Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Shimoliy Afrika va qisman shimoliy-sharqiy Afrika


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

1. Shimoliy Afrika va qisman shimoliy-sharqiy Afrika. Bu rayonlarda bir 
biriga yaqin bo‘lgan xalqlar – arablar va barbarlar yashaydi. Shimoliy Afrikada arab 
tilida gaplashuvchi bir necha millatlar tarkib topgan (marokashliklar, tunisliklar, 
Liviyaliklar, misrliklar). 
2. Sharqiy va G’arbiy Sudan (hududiy jihatdan Sudan tabiiy geografik 
hududiga to‘g‘ri keladi). Bu oblastning g‘arbida – atlantika sohilida fulbe, volof, 


75 
ser‘erlar, Gvineya qo‘ltigi sohilida–gvineyaliklar, gurlar, Nigeriya va Kamerun 
davlatlarida – xausa, yoruba, ibo, edo kabi xalqlar. Sudan davlati hududida asosan 
arablar va nilotlar yashaydilar. 
3.Tropik va Janubiy Afrikada bir-biriga yaqin tilda gaplashuvchi va 
madaniyatida ham ko‘pincha umumiylikka ega bo‘lgan bantu xalqlari yashaydi. 
Afrikada ham ayrim bir butun xalqlar turli mamlakatlar o‘rtasida bir-biridan siyosiy 
chegaralar orqali ajratib qo‘yilgan. Masalan, fulbe xalqi Nigeriya, Senegal, Gvineya, 
Mali, Kamerun, Burkina-Faso, Benin Mavritaniya, Gambiya mamlakatlarida bo‘linib 
yashaydi. Mandinto xalqi Senegal, Mali, Kot-di-vuar, Gambiya, Serra-Leone, 
Gvineya, Gvineya-Bisau mamlakatlari o‘rtasida yashaydi. Bundan ahvol Afrikada 
turli elatlar va etnik guruhlarning jipslashishi, millatlar tashkil topishini 
qiyinlashtiradi. 
Afrika aholisining milliy tarkibi haqida gapirganda, bu erda yashovchi kelgindi 
(asosan Evropadan) xalqlarni ham e‘tiborga olish zarur. Asosan inglizlar, afrikanerlar 
(burlar), fransuzlar, portugallar Afrika aholisining 5% ni tashkil qiladi. Ular 
qit‘aning janubida va Zimbabveda (Rodeziyada) yashaydilar va oqlar hukmronligiga 
asoslangan irqchilik davlatlarini barpo qilganlar. Hozirda ular mustaqil Afrika 
davlatlariga aylanganlar. 
Amerika aholisining milliy tarkibida ko‘pchilikni (95%) Evropadan 
kelganlarning avlodlari va ularning boshqa xalqlar bilan aralashuvidan vujudga 
kelgan xalqlar qamrab olgan. Amerika aholisini ko‘pchilik qismi ingliz va ispan 
tilida, ozroq qismi portugal va boshqa tillarda so‘zlashadi. Bu erda millatlar, davlatlar 
chegaralariga qarab, qaysi mamlakatning fuqarosi ekanligiga qarab ataladi. Masalan, 
AQSh millati–Amerikaliklar, Kanada millati – kanadaliklar deyiladi. 
Amerika mamlakatlari aholisi o‘z millatlarini davlatlarining nomi bilan 
masalan, braziliyaliklar, kubaliklar, peruliklar va boshqalar deb atashadi. Biroq turli 
xalqlarning aralashishi bir-biridan ancha farq qiladi. Masalan paragvayliklar, 
peruliklar, 
boliviyaliklar, 
ekvadorliklar, 
gondurasliklar, 
salvadorliklar, 
nikaragualiklar va panamaliklar asosan metislardan iborat. Dominikaliklarning 
ko‘pchiligi esa mulatlardir. 
Amerikada, shuningdek asosan negrlardan iborat bo‘lgan millatlar ham bor 
(gaitiliklar, yamaykaliklar va boshqalar). Peru, Boliviya, Ekvador, Meksika 
aholisining anchagina qismini indeyslar tashkil qiladi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling