Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


 BOB. AHOLINING ETNIK VA IJTIMOIY TARKIBI


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
3 BOB. AHOLINING ETNIK VA IJTIMOIY TARKIBI 
 
3.1. Aholining irqiy tarkibi 
Odamlar qadim-qadimdan jamoa-jamoa qon qardosh bo‘lib yashab kelishgan. 
Ana shunday birliklarning eng muhimi ularning irqiy va etnik birliklaridir. Irq bu 
odamlarning kelib chiqishi, govda tuzilishi va qiyofasi o‘xshash bo‘lgan tarixan 
tarkib topgan hududiy birligidir. Irqlarning paydo bo‘lishi va odamlar o‘rtasidagi 
irqiy belgi hamda xususiyatlarning kelib chiqishi haqida har xil omillar bo‘lib, keng 
tarqalgani ikkitadir. Antropologlarning bir qismi irqlar juda qadimda, Afrika, Evropa 
va Osiyoning bir necha markazlarida (ya‘ni dunyoning bir necha joyida) vujudga 
kela boshlagan deb hisoblaydilar. Bu ―politsentrizm‖ nazariyasidir. Ikkinchi guruhi 
olimlar hozirgi zamon kishisi bir markazda vujudga kelgan (O‘rta dengiz bo‘yining 
sharqiy qismi, Janubiy Evropa, Shimoliy va Sharqiy Afrika va G‘arbiy Osiyoni o‘z 
ichiga olgan katta hududda), keyinchlik odamlar dunyoning turli qismlariga tarqalib 
ketgan va bir-biridan keskin farq qiluvchi tabiiy sharoitlarga tushib qolishi natijasida 
hozirgi irqiy belgilar vujudga kelib, rivojlanib borgan degan fikrni ilgari suradilar. Bu 
―monotsentrizm‖ nazariyasidir.
Irqlaq xalqlarning asosan tashqi ko‘rinishiga va undagi farqlarga hamda ba‘zi 


70 
fiziologik belgilarga qarab ajratiladi. Kishi terisining, ko‘z va sochining rangi, yuz 
tuzilishi, bosh suyagining shakli (asosan kalla kengligining uzunligiga nisbati), burun 
va lab tuzilishi, ko‘zlarining qisiq yoki keng bo‘lishi, erkaklarning yuzi tanasida 
(ayniqsa ko‘kragida) jun bo‘lishi, uning uzun-qisqaligi hamda keyingi paytlarda 
e‘tibor berilayotgan ichki (fiziologik) belgi va xususiyatlar (qon guruhi, ta‘m bilish 
xususityalari) tish tuzilishi va boshqalar kiradi. Er sharida uchta katta irq: evropoid, 
mongoloid va ekvatorial (negro-avstraloid) hamda ko‘plab aralash irqiy shakllar 
ajratilgan. Uchta irq dunyoning barcha aholisini qamrab ola olmaydi. 
Keyingi davrlarda irqlararo nikohlarning ko‘payishi natijasida turli irqlar 
o‘rtasidagi aralash turlar ham ko‘payib bormoqda. Antropolog G.F.Debes turli irqlar 
o‘rtasidagi aralash irqlarni 2 guruhga bo‘ladi: “qadimgi aralash shakllar, o’rta asr 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling