Gulistoni bit- turkiy


Download 44.28 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi44.28 Kb.
#1446165
Bog'liq
SAYFI SAROYIB IJODI


2-MA’ruza
SAYFI SAROYI IJODI. “ GULISTONI BIT- TURKIY” ASARI.
R e j a:

  1. Sayfi Saroyi hayoti va faoliyati



  1. Sayfi Saroyi - iste’dodli lirik shoir.



  1. Shoir tatabbu’lari.

4.Shoir lirikasida she’r san’atlari va qofiya tizimi.

5.«Suxayl va Guldursun» dostoni mazmuni va mavzui.

6.Dostonda badiiy tasvir vositalari.

7.«Gulistoni bit turkiy»ning yaratilishi.

8.«Gulistoni bit turkiy» mazmuni va mavzui.

Sayfi Saroyi XIV asr o’zbek dunyoviy adabiyotining yirik namoyandalaridan biridir. U lirik va epik shoir, noshir va tarjimon sifatida o’zbek dunyoviy adabiyoti va o’zbek adabiy tili taraqiyotiga muhim hissa qo’shdi.

Sayfi Saroyining hayoti va faoliyati haqida nihoyatda oz ma’lumotga egamiz. Sayfi Saroyi XIV asrning 20-yillari boshida tug’ildi. Uning quyidagi misralari muhim biografik ma’lumot beradi:


Qamishli yurt manim tuvg’on elimdi,
Bilik g’urbatga kelturg’on bilimdi.
Kelib o’ldim saroyda she’r fidoyi,
Saroyning shoiri, elning gadoyi.

Demak, Sayfi «Qamishli yurt»da (bu hozirgi Xorazm oblastining Sariqamish qishlog’i deb taxmin qilinadi) tug’iladi, bilim olmoq uchun g’urbatga-musofirlikka yuz tutadi, Saroyga kelib she’riyat bilan shug’ullanadi, she’riyat fidoyisi bo’ladi. Shoir taxallusini ham Saroydan oladi, Sayfi Saroyi nomi bilan shuhrat topadi.

O’z davrining etuk shoirlaridan bo’lgan Sayfi Saroyi badiiy asarning originalligiga, mazmuni va shaklining uyg’unligiga alohida e’tibor bergan, qobiliyatsiz, didsiz shoirlarni qattiq tanqid qilgan:

Jahon shoirlari, ey gulshani bog’,


Kimi bulbul durur so’zda, kimi zog’.
Kimi to’ti bekin chaynar shakarni,
Kimi lafzi bilan o’rtar durarni.
Kimning so’zlari mavzunu shirin,
Kimining loyiqi tashrifu tahsin,
Kimi o’zganing ash’orin menim der,
Kimi halvo kibi shalg’am cho’bin er.
Kimi ma’ni qo’yub, lafzin tuzotur,
Kimi vaznin buzub, san’at kuzotur.
Alarning o’sh biri Sayfi Saroyi,
Jahon oriflarining xoki poyi.
Ani sen jumla shoir kamtari bil,
Qamar yuzga hamisha mushtari bil.

Yuqoridagi masnaviy Sayfi Saroyi adabiy-estetik qarashlarining ma’lum bir ifodasidir. Uning shoirlarni ijodiyotlarining mohiyatiga qarab guruhlashi, iste’dodli shoirlarni maqtab, shaklbozlikka berilgan shoirlarni, she’r o’g’rilarini tanqid qilishi, shubhasiz, o’z davri adabiy hayoti va estetik tafakkurining taraqqiyotiga qo’shgan katta hissasi edi.


Sayfi Saroyi fors-tojik, arab va yana boshqa tillarni mukammal bilgan, Yaqin va O’rta Sharq xalqlari adabiyotini chuqur mutolaa qilgan, yozuvchilarning an’ana va tajribalaridan ta’lim olgan. Shu bilan birga, u adabiy muhiti, zamondosh qalam ahli bilan yaqindan aloqada bo’lgan, ijodiy hamkorlik qilgan. Bunga, jumladan, uning mavlono Qozi Muhsin, Mavlono Isxoq, Mavlono Imod Mavlaviy, Ahmad Xoja as-Saroyi kabi shoirlar bilan g’azal mushoriasi dalil bo’la oladi. Sayfi Saroyi bir necha mamlakatlarda bo’lib, umrining oxirlarida Misrga kelib, o’sha erda muqim bo’lib qoladi. Misrda o’zbek va boshqa turkiy xalqlar adabiyotining yangi obidalari vujudga keladi. Shoir Sayfi Saroyi ham Misrda hijriy 793 yilda (melodiy 1390G’1391) ulug’ fors-tojik adibi Shayx Sa’diyning «Guliston» asarini tarjima qiladi. bu tarjima «Gulistoni bit-turkiy» deb nomlanadi. Hijriy 796 yilda (melodiy 1394 yilda) «Suhayl va Guldursun» dostonini yaratadi. Sayfi Saroyi XIV asrning oxirlarida dunyodan o’tgan bo’lsa kerak.


Yaqinga qadar Sayfi Saroyi merosi yagona bir qo’l yozma bilan fan olamiga, adabiyot muxlislariga ma’lum bo’lib kelayotgan edi. Bu Gollandiyaning Leyden universiteti kutubxonasida ¹ 1355 inventarü raqami bilan saqlanayotgan qo’l yozma bo’lib, unda Sayfi Saroyning «Gulistoni bit-turkiy» asari, bir necha zamondosh shoirlari bilan Sayi Saroyning mushoirasi, ayrim qasida, g’azal, ruboiy va qit’alari berilgan, hoshiyada xalq qo’shiqlaridan bir necha band keltirilgan. Yaqinda adabiyotshunos Nasrulla Davronov 1398 yilda Misrda Abul ibn Qodir degan ma’rifatparvar shaxs tomonidan ko’chirilgan bir qo’l yozmani qo’lga kiritdi. Unda Mavlono Ishoq Xorazmiy, Tug’li Xoja va boshqa shoirlarning she’rlari bilan birga hali fan ahliga ma’lum bo’lmagan Ahmad Urganjiy nomli shoirning lirik va satirik she’rlaridan namunalar hamda Sayfi Saroyining ikki bayti, ikki qit’asi va 82 baytdan iborat «Suhayl va Guldursun» dostoni bor. Bu qo’lyozma Sayfi Saroyi merosini, o’zbek klassik adabiyoti bisotini noyob asarlar bilan boyitgan g’oyatda qimmatli qo’l yozmadir.
Sayfi Saroyining faoliyati va merosi haqida Fuod Ko’prulizoda, Hifzi Tavfiq, Hasan Uli, Turi Yujef, Fitrat, Hodi Zarif, A. Najib, J. Sharipov va boshqalarning tadqiqot va maqolalarida ma’lumot bor. 1954 yilda «Gulistoni bit-turkiy» Turkiyada professor Faridun Nafis Uzlukning so’z boshisi bilan nashr etildi. Sayfi Saroyi asarlari xrestomatiya, ko’p tomlik o’zbek adabiyoti va boshqa kitoblarga kiritilgan. G’afur G’ulom nomidagi Badiiy adabiyot nashriyoti 1968 yilda Sayfi Saroyining "She’rlar. Guliston" kitobini nashr etdi. (E. Fozilov nashrga tayyorlagan). Shuningdek, Sayfi Saroyining «Gulistoni bit-turki» asari, she’rlari va zamondoshlari bilan mushoirasi bilan birgalikda, «XIV asr Xorazm yodnomalari» (O’zbekiston SSR «Fan» nashriyoti, Toshkent-1973) da bosildi. N. Davron Sayfi Saroyi merosini tadqiq etib, kandidatlik dissertasiyasini yozdi (1968).

Lirikasi
Sayfi Saroyi iste’dodli lirik shoirdir. U ijodiy faoliyatini lirika bilan boshladi, Sayfi Saroyi butun umri davomida, shubhasiz, katta lirik mahsulot yaratgan, ehtimol, u lirik asarlarini tadvin qilgan, devon yaratgan. Afsuski, Sayfi Saroyining to’la lirik bisoti saqlanib qolmagan yoki u hozirgacha topilmay keladi. «Gulistoni bit-turkiy» qo’l yozmasi, shuningdek «Suhayl va Guldursun» qo’l yozmasi orqali bizga Sayfi Saroyi lirikasining ayrim namunalari ma’lum. Bu meros o’ndan ziyod g’azal, ikki qasida, ikki qit’a, ikki bayt she’rdan iborat. («Guliston» qo’l yozmasiga ilova qilingan fors-tojik tilidagi 3 falsafiy ruboiy ham Sayfi Saroyi ijodiga mansub bo’lishi mumkin). Mana shu namunalarning o’ziyoq Sayfi Saroyining iste’dodli shoir bo’lganidan darak beradi.


Sayfi Saroyi tabiat muhibidir. Uning ikki qasidasi asosan tabiat vasfiga bag’ishlangan, tabiatning ko’rki-jamoli fayzi-xosiyati ularda o’z iliq, samimiy, sodda va hayotiy ifodasini topgan. Shu bilan birga, tabiat Sayfi Saroyining g’azallari va boshqa janrlardagi asarlarida ham o’z lirik aksini topgan, shoir misralarini mazmun jihatidan ham, badiiylik jihatidan ham boyitgan.

Sayfi Saroyi qasidalaridan biri bevosita tabiat tasviri bilan, tong otishi, quyosh chiqishi tasviri bilan boshlanadi, shoir ajoyib va original obrazlar, tabiat lavhalarini yaratadi, xilma-xil san’at-usul va badiiy til vositalarini ishlatadi, baytdan baytga o’tilar ekan, tabiat ko’rki va jilolari shoirning sehrlovchi so’zlari orqali tobora kengroq namoyon bo’ladi, kitobxonni tabiat tarovati va she’riyat nafosati olamiga g’arq etadi. Mana shu qasidaning dastlabki misralari:

Oltun qanotin ochti esa subh sunqurn,
Ko’k ko’lga botti jumla kavokib kabutari.
Isfandiyori Rum chiqib tiktisa alam,
Bo’ldi ko’rub hazimat oni shom lashkari.
To’kdi qirmizi may qon aqitib charx tosina,
Tunnung yurak tomirin ochib subh nashtari...

Sayfi Saroyi she’rlari ibratli fikr-mulohazalari, o’giti va falsafiy mushohidalari bilan ham qimmatlidir. Shoir sadoqat va samimiyatini, ezgulik va xushtavozelikni ta’riflaydi, hayot va koinot sirlarini bilishga intilib xayol suradi, fikr yuritadi. Ezgulik, yaxshilik ta’rifi-targ’ibig’a bag’ishlangan bir qit’a bilan tanishaylik:


Kim keldi esa jahonga, shak yo’qki, ketar,


Oqil kelibon bu erda ko’p xayr etar.
Sen ezgulik et dag’i tengizga solg’il,
Yozida sanga yaqin bil ul xayr etar.

Sayfi Saroyi zamonasining mohir san’atkoridir. U badiiy so’z sirlarini yaxshi idrok etgan, she’riyat qonun-qoidalarini mukammal egallagan shoirdir. Bunga uning zamondoshlari bilan qilgan mushoirasi ham yorqin dalil bo’la oladi. «Guliston» qo’l yozmasida 8 mushoira berilgan. Bu Mavlono Qozi Muhsin, Mavlono Ishoq, Mavlono Imod Mavlaviy, Ahmad Xoja as-Saroyi, Xorazmiy, Abdulmajid, Tug’lixoja hamda Hasan o’g’lining bittadan 8 g’azali va ularning har biriga Sayfi Saroyi bitgan nazira- javob g’azallaridir. Sayfi Saroyi mushoira qilgan shoirlar haqida deyarli ma’lumotga ega emasmiz. Shoirlar turli san’at usullari va badiiy til vositalarini qo’llaydilar, so’z boyligidan unumli foydalanadilar. Yana muhim bir xususiyat shundaki, ko’pgina g’azallarda (xususan qofiyada) so’z o’yini qilingan, omonimlar qo’llangan. Bu hol xuddi shu davrda turkiy xalqlar yozma adabiyotida tuyuq janrining vujudga kelishi, xalq she’riyati ta’sirida alohida she’riy forma sifatida shakllanishi jarayoni haqida ham keng tasavvur beradi. Mana shunday mushoira g’azallaridan biri Mavlono Imod Mavlaviyning:

«Dilbarim nechaga tegru men qulun qinda tutar,
Men qilichmuman, ajab kim meni ul qinda tutar»

matla’li g’azaliga Sayfi Saroyning:

«Bu falak nechun meni doyim qara qinda tutar,
Bu otim Sayf o’lturg’uchunmi qara qinda tutar»

nazirasi misol bo’la oladi.


Sayfi Saroyi qofiyaga alohida e’tibor bergan. U misralar oxirida fikran va ritman she’rni takomillashtiruvchi, musiqiylikni ta’minlovchi so’zlarni qofiya sifatida keltirish bilan birga ichki qofiya-qofiyai musajjada ham mahorat ko’rsatgan. U Mavlono Ishoq g’azaliga bitgan nazirasida «dilbar-manzar, shohid-zohid, manzur-ranjur, bil-yil, bayram oyidur-Sayfi Saroyidur» so’zlarini ichki qofiya qilib keltirgan, bu bilan mazmunni boyitgan, misralarning musiqiyligini oshirgan (Mavlono Ishoq g’azalida ichki qofiya yo’q). Shuningdek, Sayfi Saroyining Hasan o’g’li g’azaliga javobat bitgan:

«Topulmas husn mulkinda sanga teng bir qamar-manzar,


Na manzar, manzari shohid, shohidi dilbar»

matla’li g’azali ham san’atkorlik mahorati jihatidan o’zbek dunyoviy adabiyotining shu bosqichdagi eng go’zal namunalaridan biridir.



«Gulistoni bit-turkiy»

Sayfi Saroyi hijriy 793-melodiy 1390G’91 yillarda Shayx Sa’diyning mashhur «Guliston» asarini o’zbek tiliga tarjima qiladi:

Muddati hijrat edi yuz to’qson uch,
Yil edikim oz edi olamda kuch.
Avvali shavvol edi kim, ey aziz,
Xat o’ldi bu Gulistonnomamiz.

Sayfi Saroyi «Guliston» tarjimasiga kirishadi, uni Misr sultonining Hojibi-xos begi Batxosbekka bag’ishlaydi. Muallif-tarjimon muqaddimada:

Bu Guliston ziynati Batxosbek,
Hojibul-hujjobi sulton, xos bek...
Bu Guliston bog’boni ul adib,
Kim Saroyi Sayf erur nazmi g’arib,-

deb ta’rif-tavsif etadi, 7-bobning xotimasida uning ta’rif-tavsifini davom ettirib, karamli, elparvar deb ulug’laydi. Shu tarzda «Guliston» tarjimasi bunyodga keladi.

Sayfi Saroyi buyuk fors-tojik klassigi Shayx Sa’diyning «Guliston» asarini tarjima qilish bilan Sharqning bu buyuk mutafakkiri va adibining axloqiy-ta’limiy qarashlarini targ’ib etish, uning ijodiyoti bilan o’zbek va boshqa turkiy xalqlarni tanishtirish maqsadini o’z oldiga qo’yadi. U «Guliston»ning aslini deyarli butunlay saqlab qoladi va originalning g’oyaviy-badiiy xususiyatlarini tarjimada mujassamlashtirib berishga muvaffaq bo’ladi. Biroq, shu bilan birga, Sayfi Saroyi originaldan ma’lum darajada chekinadi, ayrim parchalarni tushirib qoldiradi, ko’pchilik she’rlarni o’zbek tiliga tarjima qilsa ham ba’zilarini aslicha (fors-tojik yoki arab tillarida) qoldiradi, bir necha mustaqil-original she’rlar kiritadi, ba’zan Sa’diy she’rlarini ijodiy qayta ishlaydi, bir o’rinda o’zbek shoiri Xoja Ishoq Xorazmiy she’ridan parcha keltiradi, o’zbek va boshqa turkiy xalqlarning og’zaki adabiyoti namunalaridan foydalanadi.


Shayx Sa’diy «Hunarga ega bo’lgan donishmand kishi uchun hayotda iki umr kerak, tokim birida tajriba hosil qilsin, ikkinchida shu tajriba asosida ish ko’rsin» degan edi. Sa’diyning o’zi buni boshidan kechirdi. Yoshlik va yigitlik yillarini sahyoat va izlanish bilan o’tkazdi, keksalik va qarilik ayyomida kechmishi va hayot tajribalarini badiiy asarlarida aks ettirib, ijodiy ishga berildi. Biroq ikki umr ham yashagan muhitining ziddiyatlarini chuqur idrok etishga, uning muammolarini hal etishga kifoya qilmadi. Sa’diy muhitining ziddiyat va muammolari bilan birga yashadi, pand-nasihat bilan hayot illatlarini tugatish mumkin deb o’yladi. Mana shu g’oyaviy motivlar «Gulistoni bit-turkiy»da ham to’la berilgan.


«Guliston»da mamlakatning va el-yurtning taqdiri birinchi navbatda podshoning faoliyati va uning ma’naviy dunyosi bilan bog’lab talqin qilinadi. Hukmdorlarni adolatga yo’llash, odillarni ta’rif-tavsif etish va zolimlarni qoralash «Guliston»ning muhim g’oyaviy motivi bo’lib, shu g’oyani badiiy mujassamlashtiruvchi ko’pgina hikoya va tamsillar keltiriladi, maqol va hikmatlar beriladi:

Zulm qilsa malik raiyatqa,
Lojaram mamlakat xarob bo’lur.
Kim zulm elin uzatsa sulton bo’lurmi, bo’lmas,
Qo’ylarga qurt hargiz cho’pon bo’lurmi, bo’lmas.
Ketsa jahon viloyatin tark etib humoy,
Boyqush ko’lankasiga kishi kelmagi muhol.
Sig’ar bir hujraga o’n ikki mehmon,
Bir iqlima sig’ishmas ikki sulton.

Sa’diy va Sayfi Saroyi karam va saxovatni maqtab, baxillikni qoralab, kishilarni himmatli va saxovatli bo’lishga chaqiradilar, ezgulik va afqat-muruvvatni ta’riflaydilar.

Ilm-ma’rifat va olimlarga e’tiqod, ehtirom masalalari «Guliston»dan sezilarli o’rin olgan. Ilm-bilim kishining ulug’ fazilati va boyligi. Kishi hamma narsani yo’qotishi, o’g’irlatib qo’yishi mumkin. Lekin ilm-bilim aslo yo’qolmaydi. Ammo ilmi bo’lib unga amal qilmasa-u johildir:



So’zung bu durur kim men falon olimman,
Chun yo’q amaling yana hamon johilsan.

«Guliston» xudbinlik, kibr-havo, maqtanchoqlik va nasl-nasab yoki amal bilan kerilish illatlarini ham qattiq qoralaydi.

«Guliston» ajoyib hikoyalar majmuasidir. «Guliston» hikoyalari hajm jihatidan juda kichik, lekin mazmunan boy, ibratli hikoyalardir. Bu hikoyalar insofsizlik va adolatsizlikni, nodonlik va jaholatni qoralaydi, olijanob insoniy fazilatlarni targ’ib etadi. Nushiravon haqidagi hikoyalardan birida ovga chiqqan shohning ovqat uchun haqini to’lab bir xonadondan tuz olishini bayon qildi.


Luqmon hikoyasida «adabni adabsizdan o’rgandim», ya’ni adabsiz qilgan ishni qilmadim, Hotam hikoyasida qo’l mehnati bilan topilgan luqma har qanday boylikdan ulug’ deyiladi, yana bir hikoyada dehqon kulbasiga mehmon bo’lib, uni sarafroz etgan malik ta’rifi aytiladi va boshqalar. Sayfi Saroyi bu hikoyalarga o’zining ayrim hikoyalarini ham ilova qiladi. Beshinchi bob oxirida keltirilgan she’riy hikoya-manzuma shular jumlasidandir. Tarjimon ko’p hollarda hikoya avvalida «Shayx Sa’diy aytur...» deb uni ehtirom bilan yodga oladi.


«Guliston» tarjimasidan bir necha maqol va hikmat keltiramiz:


O’g’lon aytti: «Ey eranlar, yot cherikka o’t urung,


Yo borib avrat qumoshin kiyib, evda o’turung.
Do’stlar evin supurmagil, dag’i dushman eshigin qoqmagil.
Ranj chekmayin ganj hosil bo’lmas.
Iso eshakni Hijoza eltib,
Ketursa yana hamon eshaktur.
Ota mehriban usta javri yaxshi.

Bu va boshqa maqol, hikmatlar xalq donoligi boyligi, xalq tili injularidir.


Sa’diy «Guliston»i asarlar davomida ko’p xalqlarning, nasllarning sevimli kitobi bo’lib kelmoqda. Uning ko’pgina pand-nasihatlari, o’gitlari hamon o’z qimmatini saqlab qolmoqda. Sayfi Saroyi tarjimasi bilan bu asar turkiy xalqlarga yanada manzur bo’ldi, o’zbek adabiyoti va adabiy tilining, o’zbek nasri va tarjima adabiyotining qimmatli yodgorligiga aylandi.


1. Õzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishloģida tuģilgan. Oltin Õrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining sõnggi yillarini Misrda õtkazgan va u yerda vafot etgan.
2.Sayfi Saroyi (1321, Xorazm viloyati Sariqamish qishlog‘i — 1398, Iskandariya) — shoir, tarjimon. Markaziy Osiyoda mo‘g‘ullar istilosi davrida yashagan, o‘z vatanini tark etishga majbur bo‘lgan, umri darbadarlikda kechgan. Keyinchalik Oltin O‘rda (Saroy shahri), Misr va Turkiyada yashagan. Fors, arab tili, adabiyoti, tarixi va xalq og‘zaki poetik ijodini mukammal o‘rgangan, lirik shoir, qasidanavis, epik dostonchi va tarjimon sifatida tanilgan. Bizgacha uning 10 dan ortiq g‘azal, qasida, qit’a, ruboiy, «Suhayl va Guldursun» dostoni, «Gulistoni bit-turkiy» asari yetib kelgan. «Sindbodnoma»ni o‘zbek tiliga qilgan tarjimasi saqlanmagan. She’rlarida vatanparvarlik, odamiylik, inson qadrqimmati, do‘stlik, muhabbat motivlari bilan birga ijtimoiy mavzu ham kuylangan («Ko’ngul», «Topilmas», «Erur» va b.).
Sayfi Saroyi Sa’diyning «Guliston» asarini o‘zbek tiliga birinchi bo‘lib tarjima qilib, yarim original, falsafiyaxloqiy «Gulistoni bit-turkiy» asarini yaratgan (1391). Sa’diy asarining asosiy mag‘zini olib, uni zamona ruhini va mahalliy muhitni aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qit’a va baytlar bilan to‘ldirgan. Asar 8 bob, har bir bobda hikoyatlar bor. Hikoyatlarning ko‘pchiligi didaktik mazmunda. Shoir pandnasihat qilish yo‘li b-n adolat va osoyishtalik o‘rnatish, zolim podsho va amaldorlarni insof va adolatga chaqirish, davlatni qat’iy qonun-qoidalar asosida boshqarish, kishilar xulq-atvorini yaxshilash mumkin, deb o‘ylaydi. Shu maqsadda to’g‘rilik, rostgo‘ylik, sadoqat va marhamat kabi fazilatlarni targ‘ib etadi. Asar katta adabiy yodgorlik, qadimiy turkiy tilni o‘rganishda ham muhim manbadir. Uning yagona qo‘lyozmasi Gollandiyadagi Leyden universitetida (inv. ?1355), fotonusxasi, «Suhayl va Guldursun» dostoni qo‘lyozmasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Sayfi Saroyi – o’zbek mumtoz adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri. Fors, arab tili, adabiyoti, tarixi va xalq og’zaki poetik ijodini mukammal o’rgangan, g’azalnavis shoir, qasidanavis, epik dostonchi va tarjimon sifatida tanilgan. U Xorazm yaqinidagi Qamishli (Sarqamish) qishlog’ida hunarmand – qurolsoz oilasida tug’ilgan. Markaziy Osiyoda mo’g’ullar istilosi davrida yashagan, o’z vatanini tark etishga majbur bo’lgan, umri darbadarlikda kechgan. Dastlabki bilimini o’z yurtida olgan Sayfi (bu so’zning ma’nosi “qilich” demakdir) Oltin O’rdaning markazi Saroyda uni davom ettiradi. Bu erda u qunt bilan o’qib, shoir sifatida taniladi. Bu haqda uning o’zi quyidagilarni yozadi:


Qamishli yurt mening tuvg’on elimdi,
Biling, g’urbatga kelturg’on bilimdi.
Kelib bo’ldum saroyda she’r fidoyi,
Saroyning shoiri, elning gadoyi.
Urushlar tufayli Sayfi Saroyi dastlab Eronga, keyin Turkiyaga boradi. U umrining oxirlarida Misrga borib, o’sha joyda taxminan 1396 yilda vafot etgan.
Shoirning o’zbek adabiyotiga qo’shgan hissasi bebahodir. O’zidan oldingi yashab ijod etgan shoirlar ijodini o’rganib, Sayfi Saroyi quidagi misralarda ijod maydonini bog’ gulshaniga, shoirlarni esa shu bog’dagi qushlarga qiyos qilib, ikki guruhga ajratgan:
Jahon shoirlari, ey gulshani bog’,
Kimi bulbuldurur so’zda, kimi zog’.
Bizgacha shoirning adabiy merosidan bir necha g’azallari, qasida, qit’a, ruboiyi, masnaviylari, “Suhayl va Guldursun” dostoni (1394) hamda “Gulistoni bit–turkiy”(1390-91) yetib kelgan. “Sindbodnoma” ni o’zbek tiliga qilingan tarjimasi saqlanmagan. Ayrim asarlari Istanbulda (1926) “Turk adabiyoti namunalari”da berilgan.
Sayfi Saroyi Sa’diyning “Guliston” asarini o’zbek tiliga birinchi bo’lib tarjima qilib, yarim original, falsafiy – axloqoiy “Gulistoni bit–turkiy” asarini yaratgan. Sa’diy asarining asosiy mag’zini olib, uni zamona ruhini va mahalliy muhitni aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qit’a va baytlar bilan toldirgan. Asar 8 bobdan iborat bo’lib (1 – bob “Sultonlar haqidagi hikoyatlar”, 2 – bob “Faqirlar axloqi haqidagi hikoyatlar”, 3 – bob “Qanoatning foydasi haqidigi hikoyatlar”, 4 – bob “Sukutning foydasi haqidagi hikoyatlar”, 5 – bob “Ishqdagi yigitlik sifati haqidigi hikoyatlar”, 6 – bob “Qarilikdagi zaiflik sifatlari haqida”, 7 – bob “Tarbiyaning ta’siri haqida”, 8 – bob “Suhbat odoblari haqida”), har bir bobda hikoyatlar bor. Hikoyatlarning ko’pchiligi didaktik mazmunda, ya’ni shoir pand – nasihat qilish yo’li bilan adolat va osoyishtalik o’rnatish, zolim podsho va amaldorlarni insof va adolatga chaqirish, davlatni qat’iy qonun – qoidalar asosida boshqarish, kishilar xulq – atvorini yaxshilash mumkin, deb fikr yuritadi. Shu maqsadda to’g’rilik, rostgo’ylik, sadoqat va marhamat kabi fazilatlarni targ’ib etadi.
Asardagi hikoyatlardan biri – “Iso Mo’jizasi”. Uning mazmuni quidagicha:
Hikoyat. Biz salomlar yo’llaydigan Iso payg’ambarga bir kimsa kelib aytdi: “Ey ollohning rasuli, o’likka o’qisa tiriladigan duoni menga o’rgatishingni tilayman”. Iso alayhissalom aytdi: “Qo’y, bu savdodin, kechgin, yo’qsa ziyon qilasan”. U aytdi: “Albatta o’rgatishing kerak”.
Iso alayhissalom baxillik qila bilmadi: o’rgatdi. U kishi o’rganib ketar ekan, ko’rdi: bir erda quruq suyaklar yotipti. Aytdi: “Bu duoni bunga o’qib boqaychi – tirilarmikan” deb o’qidi. U arslon suyaklari ekan. Tirilib u kishini parcha – parcha qilib tashladi. Shu sababdan bu maqolni aytarlar:
Har bir er ish uchundir, har bir ish bir er uchun,
Maslahat ul: o’z ishini ishlagay mohir kishi.
Doimo turli savob uzra yurar oqil kishi,
Keltirar izlab o’limni o’ziga nodon kishi.
Maroqli hikoyaning g’oyasi yorqin: kishi qo’lidan kelmaydigan ish bilan shug’ullanmasligi kerak. Xoy – havas quli bo’lib har ishni qilaman deb urinaversa, o’ziga zarar qiladi. She’riy xulosa hikoya maqsadi izhoridir: har bir kishi bir ish uchun! Har bir ish bir kishi uchun!
Shunday qilinganda kishi o’z kasbini kamolga etkazadi, ya’ni hunarini san’at darajasiga etkazadi.
“Gulistoni bit–turkiy” asari katta adabiy yodgorlik hisoblanib, qadimgi turkiy tilni o’rganishda muhim manbadir. Uning yagona qo’lyozmasi Gollandiyadagi Leyden universitetida, fotonusxasi, O’zbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
“Suhayl va Guldursun” dostoni o’zbek epik she’riyati taraqqiyotida o’z o’rniga ega. Doston xalq afsonasi “Guldursun” asosiga qurilsa-da, unda real tarixiy voqealar, ya’ni Amir Temurning Xorazmga yurishi ham aks etgan.

Sayfi Saroyining Guliston bit-turkiy asaridan hikoyalar


O’g’lon aytti: «Ey eranlar, yot cherikka o’t urung,
O’g’lon aytti: «Ey eranlar, yot cherikka o’t urung,
Yo borib avrat qumoshin kiyib, evda o’turung.
Do’stlar evin supurmagil, dag’i dushman eshigin qoqmagil.
Ranj chekmayin ganj hosil bo’lmas.
Iso eshakni Hijoza eltib,
Ketursa yana hamon eshaktur.
Ota mehriban usta javri yaxshi.
“Iso Mo’jizasi”.
“Iso Mo’jizasi”.
Hikoyat. Biz salomlar yo’llaydigan Iso payg’ambarga bir kimsa kelib aytdi: “Ey ollohning rasuli, o’likka o’qisa tiriladigan duoni menga o’rgatishingni tilayman”. Iso alayhissalom aytdi: “Qo’y, bu savdodin, kechgin, yo’qsa ziyon qilasan”. U aytdi: “Albatta o’rgatishing kerak”.
Iso alayhissalom baxillik qila bilmadi: o’rgatdi. U kishi o’rganib ketar ekan, ko’rdi: bir erda quruq suyaklar yotipti. Aytdi: “Bu duoni bunga o’qib boqaychi – tirilarmikan” deb o’qidi. U arslon suyaklari ekan. Tirilib u kishini parcha – parcha qilib tashladi. Shu sababdan bu maqolni aytarlar:
Har bir er ish uchundir, har bir ish bir er uchun,
Maslahat ul: o’z ishini ishlagay mohir kishi.
Doimo turli savob uzra yurar oqil kishi,
Keltirar izlab o’limni o’ziga nodon kishi.
Bir hakimdan dedilar:”Tangri taborak va taolo muncha turli agʻoch yaratib turur.Tekma birining bir oti bor, hech birini ozod demaslar ,illo sarvga munda hikmat ne turur?”Har bir agʻochning daxli muayyan turur.Maʼlum vaqti bilan bir vaqt boʻlurkim, yasharur dagʻi bir vaqt kelur kim, quvarur lekin sarvning hech nimasi yoʻq,ammo barcha vaqtga toza durur Bu solihlar alomati boʻlur .”
Bir hakimdan dedilar:”Tangri taborak va taolo muncha turli agʻoch yaratib turur.Tekma birining bir oti bor, hech birini ozod demaslar ,illo sarvga munda hikmat ne turur?”Har bir agʻochning daxli muayyan turur.Maʼlum vaqti bilan bir vaqt boʻlurkim, yasharur dagʻi bir vaqt kelur kim, quvarur lekin sarvning hech nimasi yoʻq,ammo barcha vaqtga toza durur Bu solihlar alomati boʻlur .”
Sheʼr
Ey bulbuli gulshani maoniy,
Soʻzung eshitib koʻngul boʻlur shod
Yo nahl bekin saxiy kerak er,
Yo sarv sifat hamisha ozod
Shayx Saʼdiy aytur:bir olimdan bu hadis maʼnosin savol ettim.Ul aytti:”Bu hadis maʼnisi ul tururkim, dushmanlarning saʼbragi nafsing durur.Aning uchunkim ,oʻzga dushmanlarga ehson qilsang,doʻst boʻlur,ammo nafsingga qadar mudoro qilsang ,muxolifatin orttirur.
Sheʼr
Koʻb yeganlar your bahoimtek ,
Oz yeganlar boʻlur farishta sifat.
Nafsin oʻlturgan er blue gʻoziy
Er ersang hosil et aning bekin ot.
Barmakiylardan bir solih er kechar edi.Koʻrdi: bir xoja qulining alin,oyogʻin bogʻlab jafo qilur.Bu solih er aytti:”Ey oʻgʻlim ,ul dagʻi sening Tangri taoloning maxluqot durur.Haq taolo ani sening fazilatingni aning uza qoʻyub turur Haq taolo neʼmatining shukrin keturgʻil dagʻi muncha jafoni anga ravo koʻrmagil.Boʻlmasunkim,tong bila qiyomat mahsharinda ul sendan yaxshi boʻlgʻay dagʻi sen uyalgʻaysen”.
Barmakiylardan bir solih er kechar edi.Koʻrdi: bir xoja qulining alin,oyogʻin bogʻlab jafo qilur.Bu solih er aytti:”Ey oʻgʻlim ,ul dagʻi sening Tangri taoloning maxluqot durur.Haq taolo ani sening fazilatingni aning uza qoʻyub turur Haq taolo neʼmatining shukrin keturgʻil dagʻi muncha jafoni anga ravo koʻrmagil.Boʻlmasunkim,tong bila qiyomat mahsharinda ul sendan yaxshi boʻlgʻay dagʻi sen uyalgʻaysen”.
Sheʼr
Ey xoʻja ,qulunga koʻb yigirma,
Choʻq javr qilib vaboga kirma
Sen ani yuz anchasi olibsan,
Qudrat bila xud yaratmayibsan.
Bu jabru jafo nechs boʻlusar
Sendan Haq aning oʻchun olusar.
Shayx Saʼdiy aytur: bir shayxdan eshittimkim,muridina aytur edi: “ Ey oʻgʻil, bu odam oʻgʻlining xotiri oʻylakim, rizqqa mutaalliq turur.Agar rizq berganga boʻlsa, maloika maqomidan kechkay edi”.
Shayx Saʼdiy aytur: bir shayxdan eshittimkim,muridina aytur edi: “ Ey oʻgʻil, bu odam oʻgʻlining xotiri oʻylakim, rizqqa mutaalliq turur.Agar rizq berganga boʻlsa, maloika maqomidan kechkay edi”.
Bir arobiy oʻgʻlina aytur edi:”Yo bunnayga innaqa masʼulun yavmal –qiyomati mozo iktasabta va lo yoʻqolu liman antasabta” Yaʼni : senga soʻrgʻaylarkim ,amaling ne durur dagʻi demagaylarkim ,otang kim durur.
Bir arobiy oʻgʻlina aytur edi:”Yo bunnayga innaqa masʼulun yavmal –qiyomati mozo iktasabta va lo yoʻqolu liman antasabta” Yaʼni : senga soʻrgʻaylarkim ,amaling ne durur dagʻi demagaylarkim ,otang kim durur.
Sheʼr
Kaʼba toʻnun kiyir oʻgʻirlab xalq
Sanʼatindan degul anga ragʻbat
Oʻlturub bir yil ul aziz bilan,
Hosil etti karomatu izzat.

I bosqich 21-guruh talabasi Jalolov Murodxonning maqolasi
Sayfi Saroyi — o'zbek adabiyoti tarixida alohida mavqega ega bo'lgan yirik adiblardan. U 1321- yilda Xorazmdagi Qamishli qishlog'ida tug'ilgan. Ammo shu nom Volga bo'yida ham juda ko'p uchraydi. U Qamishlidan bilimini oshirish uchun Saroyga keladi. Saroy — Oltin O'rda davlatining poytaxtidir. Muhammad ibn Arabshohning yozishicha, «Saroy tutgan o'rni va xalqining juda ko'pligi bilan eng katta shaharlarning birisi edi. U fan markaziga aylandi. Oz vaqt ichida bu yerda ko'plab atoqli, mashhur kishilar to'plandi». yillar orasida Qutbiddin ar-Roziy, Mas'ud Taftazoniy, Kamo-liddin at-Turkmaniy, Hofiz Muhammad ibn Bazzoziylar bor edi. Shuningdek, mashhur shoir Kamoliddin Xo'jan-diyning ham XIV asr oxirlarida Saroyda yashab ijod etganligi yaxshi ma'lum.

Shoir shu yerda yashab turgan davrida «Saroyi» degan taxallusni olgan. Sayfi — uning ismi bo'lib, «qilich» degan ma'nonibildiradi.
Umrining oxirlarida u Oltin O'rdadan Misr — Shomga ketgan va o'sha yerda yashagan.
O'sib tuprog'im uzra nayzalar, men evdin ayrildim, Vatandin benishon o'ldim-da, o'zga yurtga evrildim. Nechun menga falak jabr ayladi, qanday gunohim bor? Iloho, ayla kam jabring, men elga sodiq ul erdim, —
kabi misralar shu qismatga ishora. U o'z yurtidan ketishni «falakjabr ayladi» deb izohlamoqda. «Tuprog'imuzra nayzalar o'sdi» degan jumla zamirida Chingizxon istilosining oqibatlari nazarga olinmoqda. O'zining «Guliston bit-turkiy» («Turkiy guliston») asarini u Misr amiri Batxas bekka bag'ishlagan edi. Asar 1391- yilda yozilgan. «Suhayl va Guldursun» dostoni 1394- yilda yozilgan.
Adib taxminan 1396- yilda vafot etgan.
Sayfi Saroyining o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo'shgan hissasi bebahodir. Ayniqsa, g'azal janrida u mahoratini namoyish etgan. O'zidan oldin yashagan g'azalnavis shoirlar ijodini o'rgangan adib:

Jahon shoirlari, ey gulshani bog', Kimi bulbul durur so'zda, kimi zog',- deb yozarkan, ijod maydonini bog' gulshaniga, shoirlarni esa shu bog'dagi qushlarga o'xshatadi. Albatta, bulbul va zog' obrazlari orqali adib qanday shoirlarni ko'zda tutayotgani ayon. U kamtarlik bilan shunday yozadi:
Ularning ush biri Sayfi Saroyi, Jahon oriflarining xoki poyi. Ani sen jumla shoir kamtari bil, Qamar yuzg'a hamisha mushtari bil.
G'azallarda shoirning o'ziga xos zavqi, betakror tasvir usullari ochiq ko'zga tashlanadi.
Ma'lumki, go'zal yor yuzining oyga nisbat berilishi g'azalchilik tarixida qadim an'anaga ega. «Topilmas husn mulkinda» g'azalida Sayfi Saroyi ham shu an'anaga sodiq qolish bilan birga bu o'xshatishning yangi bir qirralarini kashf etadi:
Topilmas husn mulkinda senga teng bir qamar manzar, Na manzar? Manzari shohid. Na shohid? Shohidi dilbar.
(Husn daryosida senga teng bo 'Igan oy yuzli go 'zal topil-maydi. Ya'ni sen tengsiz go'zalsan, demoqda shoir. Ammo bugina emas, bu oy yuz faqat go 'zal ma 'shuqaninggina yuzi. Bu ma 'shuqa go 'zal va dilbardir.)
Keyingi bayt ana shu go'zallik sababini izohlashga qaratilgan, ya'ni beqiyos go'zallik sohibi bo'lgan Yusufning jamolini Haq senga in'om qilgan. Bu in'om buyuk ne'mat, katta davlat bo'lib, ushbu davlat iftixor qilsa arziydigan darajadadir.
Ana shundan keyin shoir ma'shuqaning ma'naviy xislatlari tasviriga to'xtab o'tadi. Uning so'zlari nihoyatda nozik va qimmatli, shuning uchun ham dur-u gavharlarga qiyoslanadi. Uning xulqi yoqimli («shakardan totli»), muruvvati ham ko'ngildagiday («karamda xotiring matlab»). Shuning uchun ham bunday go'zal yor bilan hamsuhbat bo'lgan oshiq o'zini eng buyuk davlatmand martabasida ko'ra oladi. Zero, «Husn shavq-u zavqini ko'ngil to'tilari topsa», bundan ortiq lazzat bo'lishi mumkinmi?

Ushbu g'azalda istiora, tashbeh, takror, talmeh, tanosib, ruju kabi bir qator she'riy san'atlar qo'llangan. Ayniqsa, shoir o'z tashbeh va tavsiflarida bir fikrni go'yo o'rtaga qo'yib, so'ng uni ketma-ket inkor qilish bilan yor go'zalligining o'ziga xos jihatlarini yangidan tasdiqlash yo'lini topgan.



Sayfi Saroyining boshqa g'azallarida ham o'ziga xos jihatlar juda ochiq ko'rinadi. «Qamar yuzungdin ...» g'azalining matla'sida har ikki misradagi barcha «yonma-yon» so'zlar o'zaro qofiyadosh bo'lib kelgan.
Qamar yuzungdin bo'lur munavvar. Shakar so'zungdin kelur mukarrar. Odatda, she'r misralaridagi oxirgi so'zlargina qofiyalanib kelardi. Bu yerda har bir misradagi to'rtala so'z ham o'zaro qofiyadoshlik darajasiga ko'tarilgan: qamar, shakar; yuzungdin, so'zingdin; bo'lur, kelur; munavvar, mukarrar so'zlari o'zaro qofiyadosh bo'lmoqda. Har ikki misra o'rtasidagi to'liq qofiyadoshlik hodisasi tarse'san 'ati deb yuritiladi. «Tarse'»ning lug'aviy ma'nosi «ipga marjon tizish»dir.
E'tibor berilsa, bu yerda ham yorning yuzi oyga nisbat berilmoqda. Ammo oldingi g'azalda yuz oyga o'xshatilgan edi. Bu yerda esa oyning nur taratishiga sabab, yorning yuzi deb ko'rsatilmoqda. So'ng esa yuz quyoshga nisbat berilmoqda. Yor shunchalik go'zal, latofatliki, uning xayoliy tasviri ham ko'ngillarga farah, shodlik va quvonch beradi. Biroq oshiq yordan uzoqda, shunga ko'ra u yorga intiladi. Hozircha esa o'z shaydoligini daftarlarga tafsir, izoh sifatida bitmoqda.
Boshqa g'azallarida Sayfi Saroyi deb imzo chekkan shoir bu yerda Sayfi taxallusini qo'llagan.
Sayfi Saroyi masnaviylari ham alohida mavqega ega. Bu jihatdan «Vasf ul-shuaro» (Shoirlar vasfi) she'ri ahamiyatlidir. Ushbu masnaviyda adib o'zining adabiy-estetik qarashlarini bayon etadi. U ijodkorlarning turli guruhlari mayjud ekanligini (bulbul, zog'), shunga muvofiq ularning taqlidchi (to'ti) yoki mustaqil ijodkor bo'lishi va boshqa xususiyatlar haqida to'xtab o'tadi. Buni adabiy tanqidchilikning o'ziga xos bir ko'rinishi sifatida ham qabul qilish mumkin.
O'zbek dostonchiligi ravnaqi tarixi ham Sayfi Saroyining nomi bilan ziynatlangan. Uning «Suhayl va Guldursun» nomli dostoni ana shu an'anani boyitadi. Doston 82 bayt — 164 misradan iborat.

Muallif doston voqealarining tarixiy asoslari borligini shunday ta'kidlaydi:



Emas afsona, chin ushbu bitilmish, Bu chin afsonatek ishqda yetilmish.
Demak, doston mavzusi ham ishq-muhabbat bilan bog'liq. Voqealar Temurning Urganchga lashkar tortib kelishi bilan boshlanadi. Bu yerdagi urush manzaralari tasviri o'z realligi va ta'sir kuclii bilan ajralib turadi. Jang asnosida Suhayl asirga tushib qoladi. Shoh qizi — Guldursun Suhaylni ko'rib, uni sevib qoladi.
Guldursun zindonbandlarga pand berib, ularni mast qilib qo'ygach, Suhayl bilan qochishadi.
Alar qo'ydi ikkisi yo'l sari poy, Boqib turg'onda yo'lg'a zar sochib oy


So'ng:

Alar ko'p yurdi-yu sahrog'i kirdi, Gunashdin sahro ichra do'zax erdi. Yo'q erdi suv, yemakka anda o'tmaq, Agar bo'lganda ham aqchasi lak-lak.
Ana shu qiyin holda ochlik va tashnalikdan Guldursun hushini yo'qotadi.
Suhayl bordi toparg'a suvg'a, dong'a, Vale darmon berolmay qoldi jong'a.
Yorsiz hayot mazmuni qolmasligini idrok etgan Suhayl o'ziga tig' uradi va halok bo'ladi.
Alar uzra to'kildi, ko'mdi tuproq, Bu sirni tanho sahro bildi ko'proq.

Ana shu voqealar bayonidan so'ng shoir buyuk bir ehtiros bilan bunday ulug' va qudratli muhabbat egalarini ulug'laydi.
O'lurmu sevgi ham bil, shundin ortuq, Ki ikkisi qilur jonini tortuq.
Dostonda har ikki qahramon — Suhayl ham, Guldursun ham pokiza va kuchli muhabbat egalari sifatida ko'rinadi. Ulardagi ishonch va e'tiqod samimiyati, ruh pokizaligi, mardonavorlik, kelajakka ishonch adib tomonidan nihoyatda ta'sirli, ishonarli tarzda tasvir etilgan. Dostondagi tasvirlar ko'proq qahramonlarning ichki dunyosini yoritishga yo'nalti-rilgan. Hatto o'rni-o'rni bilan uchraydigan tabiat manzara-lari tasviri ham shu maqsadni kuchaytirib ta'kidlashi bilan ajralib turadi.
Umuman, doston pok muhabbat tarannumigabag'ishlangan.
Xotin sodiq, ani sevgil, aziz er, Har og'ir ishda ham doim seni der. Unga do'st bo'l, uni sevgil, ko'ngul ber, Uning so'z bahridin gavharlarin ter.
Doston hazaji musaddasi maqsur (mafoiylun, mafo-iylun, fauvlun) vaznida yozilgan.
Sayfi Saroyi benazir tarjimon hamdir. Adib Sa'diy Sheroziyning mashhur «Guliston» asarini «Guliston bit-turkiy» nomi bilan o'zbekchalashtirgan. Shu asosda u o'zbek tilining ichki imkoniyatlari naqadar boyligini yana bir marta namoyish etdi.
«Guliston bit-turkiy» hikoyatlari inson ma'naviyatini boyitishi, turli ezgulik va yaxshi axloqiy sifatlarni ulug'lab, yomonlik va yolg'on xulq-atvorni tanqid qilishi, qoralashi bilan ibratlidir.
'« Damashqdagi jome' ichida bo'lgan voqea bayonida adib ezgulik qudratini nihoyatda go'zal va sodda tarzda ifoda etadi. «Zulm urug'ini ekib xayr istaganlar o'zlarini jahannam o'tiga yoqadilar» deyiladi, hikoya so'ngida.
-Keyingi hikoyat ham zulm va adolat haqida. Zolim kishi-ning «mening haqqimga duo qil» deyishi muqobilida faqir kishi: «Iloho, buning jonini olgil», deb duo qildi. Shunda zolim Hajjoj ibn Yusuf: «Bu qanaqa duo?» - deb so'raydi. Bunga javoban faqir: «Bu shunday xayrli duoki, u senga ham, barcha musulmonlarga ham naf keltiradi», - deydi. Demak, zolim hukmdor hech kimga naf bermaydi. Undan raiyat azob ko'radi, xolos.
Hotami Toyi hikoyatida esa, muruvvat, saxovat olqish-lanadi, kamtarlik, nafsini tiyish ulug'lanadi.
Sahboni Voil haqidagi hikoya esa nutq odobi mavzusiga bag'ishlangan.
Bularning hammasi inson kamoloti uchun xizmat qiladi. Ularning ahamiyati hozirgacha ham kamaygani yo'q. Bunday nodir yodgorliklar bizning jamiyatimizga ham xizmat qilaveradi.

Adabiyot:

1. Ahmadxo’jaev E. Alisher Navoiygacha bo’lgan o’zbek shoirlari asarlari qo’lyozmasining tarqalishiga doirG’G’ Adabiy meros.-1987.-№ 1(39).-B.18-27.


2. Mallaev N.M. O’zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob. 3-nashri.-Toshkent: «O’qituvchi», 1976.-B.255-269.


3. Mualliflar jamoasi. O’zbek adjabiyoti tarixi. 5 tomlik.1-tom. -Toshkent: «Fan», 1977. -B.221-235.



4. Fozilov E. XIV asr Xorazm yodnomalari.-Toshkent: «Fan», 1973. -376 b.

Download 44.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling