanadi:

  1. favqulodda va muxtor elchi;

  2. birinchi darajali favqulodda va muxtor vakil;

  3. ikkinchi darajali favqulodda va muxtor vakil;

  4. birinchi darajali maslahatchi;

  5. ikkinchi darajali maslahatchi;

  6. birinchi darajali birinchi kotib;

  7. ikkinchi darajali birinchi kotib;

  8. birinchi darajali ikkinchi kotib;

  9. ikkinchi darajali ikkinchi kotib;

  10. uchinchi kotib;

  11. attashe.

Favqulodda va muxtor elchi, birinchi va ikkinchi darajali favqulodda va muxtor vakil martabalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan beriladi. Ana shu masalalar yuzasidan takliflarni O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri kiritadi. Boshqa diploma­tik martabalar O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining buyrug’i bilan beriladi. Bu martabalami berish haqidagi takliflarni 0‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining malaka komissiyasi kiritadi. Malaka komissiyasining tarkibi va u haqdagi nizomni 0‘zbekiston Respublikasining tashqi ishlar vaziri tasdiqlaydi. Diplomatik martabalar 0‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rahbar va mas’ul xodimlariga ham beriladi.
Birlamchi diplomatik martaba — attashe diplomatik xizmatida ka- mida bir yil ishlagan kishiga beriladi. Diplomatik vakolatxonalarining xodimlariga navbatdagi uchinchi kotib, ikkinchi kotib martabalari mala- kasiga hamda xoh markaziy devonda, xoh 0‘zbekiston Respublikasi­ning chet ellardagi vakolatxonalarida kamida 2—3 yil, birinchi kotib, maslahatchi martabalari esa kamida 3—4 yil xizmatni muvaffaqiyatli o'taganligiga qarab beriladi. Ishdagi katta yutuqlari uchun diplomatik vakolatxonasining xodimi belgilangan muddatdan oldin yuqoriroq diplo­matik martaba berishga tavsiya etilishi mumkin.
Favqulodda va muxtor elchi, favqulodda va muxtor vakil marta­balari bir umrga beriladi. Boshqa diplomatik martabaga ega bo'lgan shaxslar 0‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidan pen- siyaga chiqqanlari taqdirda ulaming bu martabalari saqlanib qoladi.
Favqulodda va muxtor elchi, favqulodda va muxtor vakil, diplo­matiya martabalaridan 0‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirli­gining taqdimnomasiga binoan, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti- ning farmonlari bilan mahrum etiladi. Diplomatiya vakolatxonalarining boshqa a’zolari xususida bu masala yuzasidan qarorni 0‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining malaka komissiyasi taqdimiga ko‘ra, tashqi ishlar vaziri qabul qiladi17.
Download 333.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling