Guruh: 4-mmt-22 Bajardi: Setdarova Yanil Nurimatovna


Download 223.07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.06.2023
Hajmi223.07 Kb.
#1465058
Bog'liq
mta



XALQARO NORDIK UNIVERSITETI
Guruh:4-MMT-22
Bajardi: Setdarova Yanil Nurimatovna
Fan: Maktabgacha ta'lim asoslari
Topshiriq: Yozma ish
Bolalar bog'chasida ovqatlanish madaniyati zamonaviy hayotda
zarur bo'lgan fandir. Vaqtning abadiy etishmasligi sharoitida
jozibali ko'rinadigan tez ovqatlanish bizning dietamizdan sog'lom
ovqatni siqib chiqarishga intiladi. Bu o'sayotgan bolaning tanasi
uchun umuman foydali emas. Bolalar kunning ko‘p qismini
bog‘chada o‘tkazgani uchun bolani sog‘lom, mazali, chiroyli, eng
muhimi, ehtiyotkorona ovqatlanishga o‘rgatish tarbiyachilarning
zimmasidadir.
Ovqat ratsionining tarkibi. Ovqat ratsioni o`z tarkibida: oqsil, yog’lar,
uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar, suv va boshqa organizm
uchun zarur bo`lgan barcha moddalardan tegishli miqdorda
bo`lishi kerak. Uglevodlar va yog’lardan ko`proq energiya etkazib
beruvchi modda sifatida foydalaniladi. Oqsillar esa – plastik
jarayonlar uchun zarur bo`ladi; boshqa oziq-ovqat moddalari
energetik ahamiyatga ega bo`lmaydi. Oqsillar uglevod, kislorod,
vodorod, fosfor, oltingugurt va azotdan iborat bo`lib, bular o`z
navbatida aminokislotalar tarkibiga kiradi, hamda oqsil tarkib
topadigan struktura birliklari xisoblanadi. Bunday
aminokislotalarning 25 dan ortiq turi ma’lumdir. Oqsillar o`z
tarkibiga ko`ra va aminokislotalar birikishining izchilligiga ko`ra bir-
biridan farq qiladi. Xayvonlar va o`simliklar ham bir-biridan farq
qiladi.
Yog’lar tarkibida uglerod, vodorod, kislorodga ega bo`lgan glitserin
hamda yog’ kislotalaridan iborat bo`ladi. Bular ovqatning
energiyaga ko`proq darajada boy bo`lgan komponentlari
xisoblanadi. Organizmda 1 gr yog’ning oksidlanishi 9,3 kkal
energiya beradi. Yog’lar tarkibida xayot uchun zarur bo`lgan A, D, E,
NORDIC INTERNATIONAL UNIVERSITY


K – vitaminlari hamda biologik jixatdan aktiv moddalar –
to`yinmagan yog’ kislotalari mavjud bo`ladi. Yog’lar faqat energetik
ahamiyatiga ega bo`lib qolmay, shu bilan birga struktura
ahamiyatga egadir. Ular xujayra qobig’i va membrana tarkibiga
kiradi, issiqlik izolyatsiyasi funktsiyasini saqlab turadigan karset
vazifasini bajaradi, teri ostidagi klechatkaga joylashib, ichki
a’zolarni jamlab turadigan to`qimalar, bo`g’imlar, nerv sistemasi,
endokrin bezlari tarkibiga kiradi.
Sportchilar ovqatida o`simlik yog’i majburiy komponentlardan
bo`lib xisoblanadi, chunki ular E vitaminini ortiq darajada sarf
qiladilar; o`simlik yog’i tarkibidagi E vitamini yog’ almashinuvi
uchun zarur bo`lib, qondagi oqsil, yog’ komponentlarini normal
xolga keltirishga yordam beradi, ateloskleroz kasalligini oldini oladi.
Uglevodlar vodorod, kislorod va ugleroddan tarkib topadi.
Uglerodlar 1 molekulasidagi monosaxarlar miqdoriga qarab, ular
monosaxarlar (fruktoza, glyukoza), disaxarlar (lavlagi qandi) va
polisaxarlar (kraxmal, glikogen) ga bo`linadi. Uglerodlar asosiy
energiya etkazib beruvchilar xisoblanadi. 1 gr uglevodning
oksidlanishi 4,1 kkal issiqlik beradi. Kundizgi ovqat ratsionida
uglevodning miqdori kaloriya qimmatining 60% ta’min etmog’i
kerak. Sabzavotlar ichida sabzi, karam, lavlagi, vitaminlarga,
mineral tuzlarga, kletchatkalarga boydir. Kartoshka tarkibida ko`p
miqdorda kraxmal (polisaxarlar) mavjud bo`lib, kaloriyaga boydir.
Biroq unda kletchatka kamroq bo`ladi. Shuning uchun
sabzavotlarni (kartoshka, lavlagi, sabzi, karam, piyoz, bodring
qo`shib) vinegret shaklida iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir.
Piyozda uglevod va oqsillar kam bo`lsa ham lekin ovqat xazm
qilishga bakteritsit sifatida stimulyatsiya qiluvchi ta’sir ko`rsatishi
tufayli juda foydalidir. Ovqat ratsionining tarkibi.
Ovqat organizmning natriy, kaltsiy, magniy, temir, fosfor,
oltingugurt, xlorga bo`lgan extiyojini ko`proq darajada va boshqa
bir qator elementlar (mikroelementlar) – yod, ftor, rux, mis,
marganets, kabal’t va boshqalarga bo`lgan talabini kamroq (1 mg
– kg va undan ham kamroq) darajada qondirish kerak. (Minerallar
to`qimalardagi osmotik bosimni saqlab turadi, ular suyak, tish,
gemoglabin, fermentlar, garmonlar tarkibiga kiradi.


Vitaminlar o`zining ximiyaviy tarkibiga ko`ra turli organik birikmalar
bo`lib, organizmda fermentlar xosil bo`lishi uchun juda zarurdir.
Qandaydir bir vitaminning yetishmasligi moda almashinuv
jarayonlarining buzilishiga sabab bo`ladi. Ish qobiliyati pasayadi,
kasalliklar avj oladi, ayrim xollarda kasallik o`lim bilan tugashi ham
mumkin. Jismoniy mashqlab bajarilgan vaqtda vitaminlar ko`p
miqdorda sarf bo`ladi. Shuning uchun ham sportchilarning ovqat
rasionida, kaloriya qimmati hamda tarkibida oqsillar, yog’lar va
uglevodlar qay darajada ekniga qarab. Ratsional mezon bo`yicha
tayyorlangan ovqatlarda vitaminlar etishmay qolishi mumkin.
Ayniqsa va baxor faslida (yanvar-aprel oylarida) chidamlilik
bo`yicha o`tkaziladigan sport turlarida anna shunday xollarni
kuzatish mumkin. Vitamin etishmasligining o`rnini qoplash uchun
vitaminlarning tabletka shaklidagi preparatlarida iste’mol qilish
maqsadga muvofiqdir.
Oziq-ovqat maxsulotlarining bir sutkalik ratsioni katta yoshli
kishilar uchun 3-4 maxal ovqatlanishga, maktabga yoshdagi
bolalar uchun 4-5 maxal ovqatlanishga bo`linishi kerak.
Ovqatlanishning 3 maxal ertalabki nonushta, tushlik ovqat va
kechki ovqat asosiy ovqatlanish vaqtlari xisobaladi. 4 ovqatlanish
vaqti bu ikkinchi nonushta (ertalabki nonushta bilan tushlik ovqat
orasida) yoki kunduzgi ovqat bilan kechqurugni ovqat o`rtasida
bo`lishi mumkin, buni ananaga ko`ra hamda turmush sharoitiga
qarab tashkil etish lozim. Ovqat ratsionining tarkibi.

Download 223.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling