Guruh, 17. 03. 2020. 17-10 guruh, 18. 03. 2020. 21-mavzu: «Yorug‘likning qaytish va sinish qonunlari» mavzusini o‘tish metodikasi


Download 1.87 Mb.
bet5/7
Sana23.05.2020
Hajmi1.87 Mb.
#109202
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SEMINAR-21-22-23-24 MAVZULAR

Olamning yagona fizik manzarasi.

Topshiriq

1.Olamning mexanik manzarasi qanday elementlardan tashkil topgan?

2.Olamning mexanik va elektromagnit manzarasi orasidagi farq nimadan iborat?

3.Olamning yagona fizik manzarasi haqida nimalarni bilasiz?

Asosiy adabiyotlar

1.Djo’rayev M. Fizika o‘qitish metodikasi. T.TDPU., 2010.

2.Mirzaxmedov B. va b. Fizika o‘qitish metodikasi. 1- va 2- qismlar. T., TDPU., 2010

3. M. Djurayev, V.Sattorova. Fizika o’qitish nazariyasi va metodikasi. Toshkent-2015.

4.Sadriddinov N, Raximov A, Mamadaliev A, Jamolova S. Fizika o’qitish uslubi asoslari. Toshkent, O’zbekiston, 2006.

5.O’rta maktabda fizika o’qitish metodikasi. Molekulyar fizika. Elektrodinamika. Toshkent “O’qituvchi” 1992.

6.P.Xabibullaev, A.Boydedaev, A.Baxromov, M/Yo’ldasheva. 9 – sinf uchun darslik. Toshkent 2010.

7.A.T. Glazunov, I.I. Nurminskiy, A.A. Pinskiy. O’rta maktabda fizika o’qitish metodikasi. Toshkent, “O’qituvchi” 1996.

17-09, 17-10, 17-11. 9.04.2020. 3-para

26-mavzu: Ta’lim sifatini xalqaro baholash tizimi PISA dasturi va uning fizika o’qitishdagi ahamiyati

Reja:


  1. PISA – dasturi

  2. PIRLS – dasturi

  3. TMSS - dasturi

Ma'lumki, o‘zgarishlar davrida ta'lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta'lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllantiriladi.

Shuni inobatga olgan holda umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 16 iyun kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Uchtepa tumaniga tashrifi chog‘ida maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash va tajriba sifatida 11 yillik umumiy o‘rta ta'limni tiklashga qaratilgan tashabbuslari keng jamoatchilik va ota-onalar tomonidan yuksak baholandi.

Shuningdek, Prezidentimiz tashabbuslari bilan 9-sinfni bitirgan o‘quvchilar, ota-onalar va o‘zlarining xohishlariga binoan, ongli ravishda kasb-hunar kolleji, akademik litsey yoki o‘zlari ta'lim olgan maktablarda majburiy ta'limni davom ettirishlari mumkin ekanligining belgilab qo‘yilishi yoshlarga har tomonlama qulayliklar yaratdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilmoqda bu holat malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan talabning yanada oshib borishiga turtki bo‘lmoqda.

Bunday talabning qondirilishi o‘z navbatida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta'lim tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishning zamonaviy ijtimoiy innovatsiyalar orqali amalga oshirish ehtiyojini vujudga keltirmoqda.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari aynan mana shunday talablarning bugungi kun ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligini inobatga olgan holda aksariyat xorijiy davlatlarda ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ayrim ilg‘or tajribalarni o‘rganib chiqdi.

Xususan, dunyoda ta'lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (O‘quvchilarni ta'limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta'lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilib kelinmokda.



PISA o‘quvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi ‑ 15 yoshli o‘quvchilar ta'lim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi. Maktabdagi ta'lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish,matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib boriladi.

Birgina 2015 yilning o‘zida 70 dan ortiq davlatlar PISA xalqaro dasturi sinovida ishtirok etgan. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta'lim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada ta'sir o‘tkazadi. Har bir davlat o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida o‘zining ta'lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeini ko‘radi hamda ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirishda o‘z yo‘nalishlarini va strategiyasini belgilab oladi.



PIRLS -  tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta'lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta'limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.

TMSSham jahon mamlakatlari ta'lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TMSS dasturi Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tadqiqot 4 va 8 sinf o‘quvchilari orasida matematika va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ta'limning sifati, darajasi, fanga bo‘lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga o‘xshab, o‘quvchilar, maktab ma'muriyati va o‘qituvchilari orasida qo‘shimcha so‘rovnomalar o‘tkazadi va fan sohasida to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o‘sha mamlakatda ishlab chiqilgan ta'lim standartlarini va ta'lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan solishtirib ko‘rish imkonini beradi. 2015 yil TMSS tadqiqotlari natijalariga ko‘ra AQSh, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta'lim tizimi eng yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan. Shuni e'tirof etish lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnogiyalarni o‘zlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyot erishish maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirishga alohida e'tibor qaratilib, unda o‘quvchilar tug‘ma iste'dod va qobiliyatlardan ko‘ra o‘z ustida doimiy ishlash hamda aniq fanlarni o‘qitishda guruh yoki sinfdagi o‘quvchilar sonining 16 nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba AQShda ham mavjud bo‘lib, 1999 yildan boshlab bitta o‘qituvchi 40 minutlik dars mashg‘uloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish imkoniyatiga ega ekanligii inobatga olgan holda prezident qarori bilan ta'lim muassasalaridagi guruhlarda o‘quvchilar soni 16 nafar etib belgilangan.

Umuman olganda mamlakatimizdaaynan mana shunday xalqaro dasturlarning ta'lim tizimini baholash va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki o‘quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi”yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu fanni o‘zlashtirish darajasining sifati va soxada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lamini belgilab borish va tegishli islohotlar o‘tkazish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda.Shuningdek, boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta'lim muassasalaridagi o‘qitish darajasining islohotlar tempidan ortda qolayotganligi yaqin kelajakda malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqaradi. Shuni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni amalga oshirish joiz deb hisoblaymiz:

Xalqaro ta'lim sifatini baholash dasturlarida O‘zbekistonning ishtiroki masalasini atroflicha o‘rganib chiqish va ushbu dasturlarda ishtirokini ta'minlash;

Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o‘quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi”ni yaratish;

Ilm-fan yutuqlarining eng ilg‘or natijalari va adabiyotlarning ingliz tilida nashr qilinishini inobatga olgan holda, maktablarda ingliz tilini o‘rgatuvchi turli xorijiy dasturlarni tadbiq etish masalasini ko‘rib chiqish;

Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim–tarbiya berishga mas'ul mutaxassislarning malaka talablarini aniq mezonlar orqali belgilab qo‘yish va bolalarning umumiy ta'limga yo‘naltirilishida butunlay mas'ulligini qonun bilan belgilab qo‘yish;

Maktabgacha ta'lim hamda umumiy o‘rta ta'lim muassasalaridagi guruh va sinflarda xalqaro tajribada sinalgan usullardan kelib chiqqan holda o‘quvchilar sonining maksimal hamda minimal ko‘rsatkichlarini belgilab qo‘yish;

Psixologik testlar yordamida boshlang‘ich sinflardagi iste'dodli bolalarni ajratib olib 8-9 yoshlilar uchun har bir maktabda ixtisoslashgan sinflar tashkil etish.

Maktabda olingan bilim insonning kelgusi hayot yo‘lini belgilaydi.Ko‘pchilik bilimni baho bilan o‘lchaydi. Ammo baho bilimni belgilovchi aniq mezon emas. U o‘quvchilarni faollikka undovchi, rag‘batlantiruvchi vosita, xolos. Har bir o‘qituvchining o‘z ish usuli, baholash metodi bor. Qaysidir o‘qituvchi uchun baho bu — rag‘bat yoki o‘quvchini 45 daqiqa ushlab turish vositasi. Shundanmi, bir sinfdan ikkinchi sinfga o‘tgan bolaning bahosida keskin o‘zgarish yaqqol namoyon bo‘ladi. Yana, pedagoglar orasida bahoni nisbatan yuqoriroq qo‘yuvchi yoki o‘quvchining bilim darajasi talabga javob bersa-da, “5” ni tejaydiganlari bor. Bu usullarning qaysi biri to‘g‘riligi esa doimiy bahstalab mavzu.

O‘quvchilarning bilim va malakasini umumiy ravishda tahlil qilish mamlakatdagi ta’lim sifati darajasini belgilaydi. Shu maqsadda o‘quv yili davomida har bir ta’lim muassasasida ichki va tashqi monitoring o‘tkazib boriladi. Uning natijasiga ko‘ra, eng namunali maktablar ketma-ketligi, o‘qituvchilar salohiyati va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi aniqlanadi. Bu jarayon ta’lim taraqqiyotini belgilovchi muhim mezon bo‘lgani uchun Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlarni amaliyotga joriy etish maqsadida ilk qadamlar tashlandi. Ya’ni, o‘quvchilar bilimini xalqaro talablarga yetkazish, unga mosligini o‘rganib borish maqsadida PISA(Programme for International Student Assesment), TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) kabi baholash dasturlarini keng qo‘llash rejalashtirilmoqda.


PISA va TIMSS nima?
PISA — 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligi va kompetensiyasini baholovchi xalqaro dastur bo‘lib, Xalqaro Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan 3 yilda bir marta o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilarning bilim
sifati o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha monitoring qilinadi va 1000 ballik tizimda baholanadi. Ushbu xalqaro dastur 1997 yili ishlab chiqilib, 2000 yilda ilk marotaba amaliyotda qo‘llangan. Dastur ko‘magida turli davlatlar ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar aniqlanadi, solishtiriladi, baholab boriladi. Bu tadqiqotlarning natijasi dunyo bo‘yicha katta qiziqish bilan kuzatib kelinadi. Shu bois yildan-yilga uning ahamiyati va qamrovi oshib boryapti. Misol
uchun, 2000 yilda dastur testlarida 32 davlatdan 265000 nafar o‘quvchi ishtirok etgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 2 barobarga oshishi, ya’ni 78 davlatdan 540000 nafardan ziyod o‘quvchi qatnashishi kutilmoqda. Har bir davlatdan ishtirok etuvchi o‘quvchilar soni mamlakatdagi jami 15 yoshli bolalarning 2 foizi miqdorida shakllantiriladi. PISA dasturi test sinovlari Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan konsorsiumda yetakchi xal¬qaro tashkilot va milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi.

TIMSS — maktabda matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi bo‘lib, Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. Ushbu tadqiqot turli davlatlardagi 4- va 8-sinf
o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi.

Qo‘shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar


bo‘yicha berilayotgan ta’lim mazmuni, o‘quv jarayoni, o‘quv muassasasi imkoniyati, o‘qituvchilar salohiyati, o‘quvchilarning oilalari bilan bog‘liq omillar o‘rganiladi. Ushbu ma’lumotlar belgilangan fanlarni o‘zlashtirish
holatini ko‘rsatishda asos bo‘ladi. Tadqiqot to‘rt yilda bir marta dunyoning ko‘plab ilmiy-tadqiqot markazlari va tashkilotlari, xususan, AQSHning Ta’lim sohasidagi test xizmatlari (ETS-Educational Testing Services), Kanadaning statistik markazi (Statistic Canada), Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)ning Sekretariati ishtirokida o‘tkaziladi. Shuningdek, turli davlat mutaxassislaridan iborat maslahat qo‘mitalari tashkil  tiladi. 

Xalqaro monitoring sari ilk qadam  Mamlakatimizda ham TIMSS xalqaro monitoring tadqiqotiga bosqichma-bosqich qadam qo‘yilmoqda. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan tashqi monitoring jarayonida ushbu xalqaro baholash materiallaridan qisman foydalanish orqali o‘quvchilar xalqaro talab darajasiga o‘rgatib borilmoqda. Joriy yilning may oyida Xalq ta’limi vazirligi va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “O‘quvchilarning muvaffaqiyatli o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash” mavzusida tadqiqot o‘tkazildi. Unda respublika bo‘yicha tanlab olingan 255 ta maktabda tahsil olayotgan 4-sinf o‘quvchilarining matematika, o‘qish va tabiatshunoslik fanidan bilimi tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazildi. Monitoring uchun TIMSS tadqiqoti materiallari mazmuni, talabidan kelib chiqib, test savollari tayyorlandi. Test sinovi materiallari YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda umumlashtirilib, tahlil qilinmoqda. Shuningdek, vazirlik YUNISEF bilan hamkorlikda PISA talabi asosida umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish ustida ham ishlamoqda. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan DTS, o‘quv reja va o‘quv dasturlari (birinchi navbatda, matematika, fizika, biologiya, ona tili va adabiyot) xalqaro ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilib, xulosa va tavsiyalar olinmoqda. Oldimizdagi dolzarb vazifalar Xalqaro miqyosdagi test sinovlaridan o‘tayotgan o‘g‘il-qizlarimiz shu talabga javob beradigan bilim, malaka, ko‘nikmani egallagan va ularda shunga


muvofiq kompetensiya shakllangan bo‘lishi lozim. Dastlabki natijalar asosida ta’lim tizimida quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur ekani aniqlandi:

— xalqaro tadqiqot natijalariga asoslangan holda ona tili, matematika va tabiiy fanlardan davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;


— ona tili, matematika va tabiiy fanlardan PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilish;
— PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar singdirilgan o‘quv dasturlari asosida qo‘shimcha qo‘llanma hamda adabiyotlar yaratish va amaliyotga joriy etish;
— ona tili, matematika va tabiiy fanlarni o‘qi¬tishning shakl, metod, texnologiyalarini yangilash va o‘qituvchilarning bu boradagi bilimini oshirish, tayyorgarligini kuchaytirish maqsadida malaka oshirish kurslarini tashkil
etish;
— bu fanlardan o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratish va 2019–2021 yillarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borish;
— ta’lim muassasalarining yuqori salohiyatga ega pedagog va ilmiy kadrlari rivojlangan davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini tashkil etish;
— Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkilotiga a’zo davlatlardagi nufuzli ta’lim va ilmiy markazlar, xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, PISA va TIMSS baholash dasturida ishtirok etib,
yuqori natijalarga erishayotgan ilg‘or va rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish;
— rahbar hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining o‘quv jarayoniga xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb qilish;

— o‘quvchilarning ona tili, matematika va tabiiy fanlardan PISA xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlik ko‘rishi, mustaqil ta’lim olishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish.


Yuqoridagi vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi mamlakatimiz ta’lim tizimining xalqaro ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvini ta’minlaydi, sohadagi bo‘shliqlarni aniqlashga, yangi vazifalarni belgilab olishga xizmat
qiladi. Eng muhimi, o‘quvchilar bilimini adolatli va shaffof baholashga erishamiz.

Abdura NOSIROV Xalq ta’limi vazirligining umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida


o‘quv-metodik jarayonlarni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling