Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
-to’rtinchidan, oldingi tadqiqotlarda ham, D.Veresov bashoratlarida ham
aholining qayta barpo bo‘lishiga fojeali omillar ta‘siri e‘tiborga olinmagan. Biroq, katta masshtabda Chernobil fojeasi singari fojea yuz bermagan bo‘lsada, Sobiq Ittifoqning emirilishi katta hududni ishg‘ol etgan. Imperiyadagi siyosiy o‘zgarishlar aholi qayta barpo bo‘lishida katta o‘zgarishlarni sodir etdi va mamlakatlar oldiga talay yangi muammolarini qo‘ydi. Albatta, o‘z davrida umumiy ko‘rinishga ega bo‘lgan aholining qayta barpo bo‘lishidagi bu kabi tadqiqotlar o‘z natijalariga ko‘ra ham Markaziy Osiyodagi demografik jarayonlar o‘zgarishiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Markaziy Osiyodagi demografik jarayonlarning spetsifik jihatlari to‘g‘risida O.B.Ota-Mirzaev ta‘kidlaganidek, «Ijtimoiy demografik stereotip kelajakka qadar, hech bo‘lmaganda joriy yuz yillik oxiriga qadar saqlanib qoladi». Markaziy Osiyo respublikalaridagi tub aholining asosiy qismida tug‘ilishning yuqoriligi saqlanib qolishi ko‘pchilik mahalliy olimlar tomonidan e‘tirof etilgan. Shundan farqli holatda M.Amanekov Turkmanistonda tug‘ilishning pasayishi holati faollashuvi haqidagi ma‘lumotlar keltiradi. A.G.Vishnevskiy Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalarda tug‘ilishning yuqoriligi sababli aholining qayta barpo etilishini bashoratlashga va aniq natijalarga erishishga har qanday nazariy tahlil, butun dunyo tajribasidan kelib chiqib yondashishi yoki alohida olib borilgan aniq tadqiqot ham yordam berolmasligini ta‘kidlaydi. Tug‘ilishning yuqoriligi milliy xususiyat emas, dunyoda hech bir xalq yo‘qki, uning tarixida tug‘ilishning yuqoriligi an‘anasi kuzatilmasa, qachonki tarixiy taraqqiyot bu an‘anadan ob‘ektiv asosda mahrum etar ekan, u bir muddat inertsiya kuchi singari saqlanib qoladi. Bu inertsiyaning qancha muddat davom etishi joy va vaqtning ko‘plab xususiyatlari bilan bog‘liq. Shuningdek, bu bog‘liqlik o‘tmishdagi inertsiyaning hozirgi talablaridan kuchli emasligi bilan izohlanadi. Dunyo miqyosida tug‘ilishning yuqori koeffitsienti taxminan 3,3 ‰ ni va aholi takror barpo bo‘lishining netto koeffitsienti 1,6 ‰, shuningdek, dunyoda aholining o‘rtacha umr ko‘rishidagi davomiylik taxminan 65 yoshni, tug‘ilish va o‘lim darajasi taxminan yiliga 15,5 ‰ ni tashkil qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling