Guruh : 84-20tvm Bajardi : Tekshirdi


Download 1.33 Mb.
bet1/2
Sana23.12.2022
Hajmi1.33 Mb.
#1046333
  1   2
Bog'liq
TTQTL


MUSTAQIL ISH
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
XIZMAT KO`RSATISH TEXNIKASI KAFEDRASI
Guruh : 84-20tvm
Bajardi :
Tekshirdi :
2022-yil
Tashishni tashkil qilish va transport logistika xizmati
Muqobil yonilg`ilarda ishlovchi avtomobillardan foydalanish samaradorligi
- Umumiy ma`lumot ;
- Elektromobillar ;
- Vodorod yonilg`isida ishlovchi avtomobillar ;
Hozirgi kunda iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish uchun atrof-muhitga kam zararli moddalar chiqaradigan shuningdek, yonilg‟i tejamkorligi yuqori bo‟lgan avtomobillarni ishlab chiqarish tarkibini oshirish va takomillashtirish zarur.
Zamonaviy porshenli ichki yonuv dvigatellariga quyidagi asosiy talablar qo‟yiladi: atrof-muhitga salbiy ta‟sir qilishning eng kam darajasi; issiqlik energiyasining mexanik energiyaga aylantirish takomilligining darajasi yoki solishtirma yonilg‟i sarfining eng kichik qiymati va ishqalanishga sarflarning kichikligi; burovchi moment va quvvatlar maksimal qiymatlarining keng diapazoni; litrli quvvatning yuqori qiymati; solishtirma massa va gabarit o‟lchamlarining eng kichik qiymatlari; konstruksiya elementlarining ishonchliligi va uzoq muddat xizmat qilishi; konstruksiyaning soddaligi; xizmat ko‟rsatish qulayligi hamda ekspluatatsiya qilish va ta‟mirlash arzonligi; ishonchli o‟t oldirish va o‟zgaruvchi ish rejimlariga tez moslashish; konstruksiyaning yonilg‟ining har xil turlarida ishlashi va istiqbolligi; konstruksiyaning modernizatsiyalashga imkon berishi; Yuqorida qayd etilgan talablar ko‟p jihatdan foydalaniladigan neftdan olingan motor yonilg‟ilarining turiga bog‟liq, ular cheklangan resursga ega.
Umumiy ma`lumot
MAGATE, OPEK, BMT sanoat rivojlanishi departamenti ma‟lumotlari va Jahon Energetika Agentligi (JEA) bashorati bo‟yicha 2030 yilda jahon energiya balansida neftning ulushi 40 %, gazniki – 27 %, ko‟mirniki – 24 %, boshqalarniki – 9 % ni tashkil qiladi .
Hozirgi paytda dunyoda 1 yilda taxminan 5 mlrd. tonna, Rossiyada – 0,5 mlrd. tonna, O‟zbekistonda – 6 mln. tonna neft qazib olinmoqda. Shuni qayd etish lozimki, AQSHda 1 yilda 19 mln. barrel (2,9 mln. tonna) neftdan foydalaniladi va Amerika neft instituti ma‟lumotlari bo‟yicha 43 % neft mahsulotlaridan avtomobillar uchun yengil yonilg‟i sifatida, 11% – dizel yonilg‟isi sifatida, 9 % – aviatsiya yonilg‟isi sifatida, 16 % – moy, gudron, plastik sifatida, 4 % – pech yonilg‟isi sifatida, 5 % – og‟ir yonilg‟isi va 12 % – turli yonilg‟i sifatida foydalaniladi .
Neft mahsulotlaridan foydalanishning bunday dinamikasi ularni almashtiruvchilaridan – alternativ motor yonilg‟ilaridan foydalanishni taqozo etadi.
Shu munosabat bilan deyarli hamma yuqori rivojlangan mamlakatlarda yonilg‟i-energetik resurslar balansini ratsionallashtirish hamda iqtisodiyotning energiyani eng ko‟p iste‟mol qiluvchi sohasi sifatida transportning har xil turlari uchun alternativ yonilg‟ilar bilan bog‟liq bo‟lgan ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ma‟lumki, quyidagilar alternativ yonilg‟i safiga kiradi: ko‟mirdan olingan sintetik benzin, yonuvchi slanets, torf, tabiiy gaz; benzonometanol va benzonoetanol aralashmalari; vodorod; suyuqlashtirilgan neftli propan butan gazlari (SNG); siqilgan tabiiy gaz (SPG) yoki suyuqlashtirilgan tabii gaz (SJPG); gazogenerator, domen, plast gazlari; biogazlar; gazokondensat yonilg‟ilari; ammiak; suv-yonilg‟i emulsiyalari va boshqalar . Bundan tashqari ular mahalliy, istiqbolli va boshqa alternativ yonilg‟ilarga bo‟linishi mumkin.
Elektromobil — akkumulyatorlar batareyasi oʻrnatilgan bir yoki bir necha elektr dvigatel yordamida harakatlanadigan avtomobil. 20-asr boshlarida Gʻarbiy Yevropa va AQSH da elektromobildan taksi, pochta furgoni, kommunal xoʻjalik mashinalari, yengil avtomobillar sifatida foydalanilgan. Fransiyalik K. Jenatsi elektromobil tezligini 100 km/soatga yetkazgan.
Biroq, tezlikning cheklanganligi va energiya sigʻimining pastligi (20 Vt/soat kg gacha), akkumulyatorlar batareyasining massasi kattaligi elektromobil ning rivojlanishiga toʻsqinlik qiddi. 60-yillardan boshlab ichki yonuv dvigatelsh avtomobillardan chiqadigan gaz havoni zaharlashi va shovqinni kuchaytirishi tufayli elektromobildan shahar transportida foydalanishga ehtiyoj ortdi. Elektromobildagi akkumulyatorlar batareyasining bir galgi zaryadi (energiya zaxirasi) 100 km gacha yoʻl yurishga yetadi. Elektromobillarning akkumulyatorlari maxsus zaryadlash st-yalarida zaryadlanadi. Oʻzgaruvchan tok dvigatelidan foydalanilganda uni oʻzgarmas tokka aylantiruvchi oʻzgartirgich boʻladi.
Elektromobil
Elektromobillar shaharda foydalanishga moʻljallangan; yurish qismi, kuzovi yengillashtirilgan, alohida transmissiyali va akkumulyatorlar batareyalari almashtirish qulay qilib ishlanadi. Akkumulyatorlar batareyalari kuzov ostiga joylashtiriladi, tok dvigatelga tiristorli boshqarish bloklari orqali keladi. Dvigatel yetakchi koʻprikli bloklarga (oldiga yoki orqasiga) yoki kardanli harakat bloklariga, yoxud gʻildiraklarga oʻrnatiladi.
Elektromobildan foydalanish shaharlarda shovqinni va havoning buzilishini kamaytiradi, suyuq yonilgʻini tejashga imkon beradi. Elektr energiya suyuq yoki gazsimon yoqilgʻidan bevosita avtomobilning oʻzida hosil qilinadigan elektromobillar ham bor. Elektromobil., asosan, AQSH, Angliya, Rossiyada ishlab chiqariladi. AQSH va Germaniyada bir galgi zaryadi 200 km gacha yoʻl yurishga yetadigan elektromobillarning eksperimental nusxasi yaratilgan (2005).
1806 yilda Fransua Isaak de Rivaz (ingliz) rus. (1752-1828) vodorod bilan ishlaydigan birinchi ichki yonuv dvigatelini yaratdi. Ixtirochi suvni elektroliz qilish orqali vodorod ishlab chiqardi.
1941 yilda qamal qilingan Leningradda benzin yetishmas edi, ammo vodorod ko'p miqdorda mavjud edi. Harbiy texnik Boris Shelishch baraj sharlarini ishlatish uchun havo-vodorod aralashmasidan foydalanishni taklif qildi. Balon vinçlarining ichki yonish dvigatellari vodorodga o'tkazildi. Blokada paytida shaharda 600 ga yaqin avtomobil vodorod bilan ishlagan.[1]

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling