Gullar va qushlar bayrami
Download 30.19 Kb.
|
Gullar va qushlar bayrami
2-boshlovchi: Keling, shu gaplarimizning isboti sifatida o'quvchilarimizdan ingiliz va rus tillarida bahorni madh etuvchi she'rlardan tinglasak marhamat!
She'rlar: 4 ta o'quvchi rus tilida, 4 ta o'quvchi ingiliz tilida she'rlar aytadi . 1-boshlovchi Ey menga ertaklar so'ylagan zamin Ergashib izingdan qolmasman sening O'zgalar naznida bog'I eramni Jiydang yaprog'iga olmasman sening Vatan qayda bo'lmay sen hamrohimsan Bobolarim yotar zajdagohimsan 2-Boshlovchi: Bahorgi burkangan sen sevgan elda, Ovozing yangradi jo'shqin zabardast. O'lmagan ekansan, jonim, sen hayot, Men ham hali sensiz olmadim nafas. 1-boshlovchi: Bahor faslida biz nafaqat go'zal bayramlarimiz balki buyuk shoir va shoiralarimizning tavvalud ayyomlarini ham nishonlaymiz . 2-Boshlovchi: Jumladan, 1-mart bahorning ilk kunida atoqli shoiramiz Zulfiyaxonim , 26-aprel kuni o'zbek adabiyotining zabardast shoiri Muhammad Yusuf tavvallud topgan kun . Keling, fursatdan foydalanib ular ijodidagi bahor, tabiat va ayolni tarannum etuvchi she'rlardan bahramand bo'lsak , marhamat! She'rlar Raqs " Dutor" 2-Boshlovchi: Bayramimiz yanada quvnoq o'tishi uchun keling , bolajonlar , " Gul bazmi " aytishni boshlaymiz,Qani davrani kengroq olinglarchi . Gul bazmi 1- o'quvchi : Gul berdim siz uchun , O'ynab beray siz uchun. 2- o'quvchi : Gul brgan qo'llqringdan , Aylanayin bo'ylaringdan , 3- o'quvchi : Bollagim gulbahor, Unda bahor husni bor 4-o'quvchi : -Bilaman gul tilini O'qiganman ilmini Darrov ko'rsam taniyman ,. Rango-rang ming xilini 5-o'quvchi : -Chaman-chaman ochilar, Bahor chog'i gullola. Gulni yaxshi ko'radi , Katta kichik har bola. 6-o'quvchi : -Chaman-chaman gul bog'm, Ko'pdir mening o'rtog'im. Keling,dostlar,o'rtoqlar, Birga teraylik gullar. 7-o'quvchi: -Asra qizil gulingni, Saqla qizil gulingni Bahosiga yetmasa Sotma qizil gulingni 8-o'quvchi: Ochildimi boychechak Enli har yon gul demak. Chunki bahor elchisi. Shu mitti gul boychechak. 9-o'quvchi: Ariq labiga boring, Yo ko'pchilik, yo yolg'iz Hammangizga birday teng Atir purkar ko'k yalpiz. 10-o'quvchi: Ariq labida yalpiz, Atir ochgni sochgan. Barg yozib yashnab gul qiz. Quloq ochgani-ochgan. 1-boshlovchi: Yurtdoshim, bog'inga bir nihol qada, Bu nihol nomini "Yaxshilik" ata. Niholning yoniga bir gul ekib qo'y, Bu gulning nomini "Go'zallik " deb qo'y, Gul-u niholinga baxsh etib xayot, Suv ber va bu suvga "Mehr"deb ot qo'y. 2-Boshlovchi: Aziz bolajonlar hamda hurmatli tadbir qatnashchilari shuning bilan birga bugungi "Gullar va qushlar bayrami" nomli tadbirimiz o'z poyoniga yetdi. Barchamiz Ona tabiatni asraylik, zero: Tabiatning, go'zalligi, sofligi, Bizga kerak qanchalar, Insoniyat taqdiri Bog'liq erur shunchalar . Shunday ekan biz barchamiz ona tabiat in'omlarini ko'z qorachig'iday asrashimiz lozim. Xayr sog' bo'linglar! Download 30.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling