Guruh: 20/123 Talaba: Xamidova Gulxumor
Download 178.04 Kb.
|
XAMIDOVA GULXUMOR
Odam va sut emizuvchi hayvonlarga exinokokk, miya qurti, qoramol va cho‘chqa tasmasimon chuvalchanglari ham katta ziyon keltiradi. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi qoramol tasmasimoniga o‘xshaydi, lekin undan bir muncha kichikligi (uzunligi 2-3 m), boshida so‘rg‘ichlari bilan birga ilmoqlari bo‘lishi, tanasining keyingi qismidagi yetilgan bo‘g‘imlari 5-6 tadan uzilib chiqishi bilan farq qiladi. Qoramol tasmasimonining boshida ilmoqlari bo‘lmaydi; yetishgan bo‘g‘imlari bittadan uzilib chiqadi va harakatchan bo‘ladi. Boshida ilmoqlarining bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga binoan bu ikki tur qurollangan (cho‘chqa tasmasimoni) va qurollanmagan (qoramol tasmasimoni) deyiladi.Cho‘chqa tasmasimoni bachadonining har bir tomonida 7-12 tadan, qoramol tasmasimonida esa 17-35 tadan yon shoxlari bo‘ladi. Cho‘chqa tasmasimoni uchun odam faqat asosiy xo‘jayin emas, balki oraliq xo‘jayin ham bo‘lishi mumkin. Iflos qo‘l orqali tuxumlar oshqozonga tushib qolganida, tuxumdan chiqadigan lichinkalar odamning jigari, miyasi, ko‘zi va boshqa joylariga borib, finnaga aylanadi. Finnalar og‘ir oqibatga, ba’zan oiimga sabab, bo‘ladi. Zararlangan odam ko‘ngli aynab qayt qilganida ham uning barcha organlari cho‘chqa tasmasimoni tuxumlari bilan yoppasiga zararlanishi mumkin. Chunki odam ko‘ngli aynab qusganda bo‘g‘imlari uzilib oshqozonga chiqadi; oshqozon shirasi ta’sirida tuxumlardan chiqqan lichinkalar ichki organlarga borib finnaga aylanadi.Yosh bolalarga ayniqsa kalta zanjirsimon chuvalchang Hymenolepis nana katta xavf tug‘diradi. Parazitning uzunligi 1-4,5 sm ga yetadi; tanasi 100-200 ta mayda bo‘g‘imlardan iborat. Kalta zanjirsimon odam ichagida yashaydi. Uning onkosferasi dastlab ichak vorsinkasiga kirib olib, sistitserkoid tipidagi finnaga aylanadi. Sistitserkoid ichak bo‘shlig‘iga chiqib voyaga yetadi va tuxum qo‘ya boshlaydi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar 19 kunda voyaga yetadi. Parazit tuxumlarini odam iflos qo‘li orqali o‘zidan yoki ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali chetdan yuqtirishi mumkin. Bu parazit bolalarga ko‘p azob beradi. Kasal bolaning qorni og‘rib, ichi ketadi yoki ichi qotadi. Chuvalchang zahari bolaning nerv sistemasiga ta’sir etadi. Parazit chuvalchanglardan moneziya (Moniezia expansa qarang: 21-rasm) muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Moneziya otlar va chorva mollari ichagida parazitlik qilib, og‘ir ichak kasalligini paydo qiladi. Moneziya bilan kasallangan hayvonlar ko‘plab qirilib ketadi. Moneziya mayda finnalari sovutli kanalar (Oribatidae oilasi) tanasida rivojlanadi. Hayvonlar kanalarni o‘t bilan birga yutib zararlanadi.Download 178.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling