Gullar va qushlar bayrami


Download 60 Kb.
bet2/5
Sana08.08.2023
Hajmi60 Kb.
#1665782
1   2   3   4   5
Bog'liq
gullar va qushlar tadbir www.sadikov.uz

2-Boshlovchi: Bahor! Bahor- bu yangilanish, yasharish demakdir. Bahor insonlar qalbiga quvonch, yuziga tabassum olib keladi. Bahor kirib kelar ekan, ona tabiat jonlanadi, daraxtlar qishki to’nini tashlab, bahor libosini kiyib, tabiat ko’rkiga yana ko’rk, husn qo’shadi. Issiq o’lkalarga uchib ketgan qushlar yana o’z yurtlariga qaytadilar.


1-boshlovchi: Bahor- bu ko’pgina bayramlar fasli hamdir. Jumladan, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami, 21-mart Navro’z bayrami. Mana shular qatorida bugun biz yana bir bayramni – “Gullar va qushlar bayrami” ni namoyish etmoqdamiz.


2-Boshlovchi: Sizlarning barchangizga yaxshi kayfiyat tilagan holda davramizga bahoroy va uning elchilarini taklif etamiz.


Bahoroy va gullar kirib keladi
(Gulchambar taqqan Gulbahor siymosidagi qiz kirib keladi)
-Lolalardan gulxanlar yoqib,
Bahor keldi, gulbahor keldi .
Chakkasiga qizil gul taqib,
Dilbar keidi gulchiroy keldi.
(Gulbahor o’zi bilan birga lola , boychechak va atirgullarni mehmonga olib kelganini aytdi)


Boychechak:
Hali erimasdan qor,
Dala qirda gul bahor.
Chiqdi mitti gul-chechak,
May elchisi boychechak.
Atirgul
Mana senga pushti gul,
Xohlasang oq gulga qo’n,
Atirgul ham go’zaldir,
Anor kiygan qizil to’n.
Lola
Lola kabi ochildi
Tomda ikki qizg’aldoq.
Tiz barobar o’tlardan
Terda lolaqizg’aldoq.
Hamma
Gul bu yaxshilikdan erur nishona,
Soflik do’tlik doim unga hamxona.


1-boshlovchi:
Bugun o’zgachadir jilvagar olam ,
Bugun o’zgachadir borliqda xanda,
Bugun ko’zlaringda kular quyosh ham ,
Shafaq gulshanida tarang chirmanda


2-Boshlovchi:
Bu tong egnida atlasdan ko’ylak ,
Harirga o’rangan qizlarday gulgun .
Ilk bora ko’z ochib chiqqan boychechak
Sanamlar qulida go’zaldir bu kun

Endi navbat o’quvchilarimiz ijrosidagi qo’shiqqa





Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling