Guluston Davlat Universiteti
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Oksidlanish -qaytarilish reaksiyalarining turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishi №10 Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari
- oksidlanish
- Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarining eritma muhitiga bog`liq holda amalga oshishi
- Tajribalarning bajarilishi
- 1-tajriba. Galogenlarning oksidlovchilik xossalari
- 2-tajriba. Oksidlanish-qaytarilish jarayoniga muhitning ta`siri
- 4-tajriba. Molekulalar ichida sodir bo`ladigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari
- 5-tajriba. O`z-o`zidan oksidlanish va qaytarilish reaksiyasi
- Mustaqil ta`lim uchun savollar va mashqlar
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Guluston Davlat Universiteti
Laboratoriya ishi №10 Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari Reaksiya vaqtida elektronlarning bir atomdan (iondan) boshqasiga o`tishi natijasida reaksiyaga kirishuvchi moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajasini o`zgarishi bilan boradigan reaksiyalarga oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
2 2
Masalan: Fe 0
0
Bu reaksiyada temir atomi ikkita elektron bergani uchun temirning oksidlanish darajasi noldan +2 gacha ortadi. Oltingugurt atomi esa ikkita elektron biriktirib olgani uchun uning oksidlanish darajasi noldan -2 gacha kamayadi. Elektronlar berish jarayoni oksidlanish, aksincha, elektronlarni biriktirib olish jarayoni qaytarilish deb ataladi. Bu ikkala jarayon sistemada doimo bir vaqtda amalga oshadi va oksidlanish jarayonida berilgan elektronlar soni bilan qaytarilish jarayonida biriktirib olingan elektronlar soni o`zaro teng bo`ladi. Masalan: 2P 0 3Cl 2 0 2P 3 Cl 3 1 Bunda har bir fosfor atomi uchtadan elektronlar beradi, har bir xlor atomi esa bittadan elektron biriktirib oladi. Shuning uchun oksidlanish va qaytarilish jarayonlarining elektron tenglamalari quyidagicha yoziladi:
0 3e P 3 3 2(3e 2 6e )
Cl 2 0 2(1e) 2Cl 2 3(2e 3 6e)
Shunga ko`ra P ning oldiga 2 va Cl ning oldiga 3 qo`yiladi. Oksidlangan element atomi qaytaruvchi, qaytarilgani esa oksidlovchi bo`ladi. Oksidlanish jarayonida elementlarning oksidlanish darajasi ortadi, qaytarilish jarayonida esa kamayadi:
Oksidlanish jarayoni
Qaytarilish jarayoni Zn 0 -2e - =Zn +2 P 0 +3e - =P -3
-2 -6e=S +4 Cr +6 +3e - =Cr +3 N -3 -8e - =N +5 Mn +7 +5e - =Mn +2 Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalari elektronlar balansi usuli yoki ion-elektron (yarim reaksiya) usuli bilan tenglashtiriladi. 1. Elektron balans usuli. Bu usul oksidlovchi biriktirib oladigan elektronlar soni qaytaruvchi beradigan elektronlar soniga teng bo`lishi kerak degan qoidaga asoslangan. 1-misol. H 2 S+HNO 3 →H 2 SO 4 +NO+H 2 O
Reaksiyadan oldin va reaksiyadan keyin oksidlanish darajasi o`zgargan elementlarning oksidlanish darajasini topib, har qaysi element belgisi ustiga yozib qo`yamiz. H 2 S
+HN +5 O 3
→ H 2 SO 4 + N
+2 O+H
2 O
Oksidlovchi bilan qaytaruvchini aniqlab, yuqoridagi qoidaga asosan reaksiyaning elektronlar balans, tenglamasini tuzamiz
S -2 -8e
- =S +6 8 3 S -2 qaytaruvchi N +5 +3e - =N +2 3 8 N +5 oksidlovchi Elektronlar balansi tenglamasi orqali topilgan eng kichik ko`paytuvchi sonlarni oksidlovchi bilan qaytaruvchi moddalar oldiga koeffisiyentlar qilib qo`yib, tenglamani tenglashtiramiz: 3H 2 S + 8HNO 3 =3H 2 SO 4 +8NO + 4H 2 O Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarining eritma muhitiga bog`liq holda amalga oshishi. Biror qaytaruvchi moddaga, masalan kaliy nitrit KNO 2 ning neytral, ishqoriy va kislotali muhitga ega bo`lgan uch xil sharoitdagi eritmasiga KMnO
4 eritmasi ta`sir ettirilsa, KMnO 4 ning qaytarilishidan hosil bo`lgan reaksiya mahsulotlari turlicha bo`ladi. Neytral muhitda:
Boshqa turdagi reaksiyalar kabi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ham ekvivalentlar qonuniga bo`ysunadi. Oksidlanish – qaytarilish jarayoni oksidlovchi moddaning ekvivalentiga oksidlanish ekvivalenti, qaytaruvchi moddaning ekvivalentiga qaytaruvchanlik ekvivalenti deyiladi. Oksidlanish yoki qaytarilish ekvivalenti reaksiya jarayonida oksidlovchi biriktirib oladigan yoki qaytaruvchi beradigan elektronlar soniga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun oksidlanish yoki qaytarilish ekvivalenti oksidlovchining yoki qaytaruvchining nisbiy molekulyar massasini ayni reaksiyada 1 mol oksidlovchi biriktirib oladigan yoki 1 mol qaytaruvchi beradigan elektronlar soniga bo`lish orqali topiladi. Masalan: HJ
E HJ =Mr(HJ)/6=128:6=21,3 Cl
Kerakli reaktivlar va asboblar: 3
2
2 )
1
( 2
1
6 6
6
3 3
1
0 2
5
1 1
3
5 2
0
2 1
Cl
a) probirkalar, cho`p gaz gorelkasi, asbestlangan to`r, shtativlar, KJ, xlorli suv, distillangan suv , KMnO 4 , Na
2 SO 3 , H 2 SO 4 (0,1 N eritmalari ),NaOH (to`yingan eritmasi) K 2 Cr 2 O 7 (0,1 N eritmasi) KNO 2 (0,5 N eritmasi), (NH 4 ) 2 Cr 2 O 7
tuzi, 3% li H 2 O 2 eritmasi, MnO 2 kristallari, H 2 S eritmasi. 1-tajriba. Galogenlarning oksidlovchilik xossalari. a) Probirkaga 2-3 ml 0,25 N. KJ eritmasidan quying va unga 2-3 ml xlorli suv (Cl 2
suv) qo`shing. Eritma rangining o`zgarishini kuzating va sababini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing va oksidlovchi bilan qaytaruvchilarni ko`rsating. b) Probirkaga 2-3 ml 0,25 N KJ eritmasidan quying va unga to eritma rangi o`zgarguncha tomchilatib vodorod sulfidli suv qo`shing. Reaksiya natijasida oltingugurt loyqasi hosil bo`lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing va oksidlovchi bilan qaytaruvchilarni ko`rsating. 2-tajriba. Oksidlanish-qaytarilish jarayoniga muhitning ta`siri. Uchta probirkaga 2-3 ml.dan 0,1N. KMnO 4 va 0,1 N. Na 2 SO 3 eritmalaridan quying. Probirkalardan biriga 2-3 ml 2 N. H 2 SO
, ikkinchisiga 2-3 ml distillangan suv, uchinchisiga esa 2-3 ml ishqorning to`yingan eritmasidan qo`shing va probirkalardagi eritmalarni chayqatib aralashtiring. Kislotali, neytral va ishqoriy muhitlarda probirkalardagi eritmalar rangining o`zgarishini kuzating va har qaysi muhitdagi eritma uchun tegishli reaksiya tenglamalarini tuzing. Oksidlovchi bilan qaytaruvchini ko`rsating. Qaysi muhitda KMnO 4 ning oksidlanish xossasi kuchliroq namoyon bo`ladi. 3-tajriba. Kaliy nitrit KNO 2 ning qaytaruvchi va oksidlovchi xossalari. a)
Probirkaga 1-2 ml 0,5 N K 2 Cr 2 O 7 eritmasidan quying va uning ustiga 2-3 ml H 2 SO
bilan 2- 3 ml 0,5 N KNO 2 eritmalaridan qo`shing. Probirkani sekin qizdiring va eritma rangining o`zgarishini kuzating. To`q sariq rangli Cr 6+ ionining ko`k yashil tusli Cr 3+ ioniga aylanishini e`tiborga olib, reaksiyaning molekulyar va ion-elektron tenglamalarini tuzing. Tenglamani tenglashtiring va oksidlovchi bilan qaytaruvchilarni ko`rsating. b) Probirkaga 1-2 ml KNO 2 eritmasidan quying va uning
ustiga 2- 3 ml H 2 SO 4 bilan 2-3 ml KJ eritmalaridan qo`shing. Probirkadagi eritma rangining qizil qo`ng`ir tusga aylanishi, unda J 2 molekulalari hosil bo`lishini bildiradi. Probirkaning orqasiga bir varaq oq qog`oz qo`yib, eritmadan ajralayotgan gaz rangining probirkadan chiqish oldida o`zgarishini ko`ring. Bu qanday gaz? Reaksiya tenglamasini yozing va uni tenglashtiring. Bu reaksiyada KNO 2 oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi? 4-tajriba. Molekulalar ichida sodir bo`ladigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Asbestlangan to`r ustiga (NH 4 ) 2 Cr 2 O 7 tuzi kristalidan 1-2 gr qo`yib, uni to reaksiya boshlanguncha qizdiring. Reaksiya natijasida xrom (III)-oksid, azot va suv bug`lari hosil bo`lishini nazarda tutib, reaksiya tenglamasini yozing. Oksidlovchi bilan qaytaruvchilarni ko`rsating.
ml 3% li H 2 O
eritmasidan quying va unga katalizator sifatida MnO 2 kristallaridan ozgina soling. Probirkaga tezlik bilan cho`g`langan cho`pni tushiring, nima kuzatiladi? Vodorod peroksidning katalizator ishtirokida parchalanish reaksiyasi tenglamasini yozing. Nima uchun bu reaksiya o`z-o`zidan oksidlanish va qaytarilish reaksiyasi deyiladi?
1.Quyidagi o`zgarishlarning qaysi birida oksidlanish va qaysi birida qaytarilish jarayonlari sodir bo`ladi:
+4 →Sn +2
2. Quyidagi neytral atom va ionlarning qaysilari oksidlovchi, qaysilari qaytaruvchi, qaysilari ham oksidlovchi ham qaytaruvchi bo`ladi
a) H 0 , Na 0 , A1 0 , S 0 , Cr 0 b) S 0 ,S -2 , S +4 , S +6
2 0 , N +3 , N +5 N -3 d) Mn 0 , Mn 2+ , Mn 4+ ,Mn +6 , Mn +7 e) Fe 0 , Fe +3 , Ag + , Cu + 3.Quyidagi moddalardan qaysilari faqat oksidlovchi, qaysilari faqat qaytaruvchi ekanligini ko`rsating:
4 , MnO 2 , P 2 O 5 , Na 2 S b) Na 2 SO 3 , H 2 SO 4 , H 2 S, SO 2
2 CrO 4 , KCrO 2 , K 2 Cr 2 O 7 d) K 3 N, HNO 3 , NaNO 2 4. Quyida keltirilgan reaksiyalardan qaysilari oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga kiradi: a) SnC1
2 + 2FeCl
3 → SnCl
4 + 2FeCl
2
b) 3NH 3 +H 3 PO 4 →(NH 4 ) 3 PO 4
c) 2K 2 CrO 4 +H
2 SO 4 → K 2 Cr 2 O 7 +K 2 SO 4 + H
2 O
d)Ca(HCO 3 ) 2 → CaO +2CO 2 + H
2 O
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida qaysi modda oksidlovchi va qaysi modda qaytaruvchi ekanligini ko`rsating. 5. Quyidagi sxemalar bilan boradigan reaksiyalarning tenglamalariga koefisiyentlar tanlang hamda oksidlovchi va qaytaruvchilarni ko`rsating. a) Bi 2
3 + C1
2 + KOH→ KCl + KBiO 3 + H
2 O
b) KJO 3 + KJ+ H 2 SO 4 → J 2 + K 2 SO 4 + H 2 O c) CrCl 3 + H 2 O 2 + NaOH→Na 2 CrO 4 +NaC1 + H 2 O
d) K 2 Cr 2 O 7 +C 2 H 5 OH+H
2 SO 4 → Cr 2 (SO 4 ) 3 +CH 3 CHO+ K 2 SO 4 + H 2 O
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.
I.A.Karimov – O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida. Xafsizlikka taxtid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari T. "O`zbekiston". 1997 y. 2.
Z.Saidnosirova "Anorganik kimyo" T. "O`qituvchi" 1984 y.
3. M.M.Xasanov, A.S.Sattiqulov "Organik kimyo" T. "O`zbekiston" 1997 y 4.
N.L. Glinka "Umumiy ximiya" T. "O`qituvchi" 1986y 5.
R.Ziyayev, Q.G`iyosov Anorganik kimyodan amaliy- laboratoriya mash-g`ulotlar. Tosh. DAU-2003 y. 6. A.Abdusamatov, R.Ziyayev, U. Obidov, A. Uralov ―Organik kimyodan amaliy mashg`ulolar‖, O`zbekiston nashr., Toshkent, 1996 y. 7. A.Abdusamatov va boshqalar "Fizik va kolloid kimyo" T. O`qituvchi 1992 y. 8.
D.A.Knyazev, S.N.Smaragin ―Neorganicheskaya ximiya‖ M. 1990 g. 9. N.A.Parpiev., X.R.Raximov., A.G.Muftaxov ―Anorganik kimyoning nazariy asoslari‖ T. 2000 y. 10.
G.A.Irgasheva., T.S.Sirliboev ―Anorganik kimyodan laboratoriya va mustaqil ish mashg`ulotlari‖. T. 2001 y. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling