Guluston davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
Download 25.77 Kb.
|
Bolibekova Sh
1- masala: Javobi 111, 222, 555, 666, 777 bo‘lgan misol tuzing: 111=100+11
222=202+20 111=55+56 222=111+111 masala: Shunday 3 ta son topingki, ularning yig‘indisi ham, ko‘paytmasi ham bir- biriga teng bo‘lsin. Bu qanday uchta son? 1*2*3=1+2+3 Hozirgi kunda rasmli rebuslar o‘quvchilarning tezlik bilan fikrlashini va o‘z fikrini bayon eta olishga chorlaydi. masala: Sonli rebusdan mevalarni o‘rnida qanday son bor ekanini hisoblang: Bundan tashqari “oilaviy munosabatdagi” masalalarda o‘quvchilar bir tomonlama emas, balki bir necha marotaba o‘ylashga, oilada aka yo opasi uchun ham o‘zi kabi bir xil munosabat bo‘lishi haqida o‘y suradi, fikr yuritadi. masala: Anvarning akasi va singlisi bor. Uchalasining yoshini qo‘shib hisoblaganda 17 yosh. 6 yildan keyin ularning yoshini qo‘shganda qancha bo‘ladi? Geometrik mantiqiy masalalarning foydali tomoni o‘quvchini ko‘z orqali chamalashga, tasavvur qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Shakldan boshqa bir shaklni hosil qilish, cho‘plar yordamida shakllar yarata olish, shakllar sonini aniqlash kabi vazifalarni bajarishda o‘quvchilarda chamalash, yaratuvchanlik qobiliyatlarini o‘stirib beradi. masala: Ushbu shaklda nechta to‘g‘ri to‘trburchak bor. Ushbu shaklda jami 12 ta to‘g‘ri to‘rtburchak bor. Javobini aniqlashda o‘quvchi shaklni mukammal darajada tekshirib ko‘radi va to‘g‘ri to‘rtburchaklarni sanab chiqadi. masala: Uchburchak va to‘rtburchaklar sonini toping: Ushbu shaklda 9ta to‘g‘ri to‘rtburcha va 8ta uchburchak bor. Xulosa qilib aytganda, biz pedagoglar o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarni ongli ravishda o‘zlashtirishlari uchun darsga ijodiy yondashish zarurligini unutmasligimiz darkor. Bu esa o‘quvchilarni o‘z fikrlarini aniq, ravon, to‘g‘ri va tushunarli bayon etishi, kuzatuvchanlik, birodarlik, topqirlik, hozirjavoblik fazilatlarini boyitib borishga yordam bera olsin. XULOSA “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda malakali mutaxasis kadrlar tayyorlash boshlang’ich ta’lim uchun ham taalluqlidir. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisi chuqur bilim, malaka va ko’nikmaga ega bo’lishi bilan birga kelajak avlodni bilimli, ijodkor har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashdek muhim vazifani o’z zimmasiga olishi kerak. Boshlang’ich sinfdanoq o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, mantiqiy tafakkur qilishga o’rgatishi zarur. Tadqiqot yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi: Pedagogika, psixologiya, metodikaga oid adabiyotlar tadqiqot mavzusi yuzasidan o’rganib chiqildi. Masala tushunchasining mazmun mohiyati masala tarkibi tushunchalari aniqlandi. Boshlang’ich sinflarda yechiladigan masalalar sodda va murakkab masalalarga bo’linadi. Sodda masaladan ikki amalli masalaga o’tish yo’llari shuningdek tarkibli masalalar ustida ishlash bosqichlari ishda o’z ifodasini topdi. Har bir matnli masala ustida ishlanar ekan quyidagi bosqichlarga rioya qilish zarur deb hisiblaymiz. - masala matnini o’zlashtirish bosqichi; - masala qisqa shartini tasvirlash bosqichi; - masalani muhokama qilish bosqichi; - masalani yechimini tasvirlash bosqichi; - yechilgan masala ustida ishlash bosqichi; 3) Yechilgan masala ustida ishlashning quyidagi usullari mavjudligi aniqlandi va tajribada tekshirib ko’rildi. 3) Yechilgan masala ustida ishlashning quyidagi usullari mavjudligi aniqlandi va tajribada tekshirib ko’rildi. - javobini o’rniga qo’yib tekshirish; - berilgan masalaga teskari masala tuzib uni yechib tekshirish; - masalani turli usullarda yechib tekshirish; - masala yechimidagi har bir amaldan so’ng “bu amalni bajarib nimani topding” degan savolga javob berib izohlab tekshirish; - masalada berilganlarga qarab masala javobi chegaralarini aniqlab tekshirsh; - masalani yechimini grafik tekshirish; 4) Yechilgan masala ustida ishlash bo’yicha bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun 6 banddan iborat usuliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Yechilgan masala ustida ishlashga o’rgatish orqali o’quvchilarning mantiqiy fikrlashi o’sishi, matematika faniga bo’lgan qiziqishi oshishini biz o’tkazgan tadqiqot tasdiqlab berdi. Download 25.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling