Guruh: 21. 113 Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari
Download 46.16 Kb.
|
Abduqaxxorov Nasimxon
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TOPSHIRIQLAR Talaba: ABDUQAXXOROV NASIMXON DILSHOD O‘G‘LI Guruh: 21.113 Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari. Statistik kuzatish - bu o‘rganilayotgan ommaviy hodisalar haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni to‘plash jarayonidir.Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan o‘rganish, ya’ni bir turli hodisalar va ularning belgilari orasidagi bog‘lanishlarni miqdoriy ifodalab ularning to‘plarida namoyon bo‘ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlash uchun dastlab ular haqida, o‘rganilayotgan obyektlar to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumotlar yoki boshqa so‘z bilan aytganda xom statistik materiallarni to‘plash kerak. Mana shu jarayon statistik kuzatish deb ataladi. Kuzatish so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’noga ega: 1.Biror narsa (predmet, obyekt)ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko‘zdan kechirish; 2.Biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish; 3.Voqealarni o‘rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish. Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish uchun ular haqida boshlang‘ich materiallarni to‘plashdir. U o‘rganilayotgan obyektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog‘liq. Hisob – bu biror predmet miqdorini sanab yoki o‘lchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish. Statistik kuzatish ho‘jalik va turmush voqealarining hisobiga asoslanadi. Turli shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida ho‘jalik voqealari buxgalteriya va operativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko‘pincha ana shu hisob turlari ma’lumotlariga tayanadi. Shu bilan birga ayrim iqtisodiy,ishlab chiqarish masalalarini o‘rganish uchun bevosita kuzatish ham amalga oshiriladi.Statistik kuzatishga talablar: aniqlik, to‘lalik, taqqoslamalik. Statistik kuzatish va uning natijasida to‘planadigan ma’lumotlar uchta talabga javob berishi kerak, ya’ni: 1) aniqlik va to‘g‘rilik; 2) to‘lalik va har taraflamalik; 3) taqqoslamalik, solishtirmalik.Aniqlik – bu ma’lumotlarni real hayotiyligi, haqiqatga to‘la mos kelishi. Butun statistik kuzatish uslubi, uni tashkil etish va amalga oshirish yo‘li ma’lumotlarning aniqligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.Ma’lumotlarni haqqoniyligi avvalambor kuzatuvchi statistikning qobiliyatiga-uning malakasiga, mahoratiga, tajribasiga, masalaning tushuna bilishiga bog‘liq. Ikkinchidan kuzatish jarayonida foydalaniladigan qurollar sifatiga – kuzatish dasturi, statistik formulyarlar, savolnomalar, ularni to‘ldirish uchun yo‘riqnoma (instruktsiyalar)larning mavjudligi, ular to‘liq sodda va tushunarli qilib tuzilishi, jumla va so‘zlarning yagona mazmunga ega bo‘lishiga bog‘liq. Uchinchidan, ma’lumotlarni aniq va haqqoniy bo‘lishiga kuzatilayotgan obyektning tayyorgarlik darajasi ham ta’sir etadi. Masalan, turmush voqealarini kuzatishda aholiga ommaviy axborot vositalari orqali o‘tkaziladigan tekshirishning maqsadi, vazifalarini tushuntirish muhim ahamiyatga ega.To‘rtinchidan, ma’lumotlarni aniqligi, haqqoniyligi kuzatish uslubiga, uslubiy masalalarning to‘g‘ri yechilishiga bog‘liq.Beshinchidan, ma’lumotlarni aniqlik darajasiga ko‘rsatkichning sotsial funksiyasi ta’sir etadi. Masalan, chaqaloqlar o‘limi darajasi haqidagi ma’lumotlar noaniqligi bu voqealarni ataylab noto‘g‘ri hisobga olinishidan kelib chiqadi. Chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng bir oz o‘tganda o‘lib qolishini ko‘pincha o‘lik tug‘ildi deb qayd qilinadi. O‘lik tug‘ilgan bola hodisalarini esa chala tug‘ilgan bola deb hisobga oladilar. Jinoyatlar soni haqidagi ma’lumotlar ham ishonchsizlik tug‘diradi, chunki ular tartibni saqlash va huquqiy tashkilotlar tomonidan qayd etilgan jinoyatlarnigina aks ettiradi. Download 46.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling