Гуманитар ва табиий-илмий фанлар


Download 21.34 Kb.
Sana28.10.2020
Hajmi21.34 Kb.
#137536
Bog'liq
oquv reja takliflari bilan


vcf1

2

1.00.

Гуманитар ва табиий-илмий фанлар

1.01.

Ўзбекистон тарихи

1.02.

Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси.Фуқаролик жамияти

1.03.

Диншунослик

1.04.

Фалсафа

1.05.

Ўзбек (рус) тили

1.06.

Хорижий тил

1.07.

Жисмоний тарбия ва спорт*

1.08.

Иқтисодиётда ахборот-коммуникацион технологиялар ва тизимлар

1.09.

Иқтисодчилар учун математика

1.10.

Эконометрика асослари




Танлов фанлари

1.10.1

Амалий инглиз тили

2.00.

Умумкасбий фанлар




Бошқарув психологияи

3.01.

Иқтисодиёт назарияси

3.05.

Статистика




Менежмент.Маркетинг

3.03.

Микроиқтисодиёт

3.08.

Бухгалтерия ҳисоби Zamonaviy Biznes Buhgalteriyasi

3.09.

Иқтисодий таҳлил ва аудит

3.10.

Пул ва банклар

3.11.

Молия ва солиқлар Kochmas mulk va daromad soligi

3.12.

Макроиқтисодиёт

 

Танлов фанлари

4.00.

Ихтисослик фанлари




Бизнес асослари




Халқаро бизнес Xalqaro Savdo va Biznes




Бизнесни режалаштириш




Кичик бизнес ва тадбиркорлик

5.00.

Қўшимча фанлар




Меҳнат мухофазаси ва ҳаёт фаолияти ҳавфсизлиги




Маъмурий ва хўжалик хуқуқи Hojalik huquqi (Business law)




Иқтисодиётда миқдорий усуллар




Халқаро тижорат иши

6.00

Танлов фанлари




Иқтисодиёт назарияси (давоми)




Бизнес стратегияси Global bisnes strategiyasi




Mintaqaviy biznes strategiyasi




Mahalliy biznes strategiyasi




Xorijiy biznes boshqaruv usullari




Логистика O’zbekiston va Markaziy Osiyodagi logistika




Инвестицион таҳлили

 

Жами

 

Малака амалиёти

 

Битирув малакавий иши

 

Аттестациялар

 

Жами

 

ҲАММАСИ




Korporativ ijtimoiy mas’uliyat (Corporate social responsibility)




Human Resource Development(Biznes Kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish)




Xizmat korsatish sohasini boshqarish




Ishlab chiqarishni boshqarish (Production management)




Evropa Ittifoqi davlatlari biznes madaniyati(3-kurs 1-semesterida)




MDH davlatlari biznes madaniyati (2-semester)




Osiyo davlatlari biznes madaniyati (Koreya, Yaponiya, Singapur, Xitoy) 4-kurs 1-semesterida




Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlari biznes madaniyati (Hindiston, Turkiya, Eron, BAA) 2-semesterida




Biznes Ingliz tili




Biznes Ma’lumotlar Tahlili




Iste’molchi bilan ishlash (“Customer service & Relation Management”)




Boshqaruv iqtisodiyoti




Moliya boshqaruvi




Elektron tijorat(mahalliy va global)

Takliflar




  1. Corporate social responsibility – Korporativ ijtimoiy mas’uliyat’ fanini kiritishni tavsiya qilaman. Ushbu fan orqali kelajakda biznes boshqaruvi sohasida ishlovchilar har bir korxonaning aholi, ishchilari va davlat oldida qanday ijtimoiy mas’uliyati borligini o’rganadi. Hozirda butun dunyoda organilayotgan fan sohasidir.

  2. Moliya va soliqlar fani orniga, Kochmas mulk va daromad soligi fanini taklif etaman. Chunki, umumiy fandan kora, tadbirkor uchun juda ham lozim bolgan ushbu soliq turlarini organish nihoyatda muhim. Misol uchun, Yaponiyaning Hosei universitetidagi Business management fakulteti aynan shunday fanlarni talabalarga orgatadi.

  3. Маъмурий ва хўжалик хуқуқи orniga Hojalik huquqi (Business law) fanini qoldirishni taklif etaman. Mamuriy huquq bu fuqaro va davlat ortasidagi munosabatlarni tartibga solsada, tadbirkor va biznes boshqaruvchi uchun eng muhimi bu – biznes sohalariga oid Hojalik huquqi hisoblanadi.

  4. Логистика fani orniga O’zbekiston va Markaziy Osiyodagi logistika fanini taklif qilaman. Shunda fan nomi va maqsadi aniqlashadi, shuningdek, suhbu fanda talabaga nimalar oqitilishi va fan doirasi ham aniq belgilanadi. Rivojlangan horijiy mamlakatlarda ushbu fan nomi huddi shunday tarzda aniqlashtiriladi.

  5. Human Resource Development(Biznes Kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish) fanini qoshishni taklif etaman. Biznes boshqaruvchi uchun hozirgi kunda eng muhim muammo – yaxshi va sifatli ishchini toppish va ishga yollay olish bilan birga, ularning malakalarini doimiy ravishda oshirib borishdir. Ming afsuski, bizda bozor bu muammoni allaqachon his qilib tursada, hali universitetlarimizda yetarlicha etibor berilganicha yoq. Ushbu fannni oquv rejasiga kiritish orqali talabalarning kelajakdagi ishchi-boshliq munosabatlariga tayyorlash uchun zamin hosil boladi.

  6. Biznesni rejalashtirish fani ushbu oquv rekasida bolsada, uni yolga qoygandan keying boshqichda, misol uchun Xizmat korsatish sohasini boshqarish yoinki Ishlab chiqarishni boshqarish (Production management) fanlari kiritilmay qolgan. Ushbu ikki fanni alohida-alohida, yoki bitta qilib fan sohasi sifatida kiritishni taklif qilaman.

  7. Бизнес стратегияси fanini ham Global, mintaqaviy va mahalliy biznes strategiyasi kabi uchga bolib oqitishni taklif qilaman. Chunki, xorijiy davlatlar aynan shunday usullar bilan ushbu fannni oqitishadi.

  8. Xorijiy tajribani orgatish yetarlicha aks etmagani uchun Xorijiy biznes boshqaruv usullari fanini kiritishni taklif qilaman. Bu fanda Yaponiya, Germanya, AQSh, Janubiy Korey ava Xitoy davlatlari kabi alohida davlatlarda biznes boshqaruvga qanday yondashilishi qiyosiy jihatdan talabalarga tahlil qilib beriladi vas hu orqali kelajakda shunday davlat fuqarolari bilan ishlash uchun talabalar oldindan tayyorgarlikdan otadi.

  9. Davlatimiz tadbirkorlari asosiy savdo hamkorlarimiz bolgan Qozog’iston, Rossiya, Xitoy, Evropa Ittifoqi, Janubiy Koreya va Yaponiya davlatlarining biznes madaniyatlarini bilishlari juda ham muhim hisoblanadi. Yuqoridagi oquv rejasida esa bunday fanlar umuman ko’rsatilmagan. Vaholanki, barcha rivojlangan davlatlarda chet el firmalari bilan muvaffaqiyatli ishlay olish uchun ularning biznes madaniyatlari talabalarga orgatiladi. Shuning uchun ham, 3- va 4-kurs talabalari uchun har bir semesterda O’zbekiston Respublikasining asosiy biznes hamkorlarining ishlash uslublari haqida fan kiritish zamon talablaridan kelib chiqib juda ham maqbul bolardi. Misol uchun, 3-kurs 1-semesterida Evropa Ittifoqi davlatlari biznes madaniyati, 2-semester MDH davlatlari biznes madaniyati, 4-kurs 1-semesterida Osiyo davlatlari biznes madaniyati (Koreya, Yaponiya, Singapur, Xitoy), 2-semesterida Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlari biznes madaniyati (Hindiston, Turkiya, Eron, BAA) kabi fanlarni kiritishni taklif qilaman.




  1. Boshqaruv iqtisodiyoti fanini kirtishni tavsiya qilgan bo’lar edim. Chunki bu fan tinglovchilarga biznes boshqaruvi qarorlarini qabul qilish jarayonida iqtisodiy nazariya va miqdoriy usullardan foydalanishni o’rgatadi. Boshqaruv iqtisodiyoti bo’lg’usi menejerlarga kompaniyaning kam resurslarini taqsimlash to’g’risida muhim qarorlar qabul qilishni o’rgatadi. Bu fanning marketing, menejment, moliya va statistika kabi boshqa fanlari bilan aloqador tomonlari bo’lib, tinglovchilarga bozor sharoitlari shuningdek talab va taklif hamda firmalarning maxsulot ishlab chiqarishning optimal miqdorini tahlil qilishda yordam beradi. Boshqaruv iqtisodiyoti O’zbekistonda juda kam sonli oliy ta’lim muassasalarida o’qitiladi. Shuning uchun, agar bu fan sizlarning universitetingiz tomonidan taklif qilinsa, albatta sizlarda ingliz tilidagi o’quv qo’llanma materiallaridan birinchilardan bo’lib foydalanish imkoniyati paydo bo’ladi.




  1. Moliya boshqaruv – fanini kiritishni ham maslahat beraman. Chunki bu fan tinglovchilarga korxonalar moliyaviy ehtiyojlari va umumiy maqsadlarini qondirish uchun kapital mablag’larini boshqarish bilan bog’liq bilim va ko’nikmalarni o’rgatadi. Hozirgi paytda, O’zbekistonda ham kapital bozorini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Masalan, kapital bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etilgan. Moliyaviy boshqaruv fani biznes boshqaruvida kapital bozorini yaxshi tushinadigan kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.

  2. Xalqaro Savdo va Biznes. O’quv rejalaringda “Xalqaro Biznes” degan fan bor ekan. Men o’ylayman-ki, xalqaro biznesning o’zini bilish kifoya qilmaydi. Xalqaro savdoni ham bilish talab etiladi. “Xalqaro Savdo” degan alohida fan qilinsa yoki “Xalqaro savdo va biznes” deb bitta fan qilib qo’shib yuborilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.

  3. Biznes Ingliz tili. Sizlarda “Xorijiy til” degan fan bor ekan. Imkon bo’lsa “Biznes Ingliz tili” degan fan bo’lsa yanada ko’proq biznes-tadbirkorlikka xoslangan bo’lar edi. Koreya tajribasi!

  4. Biznes Ma’lumotlar Tahlili Inhadagi dasturda “Business Data Analysis” fani o’tiladi. Hozir, ma’lumotlardan qanday qilib foydalanishni bilmasdan yaxshi tadbirkor bo’lish qiyin.

  5. Zamonaviy Biznes Buhgalteriyasi. Sizlarda umumiy Buhgalteriya Hisobi bor ekan. Buni yanada xosroq qilish kerak. Bizdagi ana’naviy buhgalteriya endi deyarli ishlaymaydi. Qanday qilib kompyuter buhgalteriya dasturlaridan foydalanish va zamonaviy biznesda qanday qilib hisob yuritishni amaliy usullar bilan o’rgatilsa yaxshi edi. Shuningdek, marketingni “Zamonaviy marketing” deb yanada maftunkorroq qilish mumkin.

  6. Iste’molchi bilan ishlash. Inhada shunday fan bor ekan “Customer service & Relation Management”

  7. Elektron tijorat.(e-commerce, e-business management) Hozirgi kunda tez suratlar bilan rivojlanib boryotgan sohalardan biri hisoblanadi. Hududiy jihatdan ikkiga bo’lib taqdim etilishini taklif etaman, mahalliy va global.

Download 21.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling