Guruh: 20/123 Talaba: Xamidova Gulxumor


Download 178.04 Kb.
bet3/6
Sana22.04.2023
Hajmi178.04 Kb.
#1380359
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XAMIDOVA GULXUMOR

Urg‘ochilik jinsiy organlari shoxlangan bitta tuxumdon va undan chiqadigan tuxum yo‘lidan iborat. Tuxum yo‘li ootipga ochiladi. Ootipga bo‘g‘imning keyingi qismida joylashgan to‘rga o‘xshash tuzilgan sariqdon yo‘li ham ochiladi. Ootipdan ikkita nay boshlanadi; ulardan biri jinsiy qinkloakaga ochiladi. Ootipdan oldinga yo‘nalgan ancha keng ikkinchi nayning uchi berk bo‘lib, bachadon deyiladi. Yetilgan tuxum va spermatozoidlar ootipga tushadi. Tuxum hujayra ana shu joyda urug‘lanib, qobiq bilan qoplanadi. Urug‘langan tuxumlar bachadonda to‘planadi. Bacha­don to‘lgan sayin kengayib, bo‘g‘imning hamma qismini egallab oladi (qarang, 11-rasm). Pirovardida jinsiy sistemaning boshqa qismlari asta-sekin yo‘qolib boradi. Tuxum bilan to‘lgan "etilgan" bo‘g‘imlar chuvalchang tanasining keyingi qismidan bir nechtadan uzilib ichakka tushadi; u yerdan axlat bilan tashqariga chiqariladi. Tasmasimon chuvalchanglar juda serpusht bo‘ladi. Masalan, odam ingichka ichagida parazitlik qiladigan qoramol tasmasimon chuvalchangi o‘rtacha 18-20 yil yashaydi va har yili 600 mln gacha, umri davomida 11 mid ga yaqin tuxum qo‘yadi. Shunday qilib, tasmasimon chuvalchanglarning hamma bo‘g‘imlari o‘zining mustaqil jinsiy sistemasi (tuxumdon, urug‘don, tuxum va urug‘ yo‘llari, jinsiy kloaka) ga ega. Qoramol tasmasimon chuvalchangi kloakasi navbat bilan bo‘g‘imlarning goh o‘ng, goh chap chetiga ochiladi.

Tasmasimon chuvalchanglar jinsiy sistemasi tuzilishi bir xilda bo‘lmaydi. Masalan, keng tasmasimon chuvalchang (Diphyllobothrium) bachadoni tananing bir tomonidan tashqariga ochiladi. Yetilgan tux­umlar esa xo‘jayini ichagiga tushadi. Qovoqsimon zanjirli (Dipylidium cammm) ning bo‘g‘imlarida jinsiy organlari juft-juft bo‘lib joylashadi. Ko‘payishi va rivojlanishi. Tasmasimon chuvalchanglar har xil urug‘lanadi. Xo‘jayin ichagida bir necha chuvalchang bo‘lganida ular bir-birini urug‘lantiradi. Xo‘jayin ichagida faqat bitta chuvalchang bo‘lganida esa har xil bo‘g‘imlar bir-birini urug‘lantirishi, hatto bitta bo‘g‘im o‘zini o‘zi urug‘lantirishi mumkin.


Download 178.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling