Gumanitar fanlar va San’at Texnika taraqqiyoti yuqori saviyali mutaxassis va ishchilarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirib yubordi


Download 3.69 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi3.69 Kb.
#1444233
Bog'liq
Xalq ta’limi. Gumanitar fanlar. San’at-fayllar.org


Xalq ta’limi. Gumanitar fanlar. San’at

Gumanitar fanlar va San’at

Texnika taraqqiyoti yuqori saviyali mutaxassis va ishchilarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirib yubordi.



Rivojlangan mamlakatlarda 12-13 yoshgacha bo‘lgan bolalarni umumiy majburiy va bepul o‘qitish joriy qilindi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida xalq maorifi tizimi irqchilik ruhida edi.



Qora tanlilarning bolalari uchun alohida maktablar ochilgan

Mamlakatda hukm surayotgan irqchilikka qarshi kurash masalasi Garriyet Bicher Stouning „Tom tog‘aning kulbasi“ asarida o‘z ifodasini yaqqol topdi.



Garriyet Bicher Stou

XX asr boshlariga kelib, jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan tabiiy fanlarning jadal rivojlanishi, texnikaning yanada ildam taraqqiyoti diniy xurofatlardan xoli bo‘lgan ilmiy dunyoqarashning mavqeyi mustahkamlanishi uchun sharoit yaratdi.

Bu davrning mashhur faylasuflaridan biri Fridrix Nitsshe inson irodasi masalasiga katta e’tibor berdi.



U zardushtiylik ta’siri ostida „Zardusht tavallosi“ asarini yozdi.
Fridrix Nitsshe

O. Shpengler „Yevropasentrizm“ga qarshi chiqdi. Har bir madaniyatning o‘ziga xosligi, bir-biridan mustasno holda rivojlanish g‘oyasini mutlaqlashtirdi. Bu fikrlar uning „Yevropa quyoshining botishi“ asarida o‘z ifodasini topdi.



O. Shpengler

Z. Freyd - psixoanaliz nazariyasining asoschisi, dunyoga tanilgan olim. Uning asarlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Yevropada adabiyot va san’atning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.



Z. Freyd

Musiqa



Bu davrda Myunxenda avstriyalik oilasida tug‘ilgan bastakor Rixard Shtraus „Salomeya“, „Elektra“, „Gullar oshig‘i“, avstriyalik simfonist Gustav Maler „Qazo qilgan bolalar haqida qo‘shiq“, „Bolaning sehrli shoxi“ va
boshqa asarlar bilan shuhrat qozondi.
Rixard Shtraus

R. Shtraus motsartcha operani qaytadan tikladi. Uning asarlari hayotbaxshligi, insonparvarligi, go‘zallikni tarannum etishi bilan ajralib turadi. Betxoven an’analarini G. Maler rivojlantirdi.



G. Maler

Bastakor, pianinochi va dirijor S.V. Raxmaninov boy kuylar vositasida vatan mavzusini romantik pafos va lirika bilan ochib berdi.



S.V. Raxmaninov

Tasviriy san’at



Bu oqimga kirgan rassomlar voqelikni,
kuzatishdan olingan taassurotlarni sof holda aks ettirardi.
Rassomchilikda qator yangi oqimlar vujudga keldi. Bu yangi oqimlarning biri impressionizm
(taassurot) edi.

Buyuk fransuz haykaltaroshi O. Rodenning „Mutafakkir“ degar asariga qarab hech kim insonning, dekadentlar ishontirmoqchi bo‘lganidek, „oliy“ kuchlar qo‘lida o‘yinchoq ekanligiga ishonmaydi.



O. Roden

Savol va topshiriqlar:

1. Xalq ta’limi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan omilni qayd eting.

2. Z. Freyd ta’limotida qanday g‘oya ustun turgan?

3. Mustamlakachilikni oqlagan yozuvchilar o‘z fikrlarini qanday g‘oyalar bilan asoslaganlar?

4. Tasviriy san’atning buyuk namoyandalari haqida so‘zlab bering.



http://fayllar.org
Download 3.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling