Guruh : 405 a. Ism va familiya : Abduqahhorova Iroda 1-mavzu boʻyicha konspekt


Download 19 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi19 Kb.
#187938
Bog'liq
Notiqlik sanʼati 1-mavzu


Guruh : 405_a.

Ism va familiya : Abduqahhorova Iroda

1-mavzu boʻyicha konspekt

1-MAVZU: NOTIQLIK SAN’ATINING MAQSADI, VAZIFALARI VA AHAMIYATI

Notiqlik mahorati predmeti-ogʼzaki va yozma nutqni tinglovchilarga jonli, ifodali va ta‘sirchan yetkazish malakasini egallash haqida tushuncha beradi. Notiqlik san‘ati murakkab san‘at boʼlib, uni egallash kishidan qunt, chidam, malaka va tajriba talab etadi. Nutq madaniyati har bir shaxsning umumiy madaniyatini bir qismi boʼlib hisoblanadi. Nutq madaniyati insonning fikrlarini aniq, ravon , sodda, tushunarli va ifodali qilib tinglovchilarga yetkazishga yordam beradi. Boʼlajak pedagoglar uchun muomala madaniyatini, nutq madaniyatini egallash ayniqsa zarur boʼlib hisoblanadi. Nutq madaniyatining nozik qirralarini bilish, nutq sofligiga va toʼgʼri talaffuzga erishish lozim. Pedagog oʼz fikrlaini talabalarga aniq va ravshan yetkazish natijasidagina yuqori oʼzlashtirish koʼrsatkichlariga erisha oladi.

O‘qitish maqsadi va vazi falari

«Notiqlik san‘ati » kursini oʼrganishdan maqsad talabalarda pedagogik nutq madaniyatini shakllantirish. Kelajakda talabalarining pedagogik faoliyatini samarali boʼlishini ta‘minlash. Pedagogik faoliyatda notiqlik san‘atini qoʼllash va talabalarni pedagogik mahoratini rivojlantirishdir.

«Notiqlik san‘ati » kursi oʼz oldiga quyidagi vazifalarni qoʼyadi:

- Oʼzbekiston oliy ta‘lim tizimida notiqlik san‘atidan foydalanishni qoʼllash usullari va shart –sharoitlari bilan tanishish;

- notiqlik san‘atiga nisbatan toʼgʼri munosabatni uygʼotish;

-talabalarni nutq madaniyatining qoidalari bilan tanishtirish;

-nutq madaniyati yuzasidan koʼnikma va malakalarni shakllantirish;

-pedagogik texnologiyalarni qoʼllashda notiqlik san‘ati va nutq madaniyatidan foydalanish koʼnikmasini hosil qilish.

«Notiqlik san‘ati » kursi oʼz mohiyatiga koʼra iqtisodiyot oʼqitish metodikasi, pedagogika, psixologiya , yoshlar fiziologiyasi kabi fanlar bilan mustahkam aloqa hosil qiladi.
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling