Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


-chizma. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
1-chizma. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish 
fazalaridagi harakati 
 
 
 
 
 
Ishlab chiqarish
– insoniyat jamiyatining hayot kechirishi va rivojlanishi uchun 
zarur moddiy ne‘matlarni yaratish jarayoni. 
 
Taqsimot – ishlab chiqarilgan mahsulotdagi har bir xo‘jalik yurituvchi 
sub‘ektning ishtiroki, ulushi (miqdori, proportsiyasi) ni aniqlash jarayoni.  
 
Ayirboshlash – moddiy ne‘mat va xizmatlarning bir sub‘ektdan boshqasiga 
tomon harakati jarayoni. 
Tovarni sotish – uning pulga ayirboshlanishi, xarid 
qilish esa – pullarni tovarga ayirboshlanishi. Ayirboshlashning zarur sharti – 
ixtisoslashish, mehnat taqsimoti, bu esa jamiyat a‘zolari o‘rtasida mehnat 
mahsulini ayirboshlashga olib keladi. 
 
Iste’mol
– insonning ehtiyojlarini qondirish uchun ne‘matlardan foydalanishi.
Taqsimot
jarayoni
Ishlab chiqarish
jarayoni
Iste‘mol
jarayoni
Ayirboshlash
jarayoni



Aholi geografiyasi – aholining tarkibi, dinamikasi va joylashuvidagi hududiy 
farqlarni, bu farqlarni vujudga keltiradigan qonuniyatlarni, aholi manzilgohlarining 
hududiy tizimlarini va ularning rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganadi. Aholi 
geografiyasi, shuningdek, aholining er shari bo‘yicha va ayrim mamlakatlar va 
rayonlar miqyosidagi harakatini ham o‘rganadi.
Demografiya – grekcha – demos – ―xalq‖ va grafiya – ―tasvirlash‖ so‘zlaridan 
iborat bo‘lib, aholi haqidagi fandir. U aholining soni, hududiy joylashuvi va tarkibini, 
ularning o‘zgarishi va bu o‘zgarishning sabablarini, aholidagi o‘zgarishlar bilan 
ijtimoiy-iqtisodiy ma‘lumotlarning aloqalarini o‘ziga xos usullar bilan o‘rganadi. 
Shuningdek, demografiya aholi takror barpo qilinishining qonuniyatlarini ochib 
beradi. Ko‘rinib turibdiki, aholi geografiyasi bilan demografiya o‘rganadigan 
masalalar bir biriga juda yaqin. Jamiyat taraqqiyoti haqidagi dialektik qonuniyat aholi 
geografiyasi va demografiyasining umumiy nazariy negizini tashkil etadi. Tabiat 
bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, jamiyat taraqqiyotining asosiy 
qonunlari, turli ijtimoiy voqeliklarning o‘zaro bog‘liqligi kabilar ana shunday muhim 
nazariy masalalardir.
Jamiyatning iqtisodiy qonunlarigina turli mamlakatlar xalq xo‘jaligining har xil
tarixiy davrlarda rivojlanish va hududiy joylashish xususiyatlarini to‘g‘ri va to‘la 
tushuntirib bera oladi. Iqtisodiy qonun– iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy 
hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat 
aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Bu esa, o‘z navbatida, aholining 
yuqorida sanab o‘tilgan asosiy xususiyatlarini tushunib olishga imkon beradi. Aholi 
geografiyasi va demografiyasining ana shunday asosiy qonuniyatlari va 
tushunchalarining ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling