Guliston davlat unversiteti


Download 0.63 Mb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1567170
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amaliyot A

HISOBOTI
Men 2022-yil 5-sentabrdan 6-maygacha belgilangan kunlari Guliston shahar 2-Ixtisoslashtirilgan Davlat Umumtaʼlim Maktabida pedagogik amaliyotda bo'ldim.
Amaliyotni birinchi kuni Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetinig “Tarix” kafedrasida tashkil etiladigan pedagogik amaliyotga bag'ishlangan konferentsiyada qatnashdim. Bu konferentsiyadan asosan, pedagogik amaliyotni maqsadi, vazifalari va amaliyotni tashkil etishni asosiy tamoyillari haqida professor-o'qituvchilarimiz yordamida kerakli ma’lumotlarga ega bo'ldik. Ertasi kuni pedagogik amaliyotga borilayotgan Sayhunobod tumani 28-maktabda ichki tartib qoidalari, joylashgan xududi, boriladigan transport vositasi, xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqdim.
Universitetdan pedagogik amaliyot rahbari bizga dars o’tish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar, sinf rahbarini faoliyati va amalga oshirgan ishlari to’g’risida metodik yordam berdi.
Kundalik daftar, barcha amaliyotga oid hujjatlarni tartib bilan yuritib, to'ldirishni boshladim. Tarix fanidan muddatli mavzu rejani tarix fani o'qituvchisidan oldik. Muassasani boshqarish va unga rahbarlik qilish tartibini o’rganib, direktor, ilmiy bo'lim mudiri, ma’naviy-marifiy ishlari bo'yicha muovin bilan tanishib, suhbatlashdim va ichki tartib qoidalarga amaliyot davrida bo'ysunishimizni takidladi.
Amaliyotni birinchi haftasida o'qituvchilar kengashi va metodik kengashning ish tartibi bilan tanishib, o'zimga biriktirilgan o’qituvchi guruh rahbarligi ostidagi sinf jamoasi o’quvchilar bilan tanishdim. Bu guruhga tarix,huquqshunoslik, algebra, ingliz tili, kimyo, adabiyot, rus tili, matematika, informatika kabi fanlar o’tilar ekan. Sinf rahbarida mavjud tarbiyaviy ish rejasi bilan ham tanishib chiqdim. Guruh o'quvchilar jamoasining pedagogik - psixologik xususiyatlarini muntazam o'rganib bordim.
Amaliyot davomida fizika, algebra, ingliz lili, kimyo, tarix, adabiyot, huquqshunoslik, rus tili, matimatika, biologiya, informatika kabi va boshqa darslarini kuzatib, tahlil daftarimga qayd qilib bordim. Bunda deyarli hech qanday qiyinchilikka uchramadim.
Har kuni dars jarayonini tahlil qilib bordim. O'qituvchi egallashi kerak bo'lgan jihatlami o'zlashtirishga harakat qilib bordim. Bulardan tashqari sinflarda o'tkazilishi mo'ljallangan darsdan tashqari ishlarning mazmuni bilan ham tanishib chiqdim.
Tarix fanidan o'tiladigan sinov darslariga tayyorgarlik ko'rib, zaruriy darsning reja matnini tayyorlab va loyihalashtirib chiqdim.
Tarix fani bo’yicha qo'shimcha mashg'ulotlar, muassasa fan to'garaklari, badiiy havaskorlik va kasb-xunarga yo'naltirish, jismoniy tarbiya va sport ishlarining yo'lga qo'yilish jarayonini o'rganib chiqdim va tasavvurga ega bo’ldim.
Men o’tishni rejalashtirgan o'quv mashg’ulotlarim uchun ko'rgazmali qurollar va tarqatma materiallar, taqdimot slaydlarini tayyorlab, o’quvchilarga mavzuni yanada tushunarliroq va qiziqarliroq bo'lishi uchun qo'limdan kelganicha harakat qildim.
Tarix fanidan talab darajasida loyihalashtirilgan 2 ta ochiq dars yani “________________________________” va “______________________________________” mavzularini tayyorladim va o'tkazib berdim. Shuningdek sinov darsi sifatida “______________________________________” va “______________________________________” mavzularini o'tdim va rasmiylashtirdim. Namunali tarzda tayyorlangan ko'rgazma vositalarda dars jarayonida o'quvchilarga mavzu tushuntirishda foydalandim. Guruhdagi iqtidorli o'quvchilar bilan muloqotga kirishib, fanga, o'qishga va kasbga bo'lgan qiziqishlarini o'rgandim. O'z oldimga qo'ygan natijalarga erishdim.
Kuzatishlarimda shu narsa ayon bo'ldiki, 25 tadan ko’p sonli o'quvchisi bor guruhda tartibsizlik va shovqin ko'tarilishi ehtimoli yuqori ekan.
Unversitet sharoitida bilim olish va kasb egallashlari haqida barcha sinf o'quvchilari bilan suhbatlashdim.
O'quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar asosida yetarlicha ma’lumotlar berib o'tdim. Bundan o'quvchilami o'qishga bo'lgan qiziqishlari yanada ortdi.
O'zlashtirishi sust va tarbiyasi og’ir o'quvchilar bilan muloqotga kirishib, ularni individual-psixilogik xususiyatlarini o'rganishda, tarbiyasiga ta’sir ko'rsatuvchi ijobiy va salbiy omillar aniqlash, o'quvchiga pedagogik - psixologik tashxis qo'yish va tavsif yozishda biroz qiyinchiliklar bo'ldi.
Muassasaning ota-onalar kengashi ishi mazmuni bilan tanishdim. Muassasaning bu yo'nalishdagi an’analarini ham o'rgandim. Ota-onalar bilan olib boriladigan hamkorlik ishlarining mazmuni, shakllari va usullari bilan tanishib chiqdim. O'zimga biriktirilgan sinfning ota- onalar kengashi ishi bilan ham tanishib chiqdim.
Bundan tashqari guruh uchun rejalashtirilgan ma’naviy- marifiy, tarbiyaviy ishlami amalga oshirishda guruh rahbariga yordamlashdim. Mustaqil tarbiyaviy soat mavzusini tanlab, loyihalashtirish, o'tkazish ishlari bilan ham shug'ullandim va rasmiylashtirdim.
Guruh jamoasiga va bitta o’quvchiga pedagogik - psixologik tavsifnoma tayyorlashda pedagogika va psixologiya bo'yicha psixolog bilan maslahatlashgan holda menga biriktirilgan guruh jamoasiga va guruhdagi namunali o’quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma yozdim. Buning uchun amaliyot davomida guruhdagi o'quvchilarimning darslarga qanday munosabatda ekanliklarini, bir-birlari bilan qanday munosabatda bo'lishlarini, ijtimoiy foydali mehnat jarayonidagi ishtirokini, mavjud tartib- qoidalarga amal qilishlarini, ijtimoiy muhit, ota-onalar va jamoatchilikning ta’siri kabilarni kuzatib bordim.
Amaliyot jarayonida dars tahlil qilishni, shaxsiy ish reja, hujjatlarni, ta’lim dasturini yuritishni o'rgandim.
Darsdan tashqari tashkil etilgan ma’naviy- ma’rifiy, ijtimoiy foydali ishlarning o'tkazish jarayonini o'rgandim. Men muassasada bir qancha tajribali o'qituvchilar darslarini tahlil qildim.
Amaliyotga kelgan kunimdan amaliyot oxirigacha kundalik daftar yuritdim. Men ushbu amaliyot jarayonida o'qituvchi sifatida dars o'tish texnologiyasini, o'zini tutishni, o’quvchilar bilan muomala jarayonini o'rgandim.
Men pedagogik amaliyot vaqtida o'qituvchilik kasbining qanchalik sharafli kasb ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim. Kelajakda yaxshi mutaxassis bo'lishga bor shijoatim bilan harakat qilaman.
Menga yaqindan yordam bergan muassa ma’muriyatiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.
Direktor : __________ M.Kasimova
(imzo)

Amaliyotchi: ____________________________


Guliston Davlat Universteti
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
tarix yo`nalishi 65-19-guruh
amaliyotchi talabasi ________________________________ga berilgan


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling