Iqtisodiy sohada:
- milliy boylikning ko’payishini, odamlarning turmush va ish sharoitlarini munosib ta’minlaydigan qudratli, barqaror vа Jo’shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;
- ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishni;
- mulk egalari huquqlarining davlat yo’li bilan himoya qilinishini ta’minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni;
- iqtisodiyotni o’ta markazlashtirmaslik hamda yakka hokimlikka barham berish, korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirish, davlatning xo’jalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechishni;
- mehnat qilish, dam olish, ta’tilga chiqish, ishsiz bo’lib qolgan taqdirda ijtimoiy muhofazaga bo’lgan Konstitutsiyaviy huquqni ro’yobga chiqarishni;
- tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanishga, atrof-muhitga, ekologik vaziyatga-ziyon yetkazishga yо’l qo’ymaslikni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |