Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
-chizma. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholi geografiyasi
1-chizma. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish fazalaridagi harakati Ishlab chiqarish – insoniyat jamiyatining hayot kechirishi va rivojlanishi uchun zarur moddiy ne‘matlarni yaratish jarayoni. Taqsimot – ishlab chiqarilgan mahsulotdagi har bir xo‘jalik yurituvchi sub‘ektning ishtiroki, ulushi (miqdori, proportsiyasi) ni aniqlash jarayoni. Ayirboshlash – moddiy ne‘mat va xizmatlarning bir sub‘ektdan boshqasiga tomon harakati jarayoni. Tovarni sotish – uning pulga ayirboshlanishi, xarid qilish esa – pullarni tovarga ayirboshlanishi. Ayirboshlashning zarur sharti – ixtisoslashish, mehnat taqsimoti, bu esa jamiyat a‘zolari o‘rtasida mehnat mahsulini ayirboshlashga olib keladi. Iste’mol – insonning ehtiyojlarini qondirish uchun ne‘matlardan foydalanishi. Taqsimot jarayoni Ishlab chiqarish jarayoni Iste‘mol jarayoni Ayirboshlash jarayoni 7 Aholi geografiyasi – aholining tarkibi, dinamikasi va joylashuvidagi hududiy farqlarni, bu farqlarni vujudga keltiradigan qonuniyatlarni, aholi manzilgohlarining hududiy tizimlarini va ularning rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganadi. Aholi geografiyasi, shuningdek, aholining er shari bo‘yicha va ayrim mamlakatlar va rayonlar miqyosidagi harakatini ham o‘rganadi. Demografiya – grekcha – demos – ―xalq‖ va grafiya – ―tasvirlash‖ so‘zlaridan iborat bo‘lib, aholi haqidagi fandir. U aholining soni, hududiy joylashuvi va tarkibini, ularning o‘zgarishi va bu o‘zgarishning sabablarini, aholidagi o‘zgarishlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy ma‘lumotlarning aloqalarini o‘ziga xos usullar bilan o‘rganadi. Shuningdek, demografiya aholi takror barpo qilinishining qonuniyatlarini ochib beradi. Ko‘rinib turibdiki, aholi geografiyasi bilan demografiya o‘rganadigan masalalar bir biriga juda yaqin. Jamiyat taraqqiyoti haqidagi dialektik qonuniyat aholi geografiyasi va demografiyasining umumiy nazariy negizini tashkil etadi. Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlari, turli ijtimoiy voqeliklarning o‘zaro bog‘liqligi kabilar ana shunday muhim nazariy masalalardir. Jamiyatning iqtisodiy qonunlarigina turli mamlakatlar xalq xo‘jaligining har xil tarixiy davrlarda rivojlanish va hududiy joylashish xususiyatlarini to‘g‘ri va to‘la tushuntirib bera oladi. Iqtisodiy qonun– iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Bu esa, o‘z navbatida, aholining yuqorida sanab o‘tilgan asosiy xususiyatlarini tushunib olishga imkon beradi. Aholi geografiyasi va demografiyasining ana shunday asosiy qonuniyatlari va tushunchalarining ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling