Guliston davlat unversiteti fizika-matematika fakulteti


Download 114.71 Kb.
bet3/4
Sana09.01.2022
Hajmi114.71 Kb.
#262669
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliyot hujjatlari

HISOBOTI

Men 2018-yil 5-sentabrdan 31-oktabrgacha har kuni Guliston shahri SVXTB tasarufidagi 1-sonli xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab internatida pedagogik amaliyotda bo'ldim.

Amaliyotni birinchi kuni Fizika-matematika fakultetinig “Fizika” kafedrasida tashkil etiladigan pedagogik amaliyotga bag'ishlangan konferentsiyada qatnashdim. Bu konferentsiyadan asosan, pedagogik amaliyotni maqsadi, vazifalari va amaliyotni tashkil etishni asosiy tamdyillari haqida professor-o'qituvchilarimiz yordamida kerakli ma’lumotlarga ega bo'ldik. Ertasi kuni pedagogik amaliyotga borilayotgan Guliston shahri 1-sonli xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab internatining ichki tartib qoidalari, joylashgan xududi, boriladigan transport vositasi, xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqdim.

Universitetdan pedagogik amaliyot rahbari Sh. Niyozov bizga dars o’tish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar, sinf rahbarini faoliyati va amalga oshirgan ishlari to’g’risida metodik yordam berdi.

Kundalik daftar, barcha amaliyotga oid hujjatlami tartib bilan yuritib, to'ldirishni boshladim. Fizika fanidan muddatli mavzu rejani fizika fani o'qituvchisi Sh.O'ljaboyeva dan oldik. (1- chorak uchun). Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilish tartibini o’rganib, direktor, ilmiy bo'lim mudiri, ma’naviy-marifiy ishlari bo'yicha muovin bilan tanishib, suhbatlashdim va ichki tartib qoidalarga amaliyot davrida bo'ysunishimizni takidladi.

Amaliyotni birinchi haftasida o'qituvchilar kengashi va metodik kengashning ish tartibi bilan tanishib, o'zimga biriktirilgan Eshonqulova Dilorom sinf rahbarligi ostidagi 9D-sinf jamoasi o’quvchilar bilan tanishdim. Bu guruhga fizika, algebra, ingliz tili, kimyo, tarix, adabiyot, huquqshunoslik, rus tili, matematika, informatika kabi fanlar o’tilar ekan. Sinf rahbarida mavjud tarbiyaviy ish rejasi bilan ham tanishib chiqdim. Guruh o'quvchilar jamoasining pedagogik - psixologik xususiyatlarini muntazam o'rganib bordim.

Amaliyot davomida fizika, algebra, ingliz lili, kimyo, tarix, adabiyot, huquqshunoslik, rus tili, matimatika, biologiya, informatika kabi va boshqa darslarini kuzatib, tahlil daftarimga qayd qilib bordim. Bunda deyarli hech qanday qiyinchilikka uchramadim.

Har kuni dars jarayonini tahlil qilib bordim. O'qituvchi egallashi kerak bo'lgan jihatlami o'zlashtirishga harakat qilib bordim. Bulardan tashqari 9D-guruhga o'tkazilishi mo'ljallangan darsdan tashqari ishlaming mazmuni bilan ham tanishib chiqdim.

Fizika fanidan o'tiladigan sinov darslariga tayyorgarlik ko'rib, zaruriy darsning reja matnini tayyorlab va loyihalashtirib chiqdim.

Fizika fani bo’yicha qo'shimcha mashg'ulotlar, maktab fan to'garaklari, badiiy havaskorlik va kasb-xunarga yo'naltirish, jismoniy tarbiya va sport ishlarining yo'lga qo'yilish jarayonini o'rganib chiqdim va tasavvurga ega bo’ldim.

Men o’tishni rejalashtirgan o'quv mashg’ulotlarim uchun ko'rgazmali qurollar va tarqatma materiallar, taqdimot slaydlarini tayyorlab, o’quvchilarga mavzuni yanada tushunarliroq va qiziqarliroq bo'lishi uchun qo'limdan kelganicha harakat qildim.

Fizika fanidan talab darajasida loyihalashtirilgan 2 ta ochiq dars yani “Massa va uning birliklari” va “Molekulalarning massasi va o’chamlari” mavzularini tayyorladim va o'tkazib berdim. Shuningdek sinov darsi sifatida “Vektor va Skalyar kattaliklar” va “Kondensatorlar” mavzularini o'tdim va rasmiylashtirdim. Namunali tarzda tayyorlangan ko'rgazma vositalarda dars jarayonida o'quvchilarga mavzu tushuntirishda foydalandim. Guruhdagi iqtidorli o'quvchilar bilan muloqotga kirishib, fanga, o'qishga va kasbga bo'lgan qiziqishlarini o'rgandim. O'z oldimga qo'ygan natijalarga erishdim.

Kuzatishlarimda shu narsa ayon bo'ldiki, 27 tadan ko’p sonli o'quvchisi bor sinfda tartibsizlik va shovqin ko'tarilishi ehtimoli yuqori ekan.

Unversitet sharoitida bilim olish va kasb egallashlari haqida 9d -sinf o'quvchilari bilan suhbatlashdim.

O'quvchilami qiziqtirgan savollariga javoblar asosida yetarlicha ma’lumotlar berib o'tdim. Bundan o'quvchilami o'qishga bo'lgan qiziqishlari yanada ortdi.

O'zlashtirishi sust va tarbiyasi og’ir o'quvchilar bilan muloqotga kirishib, ularni individual-psixilogik xususiyatlarini o'rganishda, tarbiyasiga ta’sir ko'rsatuvchi ijobiy va salbiy omillar aniqlash, o'quvchiga pedagogik - psixologik tashxis qo'yish va tavsif yozishda biroz qiyinchiliklar bo'ldi.

Maktabning ota-onalar kengashi ishi mazmuni bilan tanishdim. Maktabning bu yo'nalishdagi an’analarini ham o'rgandim. Ota-onalar bilan olib boriladigan hamkorlik ishlarining mazmuni, shakllari va usullari bilan tanishib chiqdim. O'zimga biriktirilgan 9D -sinfning ota- onalar kengashi ishi bilan ham tanishib chiqdim.

Bundan tashqari guruh uchun rejalashtirilgan ma’naviy- marifiy, tarbiyaviy ishlami amalga oshirishda sinf rahbariga yordamlashdim. Mustaqil tarbiyaviy soat mavzusini tanlab, loyihalashtirish, o'tkazish ishlari bilan ham shug'ullandim va rasmiylashtirdim.

Sinf jamoasiga va bitta o’quvchiga pedagogik - psixologik tavsifnoma tayyorlashda pedagogika va psixologiya bo'yicha metodist bilan maslahatlashgan holda 9° -sinf jamoasiga va sinfdagi namunali o’quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma yozdim. Buning uchun amaliyot davomida sinfdagi o'quvchilaming darslarga qanday munosabatda ekanliklarini, bir-birlari bilan qanday munosabatda bo'lishlarini, ijtimoiy foydali mehnat jarayonidagi ishtirokini, mavjud

tartib- qoidalarga amal qilishlarini, ijtimoiy muhit, ota-onalar va jamoatchilikning ta’siri kabilami kuzatib bordim.

Amaliyot jarayonida dars tahlil qilishni, shaxsiy ish reja,

hujjatlami yuritishni o'rgandim.

Darsdan tashqari tashkil etilgan ma’naviy- ma’rifiy, ijtimoiy foydali ishlarning o'tkazish jarayonini o'rgandim. Men maktabda O'ljaboyeva Shoira, Jumaboyava Aziza, Alimov Bahodir, Teshaboyev Fayzulla, Abdullayeva Iroda va boshqa bir qancha tajribali o'qituvchilar darslarini tahlil qildim.

Amaliyotga kelgan kunimdan amaliyot oxirigacha kundalik daftar yuritdim. Men ushbu amaliyot jarayonida o'qituvchi sifatida dars o'tish texnologiyasini, o'zini tutishni, o’quvchilar bilan muomila jarayonini o'rgandim.

Men pedagogik amaliyot vaqtida o'qituvchilik kasbining qanchalik sharafli kasb ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim. Kelajakda yaxshi mutaxassis bo'lishga bor shijoatim bilan harakat qilaman.

Menga yaqindan yordam bergan maktab ma’mnriyatiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

tuzishni, o'quv tematik reja tuzishni, tarbiyaviy ish rejalari va boshqa


Download 114.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling