Guruh: 105 Tekshirdi


Download 30.05 Kb.
bet3/5
Sana09.04.2023
Hajmi30.05 Kb.
#1344205
1   2   3   4   5
Bog'liq
Falsafa tarixida borliq masalasi.

Fridrix Nitsshe (1844-1900 – nemis faylasufi, irratsionalizm vakili, hayot falsafasi asoschisi. Asosiy asarlari: «Musiqa ruhidan fojianing tug‘ilishi», «Insoniy, o‘ta insoniy», «Zardo‘sht tavallosi», «Quvnoq fan», «Yaxshilik va yomonlikning narigi tomonida», «Hamma uchun va hyech kim uchun», «Hokimiyatga intilish», «Antixrist» va b.) borliqning ikki asosi: dionisiycha hayotiy asos va apolloncha bir yoqlama-intellektual asosni ajratgan va haqiqiy madaniyat bu asoslarni muvozanatga solishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan. yevropa madaniyati mazkur idealni ro‘yobga chiqara olmadi va inson borliq deganda stixiyali shakllanishni emas, balki tartibga solinganlikni tushunib, o‘z mavjudligining asosiy negizlaridan uzoqlasha boshladi. Vaholanki, hayot abadiy harakat va shakllanishdan iboratdir.
Hayotning mazmun va mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon bo‘ladi. Bunday intilish butun tiriklikka xosdir. Unga intellektning hukmronligi, o‘z yaqiniga muhabbatni targ‘ib qiluvchi axloq va tenglikni e'lon qiluvchi sotsializm monelik qiladi. Bularning barchasi qullar axloqini tashkil etadi. To‘ralar axloqi esa hayotning qimmati, odamlar o‘rtasidagi tengsizlik hamda kuchning hukmronligiga asoslanishi lozim. Nitsshe «Xudo o‘ldi» degan tezisni ilgari suradi. Ushbu tezis yangicha axloqni shakllantirish zarurligini anglatadi.
To‘ralar axloqining sub'ekti sifatida o‘ta qudratli inson amal qiladi. U oliy biologik tur hisoblanadi. Odam maymundan qanday tarqalgan bo‘lsa, o‘ta qudratli inson ham odamdan shunday tarqaladi. U tayyor tur sifatidagi inson tabiatiga xos bo‘lgan jihatlarni o‘zidan soqit etadi. O‘ta qudratli inson hayotni kurash sifatida idrok etishga va o‘zini tinimsiz o‘zgartirish yo‘lida harakat qilishga qodir.
O‘ta qudratli inson g‘oyasiga «abadiy qaytish» konsepsiyasi qarshi turadi. Nitsshe fikriga ko‘ra, voqyealarning ehtimol tutilgan kombinatsiyalari soni cheklangan, vaqt esa cheksizdir, shu sababli barcha voqyealar takrorlanishi lozim. Umuman olganda, Nitsshening falsafiy tizimi o‘zining ziddiyatlarga to‘laligi bilan ajralib turadi, shu tufayli ham u turlicha tushuniladi va talqin qilinadi.
Nitsshe falsafasi XX asr falsafasining turli yo‘nalishlari: hayot falsafasi, pragmatizm va ekzistensializmga ulkan ta'sir ko‘rsatdi.

Download 30.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling