Guruh cmm-59k
Download 102.43 Kb.
|
11-variantInvestitsiyalarni moliyalashtirishda bank kreditining roli. Kichik biznesni moliyalashtirish dasturi doirasida bank sizning e’tiboringizga biznes uchun keng ko‘lamdagi kreditlarni taklif etadi. Kreditlarimizning turlari biznesni rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan masalalarni hal qilishga imkon beradi. Kredit taqdim etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishda Ipoteka-bank mijozning haqiqiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Bunda e’tibor rasmiy ko‘rsatkichlarga emas, balki moliyalashtirish nazarda tutilgan biznesning rivojlanish istiqbollariga qaratiladi. Har bir shaxsga bo‘lgan alohida yondashuv Ipoteka-bankka kichik biznes sub’ektlari uchun eng qulay shartlarda kreditlarni taklif qilishga imkon beradi. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi bozor kon’yunkturasi va qarzdorning moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda o‘rnatiladi. Foizlar kredit qarzdorligining qolgan qismiga hisoblanadi, bu mijozlarga qo‘shimcha xarajatlar amalga oshirmaslikka imkon beradi. Kapital turlari? Kapital (lotincha: capitalis — bosh, asosiy), sarmoya — keng ma'noda — o'z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo'lgan jami vositalar va mablag'lar; yangi qiymat keltiruvchi, o'zini o'zi ko'paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma'noda — ishlab chiqarish vositalari ko'rinishidagi ishga qo'yilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy kapital). Kapitalning paydo bo'lishiga tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Bozorda o'ziga xos, alohida tovar — ish kuchining paydo bo'lishi bilan oddiy tovar ishlab chiqarish kapitalistik ishlab chiqarishga aylanadi, tovar ishlab chiqarishning shu davrida tovar muomalasidagi pul kapitaliga aylanadi. Kapital ko'p sikllar davomida ishlab chiqarishda ishtirok etadigan asosiy kapital va bir sikl davomida ishtirok etadigan va to'liq sarflanadigan aylanma kapitalga bo'linadi. Pul kapitali (sarmoya) — ashyoviy kapital sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini ifoda etadi, ya'ni pul kapitalga aylanishi uchun ishlab chiqarishga avanslanadi. Iqtisodiy nazariyada kapital ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. Qiymatning ko'payishi inson mehnati (ish kuchi) va ishlab chiqarish vositalari (xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda, ya'ni ishlab chiqarish sharoitida yuz beradi. Kapital sanoat kapitali, savdo kapitali, ssuda kapitali, sudxoʻrlik kapitali (tarixiy) shakllarida faoliyat ko'rsatadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kapitalning korxona, firma, banklar kapitali, turli aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli aksiyadorlik kapitali, zahira kapitali, ustav kapital singari ko'rinishlari mavjud. Tadbirkor jismoniy shaxslarga tegishli kapital dastmoya deyiladi va har gal tovar olib sotishda ishlatiladi[ Gudvill – investitsiya ob’ekti sifatida. Gudvill — (ing. good will — yaxshi niyat) — kompaniyaning aktivi sifatida baholanishi va maxsus hisobvaraqqa kiritilishi mumkin boʻlgan uning nufuzi (imidji), ishbilarmonlik nomi, aloqalari, mijozlari va kadrlari; mustaqil bozor qiymatiga ega emas va asosan boshqa firma bilan qamrab olinganda yoki qoʻshilib ketganda ahamiyatga ega boʻladi[1]. Investitsiya faoliyati, uning obyekti va subyektlarini tavsiflang? Ushbu Qonunning maqsadi chet ellik hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonun markazlashtirilgan investitsiyalar bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solmaydi. Konsessiya faoliyati, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar tuzish, ularni bajarish va bekor qilish, investitsiya, pay va venchur fondlari, kapital bozorini, shu jumladan qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga solish, davlat-xususiy sheriklik, maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi huquqiy munosabatlar alohida qonunlar bilan tartibga solinadi. Investitsiya faoliyatini tartibga solishda davlatning roli qanday? Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. Download 102.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling