Guruh: 1mts -23 Bajardi: Mavlanova Z. A


Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risida


Download 18.28 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi18.28 Kb.
#1830645
1   2   3   4
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim tashkilotida qisqa muddatli guruhlarni tashkil (2)

Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar qisqa muddatli guruhlari maqsadlari, vazifalar va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Qisqa muddatli guruhlar faoliyati maktabgacha ta’lim tashkilotlari ustavi bilan tartibga solinadi.
3. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotiga bormaydigan bolalarning to‘laqonli kamol topishini ta’minlash, ularni tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish uchun mo‘ljallangan.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning bo‘lishi uchun to‘lov qonunchilikda belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning bo‘lishi uchun to‘lov muassis tomonidan belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha belgilanadi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2-bob. Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari va vazifalari
6. Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari bolalarning maktabgacha ta’limga to‘liq jalb etilishini va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bormaydigan bolalar maktabgacha ta’lim olishda teng imkoniyatlardan foydalanishini ta’minlashdan iborat.
7. Qisqa muddatli guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishini saqlash va mustahkamlash;
bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash;
bolaning yosh va o‘ziga xos imkoniyatlari, qobiliyatlari va ehtiyojlariga qarab har tomonlama kamol topishini ta’minlash;
bolani shakllantirishda, tarbiyalashda va o‘qitishda oilaga har tomonlama yordam berish;
bolalarning bilim orttirishini, ijtimoiy-shaxsiy, badiiy-estetik va jismoniy kamol topishini ta’minlash.

Download 18.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling